Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

mumkin emas

Homiladorlik bu kasallik emas. Normal homiladorlikda oddiy hayot tarzini davom ettirsa bo'ladi. Lekin quyidagi 10 ta faoliyatdan 9 oy davomida butunlay voz keshish kerak.

1. Chekish. Homilador ayolning o'zi ham yonidagilari ham uni oldida bu davrda chekmasliklari muhim. Tamakilik havo tufayli homilaga kislorod yetishmasligi aniqlangan. Bu esa homila rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

2. Alkogol ichimliklarini ichish. Homiladorlikning 1-trimestrida ko'p miqdorda alkogol ichilsa, bolada tug'ma nuqsonlar rivojlanishi aniqlangan.

3. Kofe ichish. Ko'pchilik ayollar kofesiz o'z kunini tassavur qila olmaydi. Albatta kunida ichilgan 1-2 piyolaning zarari tegmaydi. Lekin butun homiladorlik davomida kuni bilan kofe ichib yurish mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, bu homilador ayolning qon bosimini oshirib yuborishi mumkin, ikkinchidan onaning yurak urishi tezlashib bolani muddatidan oldin tug'ilishiga, hatto homila tushishiga turtki bo'lishi mumkin.

4. Dori vositalarini palapartish qabul qilish. Homiladorlik davomida, ayniqsa 1-trimestrda dori vositalarini qabul qilishda nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak. Imkon qadar bu davrda ortiqcha dori ichmaslik uchun shamollamaslik va kasallanmaslik lozim. Ba'zi dorilar bolada karlik, tug'ma nuqsonlar, asab tizimidagi patologiyalarni keltirib chiqaradi.

5. O't damlamalari ichish. Qadimdan o't damlamalarini biz dori emas deb ichishga odatlanganmiz. Lekin har qanday o't damlamasi ham homiladorlikka zararsiz emas. Buni aniq bilmay turib o't damlamalaridan ichib yurish mumkin emas.

6. Rengendan o'tish. Homiladorlik davrida bolaning asab tizimiga ziyon yetishi ehtimoli yuqori bo'lgani uchun homilador ayolga rengen va flyurografiya muolajalarini o'tkazish mumkin emas.

Homilador bo'lish ehtimoli mavjud bo'lgan davrda shifokor qabulida bo'lsangiz bu haqda albatta xabar bering. Chunki homiladorlik yuz bergani tasdiqlanmagan paytda ham homila rivojlanishni boshlagan bo'lishi mumkin. Bu esa o'ta jiddiy davrdir.

 

7. Og'ir ko'tarish. Ba'zi ayollar og'ir ko'tarib yursa ham bolasi tushib qolmay tuqqanini eshitganmiz. Lekin buning natijasida ayol umurtqasi qanchalik shikkast yeganini faqat MRT diagnostikasi ko'rsata oladi. Buning oqibati esa yillar o'tib og'ir kasalliklarda namoyon bo'ladi. Homiladorlik davrida homilani ushlab qolish, bachadon tushishi rivojlanmasligi va ayol organizmiga ziyon yetmasligi uchun og'ir ko'tarish mumkin emas.

8. Og'ir sport turlari bilan shug'ullanish. Shikkast berish xavfi yuqori bo'lgan sport turlari homiladorlik davrida man etiladi. Masalan, ot yoki velosiped minish, og'irliklar bilan shug'ullanish va hokazolar.

9. Stressda yashash. Kuchli va davomiy stress ayol organizmidagi gormonal holatni o'zgartirib yuboradi. Bu esa homiladorlikni normal davom etishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

10. Chala pishgan mahsulotlarni yeyish. Qaynagan suvda tayyorlanadigan yarim tayyor sho'rvalar, mikroto'lqinlik pechda pishadigan chala tayyor pizza va boshqa yeguliklar, chala tayyor go'sht, yaponcha sushi kabi yeguliklardan homiladorlik davrida voz kechib turgan ma'qul. Ular bu davrda onaning oshqozoniga ziyon keltirishi xavfi yuqori bo'ladi.   

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...