Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

ovqatlanish

Homiladorlik mobaynida to'g'ri ovqatlanish homiladorlik normal kechishi, homilaning to'g'ri o'sishi va rivojlanishi uchun juda muhimdir. Quyidagi amaliy maslahatlar homilador ayollarga to'g'ri ovqatlanishda yordam beradi.

1. Homiladorlik mobaynida "ikkita odam uchun" yemang. Hozir bag'ringizda bolangiz borligi sizni ko'proq ovqat yeyishga undaydi, lekin ovqatning hajmi emas, balki mahsulotlarning turlicha bo'lgani va organizm tomonidan oson qabul qilinishi muhimdir.

2. Spirtli ichimliklar, tamaki, achchiq taomlar va kofeini bor mahsulotlardan homiladorlik paytida voz kechish lozim.

3. Taomlaringiz xilma-xil bo'lishiga ahamiyat bering. Go'sht, baliq, meva va sabzavotlar, dukkakli mahsulotlar, makaron, non va sut mahsulotlaridan imkoniyat boricha har kuni oz-ozdan yeyish kerak.

4. Qumsayotgan mahsulotni yeyishga harakat qiling. Agar ayrim mahsulotni birdan yegingiz kelgan bo'lsa, buni yaqinlaringizga erkalik deb emas, balki organizm talabi deb tushuntiring, qumsayotgan mahsulotni yeb yurishingizni ta'minlab berishsin.

5. Suyuqlik ko'p iching. Homiladorlik davrida ayol o'zini yaxshi his etishiga, homila normal rivojlanishi va o'sishiga kuniga 3-4 stakandan ortiq suv ichish ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

6. Ovqatni tez-tez oz-ozdan yeyishni o'rganing. Bir o'tirishda to'yib yeb olgandan ko'ra har 2-3 soatda oz-ozdan ovqatlanib olish foydali.

7. Ichagingiz vaqtida bo'shashini ta'minlang. Buning uchun hazm qilish tizimini rivojlantiruvchi meva va sabzavotlardan ko'proq iste'mol qiling. Agar ichingiz qotishiga moyilligingiz bo'lsa, quritilgan olxo'ridan iste'mol qilib turing.

Olxo'ri 4-5 dona, turshak 4-5 dona va 30 dona na'matakni termosga 1.5 litr qaynagan suvga damlab qo'yib, kun mobaynida ichib yurish foydadan holi bo'lmaydi.

 

8. Uyquga ketishdan oldin ko'p yeb olmang. To'liq oshqozon bilan uxlash homilador ayolga qiyinchiliklar keltiradi va bachadon kattalashgan sari jigar og'rishi, jig'ildoq qaynashi, uyqusizlik kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

9. Allergen mahsulotlardan nariroq bo'ling. Achchiq taomlar, qizil va qora ikra, qizil baliq go'shti kabi mahsulotlarni me'yorida yeganingiz ma'qul.

10. Tuzni kamroq iste'mol qiling. Tuzlangan sabzavotlar, dudlangan baliq yoki har xil souslar homilador ayol buyraklariga og'irlik qiladi. Har kungi ovqatingizga har doimgidan kamroq tuz solib yeyishga harakat qiling.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Farida qandaysiz bolalariz yaxwimi katta boliwyaptimi tez tez kirib turing forumga
    • ☆ZIZI☆
    • Zahroxon's Avatar
    • Qadrdon forumdoshlar bormisiz-omonmisiz?
    • salom Farida bormisiz, omonmisiz, uģliz, qiziz ham yaxshilarmi? kotta bulib qolgandirlar, forumga kirme quydiz, endi avvalgidek tez tez kirib turing:sevgi :sevgi :sevgi
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • [image] Sizlarda qandey nomlanadi? Bizda Qurtava deyilardi. Moshkichri ustidan ezilgan qurt suvi quyiladi
    • Pazandaxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Iyul2017
    • [image] [image] Dengizda quyosh botishi [image] [image] [image]
    • Pazandaxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring