Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

dog' tushishi

Homiladorlik davrida yuzga dog' tushishining sababi nima?

Asosiy sabab bu homilador ayolning organizmidagi gormonal o'zgarishlardir. Gormonlar ta'siri ostida terida melanin moddasi ko'payib dog'lar paydo bo'ladi.

Shuning uchun dog'lar nafaqat homiladorlik paytida balki organizmda gormonal o'zgarishlar yuz berganda ham tushadi, masalan gormonal kontraseptivlardan foydalanish, abort, hayz kelish davrining buzilishi va hokazo.
Bunday dog'lar melazma deb ataladi. Odatda, melazmalar homiladorlikdan so'ng, birinchi hayz kelishi bilan organizmning gormonal holati to'g'rilanganda yo'qolib ketadi. Lekin gormonal holat yaxshilanib dog'lar yo'qolmasa, demak, bu xloazma dog'i paydo bo'lganidan dalolat beradi. Bu dog'lar melazmaga qaraganda terining chuqur qoplamini qamrab olgani uchun, uni ketkazish uchun kosmetik uslublardan foydalanish kerak bo'ladi. Shuning uchun dog'lar nafaqat homiladorlik paytida balki organizmda

Dog' tushish ehtimoli quyidagi holatlarda oshadi:

- nasliy moyillik;
- ayol terisining rangi to'qligi;
- terida yallig'lanishning mavjudligi;
- oshqozon-ichak kasaliklarining mavjudligi.

Quyoshdan ehtiyot bo'ling!

Teriga dog' tushuruvchi melanin moddasi quyosh nurlari ostida yanada ko'payish imkoniyati katta. Shuning uchun odatda dog' bahor-yoz faslida kuz-qish fasliga nisbatan ko'proq tushadi.

Shuning uchun:

  • Bahor-yoz fasllarida homilador ayol, albatta, quyosh nurlariga qarshi kremdan foydalanishi zarur;
  • Kremning quyoshdan saqlash kuchi kamida SPF35 ga teng bo'lishi va ultrabinafsha nurlaridan saqlay olishi lozim (krem idishida yozilgan bo'ladi);
  • Agar quyosh nurlari ostida uzoq vaqt bo'lish kerak bo'lsa, kremni bir necha bor qayta surib turish lozim;
  • Ayrim moddalar teridagi melanin moddasini kuchaytirish imkoniyatiga ega. Masalan, dengiz bo'yida apelsin yeganingizda u teringizga sachrasa, o'sha joylarga dog' tushib qolishi mumkin.

Agar teringizga dog' tushganini sezsangiz, u bilan kurashishga shoshilmang. Vaqt o'tib o'zi ketib qolish ehtimoli katta.

Dog'larni kosmetologik uslublar bilan ketkazish yo'llari quyidagilardan iborat:

  • Yuzni oqartiradigan kremlar. Bunday kremlar tarkibida melanin moddasini yo'q qiluvchi moddalar mavjud. Teringizga mos bo'lgan kremni topib, ishlatib yuring, dog'lar ancha bilinmay qoladi.
  • ELOS prosedurasi - bunda teriga chiroq yoki elektrik ta'sir qilinadi va dog'lar bilinmay ketadi.
  • Lazer - teridagi melanin moddasini ishlab chiqaruvchi melanotsidlarni ko'payishini yo'q qiladi, dog'lar kamayib yo'q bo'lib ketadi.

Terini oqartirish uchun tabiiy niqoblardan ham foydalansa bo'ladi:

Bodringli niqob: bodringni qirg'ichdan chiqarib, ozgina smetana qo'shiladi va 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiriladi. Terining dog' tushgan joylarida 15 daqiqaga qo'yiladi. Bunday niqobni haftada 1-2 martagacha qilsa bo'ladi.

Greypfrut sharbati: greypfrut sharbatini siqib, yuz terisiga tamponda suriladi. Yigirma daqiqadan so'ng yuvib tashlanadi.

Petrushka sharbati: dog' tushgan joylarni petrushka sharbati bilan kuniga 3 mahal artiladi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Hammaga Assalomualeykum qizlarjon yaxshimisizlar bolajonlar ham yaxshimi
    • Ummu Soliha
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...