Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

egizaklar

1. Ikki va undan ko'p homilali homiladorlik qachon ro'y beradi?

Ikki va undan ko'p homila ayolning urug'langan tuxumining bo'linishi natijasida (odatda urug'langandan so'ng ikkinchi kuni) sodir bo'lishi mumkin yoki urug'lanish jarayonida ayolning bir necha tuxumi bir vaqtning o'zida urug'lanishi natijasida vujudga keladi.

Tuxumning bo'linishi tufayli vujudga kelgan homiladorlikdan tug'ilgan bolalar bir-biriga juda o'xshash boladilar. Bir necha tuxumning urug'lanishi natijasida tug'ilgan bolalar bir-birlariga oddiy aka-singil (opa-uka)dek o'xshash bo'ladilar.

2. Homiladorlikning qaysi muddatida bir necha homila borligi aniqlanishi mumkin?

Odatda, shifokorlar bir nechta homila borligini bachadonni tez o'sib borishidan gumon qiladilar. Ultra tovushli diagnostika (UTD) yordamida esa, homiladorlikning 6-7 haftasida homila sonini aniq bilsa bo'ladi.

3. Nega ko'p homilali homiladorlikda bolalar ko'pincha muddatidan oldin tug'iladilar?

Bachadon ayolning umumiy jismoniy holatiga bog'liq ravishda kattalashishi mumkin. Undan ortiq katta bo'la olmasligi tufayli ko'p homilali homiladorlikda bolalar odatda 37-hafta atrofida tug'iladilar. Ko'p homilali homiladorlikning faqatgina 10% 40-haftagacha cho'ziladi. Shuning uchun ayolning asosiy maqsadi - homiladorlikni iloji boricha uzoqroq cho'zish, kerak bo'lsa u shifoxonada maxsus ko'rikda bo'lishi talab etiladi.

4. Ko'p homilali homiladorlikda bolalar jarrohlik yo'li bilan tug'ilishi shartmi?

Hozirgi kunda bunday homiladorlikdan tug'ilgan bolalarning yarmi tabiiy ravishda tug'dirilsa, yarmi kesarevo kesilish yo'li bilan tug'diriladi. Bunda ayolning salomatligi va homilalarning bachadondagi holati alohida ahamiyat kasb etadi.

5. Ko'p homilalikda birinchi dunyoga kelgan bola keyingi tug'ilganlaridan ko'ra rivojlanishi tezroq bo'ladimi?

Yo'q, qaysi homila birinchi tug'ilishi bolaning keyinchalik rivojlanishiga aloqasi bo'lmaydi.

6. Ko'p homilali homiladorlikning o'ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?

- Oddiy homilador ayoldan shifokor ko'rigida ko'ra ko'proq bo'lishi kerak.
- Ko'p dam olishi, kuniga kamida 2-3 soat davomida oyoqlarni balandroqqa ko'tarib yotishi lozim.
- Ortiqcha jismoniy og'irlikdan holi bo'lishi kerak.
- Oddiy homilador ayoldan ko'ra ikki barobar ko'proq vitaminga boy oziq-ovqatlar bilan ovqatlanish kerak: bo'tqa, go'sht, baliqlarning turlari, qovun, shpinat, dukkakli mahsulotlar, mevalar, quritilgan mevalar, vitamin Cga boy mahsulotlar, sabzavotlar. Faqat ovqatlanishni oz-ozdan tez-tez amalga oshirish foydali bo'ladi.

7. Ko'p homilali homiladorlikni rejalashtirsa bo'ladimi?

Afsuski, yo'q. Faqatgina sun'iy urug'lantirishda buning iloji bor.

8. Ko'p homilali homiladorlikdan tug'ilgan bolalarning salomatligi qanday bo'ladi?

Ko' homilalikda bir homila nobud bo'lishi, homila juda kam vazn bilan tug'ilishi va bir yoki bir nechta homilaning rivojlanishiga patologik o'zgarishlar vujudga kelish ehtimoli bor. Shuning uchun homilador ayol mutaxassislarga vaqtida uchrab, talab etilayotgan muolajalarni to'g'ri amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

9. Ko'p homila bo'lganda nimaga ahamiyat berish lozim?

Homilador ayol anemiyaga ko'p uchraydi, ko'p homilali homilador ayolda esa anemiya vujudga kelish ehtimoli 2 barobar ko'payadi. Shuning uchun temir moddasiga boy mahsulotlarni, kerak bo'lsa shifokor maslahati bilan temir moddasiga boy vitaminlarni iste'mol qilish kerak bo'ladi.

10. Tug'ilgan bolalarning vazni bir xil bo'ladimi?

Yo'q, ularning vaznidagi farq bir necha grammdan 1000 grammgacha farq qilishi mumkin.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...