Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

vaginoz

Bakterial vaginoz ko'p tarqalgan jinsiy kasallik bo'lib, homiladorlik payti oson yuzaga keladi. Besh homilador ayoldan birida bakterial vaginoz bo'ladi.

Normada, ayol tashqi jinsiy a'zolarida yaxshi bakteriyalar yashaydi. Ularni "laktobakteriyalar" deb ataydilar. Ushbu bakteriyalar jinsiy a'zolarni yomon bakteriyalardan himoya qilib turadi. Agar biron sababga ko'ra laktobakteriyalarning soni kamayib ketsa, yomon bakteriyalar ko'payib, jinsiy a'zolarda disbalans hosil bo'ladi. Bu holat bakterial vaginoz deb ataladi.

Bakterial vaginoz alomatlari ba'zi ayollarda deyarli namoyon bo'lmaydi. Ba'zilarda esa qindan oq yoki kulrangdagi o'tkir baliq hidiga ega suyuqlik ajralishi bilan namoyon bo'ladi. Bu suyuqlik ayniqsa, jinsiy aloqadan so'ng keskin ko'payadi.

Aniq bilish uchun shifokor qin suyuqligini analiz qilishi lozim.

Bakterial vaginozning homiladorlikka ta'siri qanday?

Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bakterial vaginoz bola muddatidan oldin tug'ilishiga sababchi bo'lishi mumkin. Lekin ko'plab homilador ayollar bakterial vaginoz bilan o'z mudatida tuqqanini ham tajriba ko'rsatib kelmoqda. Bakterial vaginozning homiladorlikka bo'lgan salbiy ta'siri isbotlanmagani bilan jinsiy a'zolardagi disbalans boshqa jiddiy kasalliklarni qo'zg'otib yuborish ehtimoli borligi uchun homilador ayol ehtiyot bo'lib, o'z vaqtida davolanishi va kasallik avjiga chiqmasligini ta'minlashi darkor.

Davolanishi:

Bakterial vaginoz odatda antibiotiklar bilan davolanadi. Homiladorlik payti homilaga zarar keltirmaydigan antibiotiklar tanlanadi. Homilador ayolda bakterial vaginoz alomatlari mavjud bo'lmagan taqdirda ham, analiz aksini ko'rsatayotgan bo'lsa, davolanish muhim.

Afsuski, antibiotiklar kasallikni qo'zg'otuvchi bakteriyalar bilan birga kerakli laktobakteriyalarni ham nobud qiladi. Shuning uchun kasallik 3 oylardan so'ng qaytalanishi mumkin.

Bakterial vaginozning oldini olish uchun ayol oddiy sovun vositalari bilan emas, balki jinsiy a'zolar uchun mo'ljallangan maxsus gigiyena vositalaridan foydalanishi zarur. Bu kabi vositalar jinsiy a'zolardagi bakteriologik balansni saqlaydilar, organizm uchun kerakli laktobakteriyalarga sharoit yaratadilar.   

Manba: babycenter.com 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Karaoke
    • Hozir esa jonu jahonim uģlim serquyosh madxiyasi boshidan ohirigacha hamma suzlarini yodlab olgan, kuni buyi oģzidan tushmaydi serquyosh hur ulkam elga baxt najot deb ohirigacha kuylaydi, Yulduz Usmonovani Uzbekisto qushiģini ham yodlab olgan Oq yurgakka uragansan uzing bizni Oq yuvib oq taragansan uzing bizni Beshigimiz uzra bedor ona bulib kunimizga yaragansan uzing bizni Adoying bulgaymiz seni Uzbekiston Fidoying bulgaymiz seni Uzbekiston Shu qushiqniyam uģlim rossayam yaxshi kuradi, yod olgan, qushilishib aytaveradi
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Gulxonimni retseptini youtubedan olsangiz bo'ladi. Man bugun obedga osh,kechga shorva va kompot tayyorladim. Lekin negadir imgur.com dan rasm qoyolmayapman.
    • Pazandaxon
    • Ummu Soliha's Avatar
    • O'zbek oilasi farzandi KUZDA (2017)
    • Zahroxon va zizi farzandlaringiz muncha shirin koz tegmasin kuzda mazza qilib parklarni aylanyapsizlar ekanda qanday mazza. Duo qilinglar men ham Solihamni tezroq olib kelib ole bolajonimi rasa sogindim
    • Ummu Soliha

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...