Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

qon guruhi

Homiladorlikda rezus-faktor bo'yicha uchraydigan kelishmovchilik ko'pchilikka ayon. Qon guruhi bo'yicha (ABO) kelishmovchilik ham homiladorlikda ko'p uchraydigan holat.

ABO kelishmovchilik nima degani?

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda uchraydigan gemolitik kasallikning yengil shakli. Gemolitik kasallik deganda qondagi qizil hujayralarning tez bo'linib ketishiga aytiladi. Buning oqibatida anemiya, sariq kasallik yuzaga kelishi mumkin. Homiladorlik davrda bolada bu holat ona va bolaning qon guruhi mos kelmasligi va agar shu qon turlari bir-biri bilan to'qnash kelib antimoddalar hosil qilishni boshlasa, yuzaga keladi.

Homiladorlikda ABO kelishmovchilik bo'lishiga kim moyil?

Asosan onada 0(1) guruh qon bo'lib, homilada esa A(2), B(3) yoki AB(4) guruhiga oid qon turi bo'lsa, ABO kelishmovchilik namoyon bo'lishi mumkin. Muddatidan oldin chaqaloqlarda ABO kelishmovchilikning o'tkir shakli yuzaga keladi. Muddatida tug'ilgan bolada kasallik yengil tarzda o'tib ketishi mumkin.

ABO kelishmovchilikning rezus-faktor kelishmovchilikdan farqi nimada?

Rezur-faktor kelishmovchiligi onaning har keyingi homilador bo'lishida kuchayadi. ABO kelishmovchilik, asosan, ilk homiladorlikda yuzaga keladi, keyingi homiladorliklarda yuzaga kelgan taqdirda ham yengil shaklda o'tadi.

ABO kelishmovchilik qanday yuzaga keladi?

Qonning 4 guruhi mavjud: 0(1), A(2), B(3) va AB(4).

Har bir qon guruhi ma'lum kimyoviy moddalardan tashkil topgan antigenlarga ega bo'ladi. Ya'ni A guruhidagi qon A antigenga ega, B B antigeniga, AB guruhida A va B antigenlar mavjud bo'lib, O guruhida antigen yo'q hisoblanadi. Agar bir necha xil qon turlari aralashsa, immun tizimi yot qonga qarshi antitanachalar hosil qila boshlaydi.   

Homiladorlik davrida ona va homilaning qon tizimi alohida faoliyat ko'rsatadi. Normada ularning qonlari aralasha olmaydi. Chunki homilaning qon tizimi yo'ldosh tizimi bilan himoyalangan bo'ladi. Lekin ba'zida, homiladorlikda kechayotgan kasallik, qabul qilinayotgan dori vositalari, shikastlanish, qon ketishi va boshqa noaniq sabablarga ko'ra ona va homila qon tizimlari aralashib ketishi mumkin.

Shunda onada homila qoniga nisbatan antitanachalar hosil qilinishi boshlanadi. Bu antitanachalar bolaning qon tizimini yot deb qabul qilib, undagi qizil moddalarni nobud qilishni boshlaydi.  Qondagi qizil moddalarning buzilishi billirubin - ortiqcha moddani ko'payishiga olib keladi. Billirubin moddasining homila qonida ko'payishi sariq kasallikni yuzaga chiqaradi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda sariq kasal terining sarg'ayishi va ko'z oq tanasining sariq rangga bo'yalishida namoyon bo'ladi. Agar bolada sariqlik kuchli bo'lsa, uning qonidagi billirubin miqdorini aniqlash uchun analiz topshiriladi.

ABO kelishmovchilikni davolash.

Yengil hollarda o'zi o'tib ketishi mumkin, lekin bola bir necha hafta davomida nazoratda bo'lishi kerak. Agar qondagi billirubin miqdori ko'p bo'lsa, fototerapiya qilinadi. Bu muolaja bola qon tarkibida onaning antitanachalari butunlay yo'qolmaguncha davom etadi. O'tkir hollarda bolaga qon quyish muolajasi talab etilishi mumkin. Billirubin keskin oshgani aniqlangan hollarda davolanishni ortga surish mumkin emas.

Undan tashqari ABO kelishmovchilik bilan tug'ilgan bolada bir necha haftadan so'ng anemiya rivojlanishi xavfi ham mavjud. Shuning uchun bolani anemiyaga tekshirish ham maqsadga muvofiq bo'ladi. 

Fiziologik (normal) sariq kasallik nima degani?

Yangi tug'ilgan chaqaloqning tug'ilishdan 3 kun o'tgach teri sariqqa bo'yalishi mumkin. Bunga sabab uning yaxshi yetilmagan jigari bo'lib, u billirubinni qayta ishlashga kuchi yetmayotgan bo'ladi. Shunda chaqaloqning teri sariq rangga kira boshlaydi. Lekin billirubin miqdori keskin oshib bormaydi. Bu normal fiziologik sariqlik deb hisoblanadi. Bu holat 8-10 kunlarda o'tib ketadi va hech qanday davolanishni talab etmaydi. ABO kelishmvchilik oqibatida yuzaga kelgan sariqlik (gemolitik kasallik) esa bola tug'ilishi bilan yoki bir necha soatdan so'ng sarg'ayishida namoyon bo'ladi. Shunda uning qon tarkibidagi billirubin miqdori keskin o'sayotgan bo'ladi.

ABO kelishmovchilik bilan tug'ilgan bolani emizish mumkinmi?

Ona suti bolaga zarar keltirmaydi. Bola ABO kelishmovchilik tufayli holsiz bo'lib, ema olmayotgan bo'lsa, u holda sutni sog'ib bersa bo'ladi. Ona suti bilan bola organizmiga qo'shimcha ravishda antitanachalar kirishidan xavotir olmaslik kerak, chunki onaning oshqozon tizimidagi muhit antitanachalarni nobud qilib tashlaydi, shuning uchun ona sutiga ular o'ta olmaydi. 

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Hammaga Assalomualeykum qizlarjon yaxshimisizlar bolajonlar ham yaxshimi
    • Ummu Soliha
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...