Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Xavfga ega homiladorlik

Agar homilador ayol yoki tug'ilajak bolaning salomatligida muammo bo'lish xavfi yuqori bo'lsa, bunday homiladorlikka xavfga ega homiladorlik deb aytiladi.

"Xavfga ega homiladorlik" degan ibora qo'rqinchli tuyilgani bilan, aslida bu ibora shifokorlar uchun qo'llaniladi. Bunda shifokorlar xavfga ega homilador ayol va homila salomatligiga yanada e'tiborliroq va jiddiyroq yondashadilar, kerak bo'lganda esa muammolarning oldini oladilar.

Agar homilador ayolda quyidagi holatlardan biri mavjud bo'lsa, bunday homiladorlik xavfga ega hisoblanadi.

  • Diabet;
  • Saraton kasalligi;
  • Yuqori qon bosimi;
  • Buyrak kasalliklari;
  • Epilepsiya;
  • Homilador ayol spirtli ichimliklar ichadi va chekadi;
  • Ayolning yoshi 35 dan yuqori;
  • Ikki va undan ko'p homilali homiladorlik;
  • Bundan oldin 3 va undan ko'p bola tushishi yuz bergan;
  • Homilada Daun sindromi aniqlangan;
  • Homilada yurak, o'pka yoki buyrak kasalliklari aniqlangan;
  • Bundan oldingi homiladorlikda muddatidan oldin bola tug'ilgan;
  • Bundan oldingi homiladorlikda preeklampsiya holati mavjud bo'lgan;
  • Bundan oldingi bola Daun yoki boshqa genetik kasallik bilan tug'ilgan;
  • Homilador ayolda OITS, gepatit C, sitomegalavirus, varisella, rubella, toksoplazmos yoki sifilis viruslari mavjud;
  • Homilador ayol Litium, Dilantin, epilepsiyaga qarshi yoki karbamazekin dori-vositalarini ist'emol qiladi.

Bundan tashqari agar homilador ayolda astma, volchanka, artirt yoki yurak kasalliklari mavjud bo'lsa, bu haqda shifokorga aytish lozim. 

Muhim! Xavfga ega homiladorlik degani bilan bola kasal tug'iladi degani emas. Bunday homiladorlik o'z vaqtida maxsus kuzatuv va e'tibor ostida bo'lsa, ko'plab muammolardan holi bo'lishga imkoniyat bo'ladi.

Xavfga ega homiladorlikda shifokor nima qiladi?

Birinchidan, xavfga ega homilador ayol shifokor nazoratida ko'proq bo'lishi talab etiladi. Ikkinchidan, qo'shimcha skrining, ultra tovushli diagnostika tez-tez qilinadi, chunki homilani yaxshi rivojlanayotganini keskin kuzatish kerak bo'ladi. Qon va siydik analizlari oddiy homiladorlikdan ko'ra ko'proq topshiriladi. Kerak bo'lsa, qo'shimcha diagnostik tekshiruvlar amalga oshiriladi. Barchasi homila sog'lom va minimal muammolar bilan tug'ilishiga imkoniyat yaratish uchun amalga oshiriladi.

Agar bundan oldin genetik kasalliklar bilan farzand tug'ilgan, ayolning yoshi 35dan yuqori bo'lsa, genetik testlar ham o'tkaziladi.

Homilador ayolda diabet, astma yoki yuqori qon bosimi kasalliklari mavjud bo'lsa, shifokor kerakli va homilaga umuman zarar keltirmaydigan yoki zarari minimal darajada bo'lgan dori-vositalarni yozib beradi.

Homila salomatligi yoki rivojlanishida muammo borligi aniqlansa, shifokor uni maxsus perinatal markazida tug'ilishini tavsiya etishi mumkin. U yerda bunday bolalar maxsus e'tibor va kerakli tibbiy muolajalarni oladilar. 

Ba'zida, ona yoki bolaning hayotiga xavf soladigan vaziyatlardan holi bo'lish maqsadida, shifokor bolani imkon qadar vaqtliroq tug'dirib oladi. Bunda bolaning yashay olish imkoniyati hisobga olinadi va erta tug'ilgan bola yashab keta oladi.

Xavfga ega homilador ayol o'ziga qanday yordam berishi mumkin?

Shifokor huzuriga o'z vaqtida qoldirmay borish;

Shifokorga barcha o'tkazilgan va mavjud kasalliklar haqida to'liq ma'lumot berish;

Barcha diagnostik muolajalarni o'z vaqtiga o'tkazish;

Ovqatlanish tarzini shifokor bilan maslahatlashgan holda o'zgartirish. Protein va kalsiyga boy mahsulotlarni ko'proq iste'mol qilish;

Shifokor tavsiya etmagan dori va vitaminlarni qabul qilmaslik;

Foliya kislotasini homilador bo'lishdan oldin va homiladorlik davrida har kuni qabul qilish;

Jismoniy faoliyat (ishlash va boshqalar)ni shifokordan maslahat olgan holda bajarish;

Chekmaslik va chekadiganlar oldida bo'lmaslik;

Spirtli ichimliklar ichmaslik;

Infeksion kasalliklar bilan kasal odamlarga yaqinlashmaslik.

O'ta xavfli holatlar - bunda TEZ YORDAM CHAQIRISH SHART:

Hushdan ketish;

Qindan kuchli qon ketishi;

Bel yoki qinda kuchli og'riq bo'lishi;

Qindan qon ketishi bilan birga, jinsiy a'zolarda kindik osilib qolgan hissi paydo bo'lishi. Tez yordam kelgunga qadar, tezda tizzaga o'tirib olib, orqani yuqorida, boshni esa yerga qo'yib turish lozim. Bunda bosh orqadan pastroq holatda bo'ladi. Bu holat tez yordam kelguniga qadar, osilib qolgan kindikka bo'layotgan bosimni kamaytirishga yordam beradi.

Xavfli holatlar - bunda shifoxonaga borish yoki shifokor bilan maslahatlashish kerak:

Yuz, oyoq va qo'llarning birdan shishi;

Ko'rish qobiliyatining pasayishi;

Kuchli bosh og'rig'i paydo bo'lishi;

Qindan qon ajralishi;

Bel og'rishi;

Tana haroratining oshishi;

Bir soat ichida 6 va undan ortiq to'lg'oqlar qaytarilishi;

Qindan birdan ko'p suyuqlik kelishi;

Qinga kuchli bosim bo'lishi;

Bola qimirlamay qolishi. 

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • qanday insonlardan nafratlanasiz , yoqtirmaysiz? Hech kimdan nafratlanmayman Alloh insof bersin! Har bandaga Alloh insof bersin to'g'ri yo'lga boshlasin adashtirmasin!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1
    • Pazandaxon's Avatar
    • Baliqdan taomlar
    • Xa boladi,kraxmal shart emas. Muzlagan baliqni tikoni yo'q bolsa kotlet qilsayiz ham boladi. Shu mavzuni 1-betiga kirsayiz "Baliqli kotlet"bor.
    • Pazandaxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...