Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

qand kasalligi

Homilador ayollarning 4%da gestasion diabet (qand kasalligi) namoyon bo'ladi. Gestasion diabetning oddiy diabetdan farqi bor.

Gestasion diabet aynan homiladorlik paytida yuzaga chiqib, u homiladorlik yakunlanishi bilan odatda o'tib ketadi. Homiladorlikda oshqozon osti bezi yetarlicha insulin moddasini ishlab chiqara olmayotgan bo'lsa, gestasion diabet rivojlana boshlaydi. Homiladorlik paytida organizm insulin moddasini ko'proq ishlab chiqarishi kerak. Agar oshqozon osti bezi buni uddalay olmayotgan bo'lsa, qondagi qand miqdori ortadi va gestasion diabet (qand) kasalligi yuzaga keladi.

Kim bu kasallikka moyil?

Homilador ayolning homiladorlikdan oldingi vazni yuqori bo'lsa;

Homilador ayolda yuqori qon bosimi yoki boshqa kasalliklari mavjud bo'lsa;

Bundan oldingi homiladorlikda bola 4.5 kg dan ortiq tug'ilgan bo'lsa;

Oldingi homiladorliklarda gestasion diabet rivojlangan bo'lsa;

Oilada diabet (qand) kasalligi bilan kasallanganlar bo'lsa;

Homilador ayolning yoshi 30 dan oshgan bo'lsa.

Gestasion diabetni davolash shartmi?

Shart! Agar gestasion diabet davolanmay qolsa, bola salomatligida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Odatda, ularning vazni keskin osha boshlaydi va tug'ilayotganida tug'ish qiyinchiliklari yuzaga kelishi mumkin (yirik bola tug'ish yo'llaridan chiqayotganida qo'l, oyoq yoki yelkalariga lat yeyish xavfi yuqori bo'ladi). Undan tashqari bolaning yuqori vazni kesarev kesilish orqali tug'ilishni talab etishi mumkin. Yana bir muammo, yangi tug'ilgan chaqaloqda hayotining ilk kunlarida qondagi qand miqdorining keskin pasayib ketishi xavfi bo'ladi va bu holat davolanishni talab etadi.

Gestasion diabet odatda homiladorlikning 20 haftasidan so'ng yuzaga kelishi tufayli, bola rivojlanishida defekt paydo bo'lishi xavfi juda past, chunki uning barcha a'zolari bu davrga qadar shakllanib bo'lgan bo'ladi.

Vazni katta bo'lib tug'ilgan bolada vazni hayot davomida yuqori bo'lishi, kelajakda unda II-tur diabet (qand) kasalligini rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

Gestasion diabet yuzaga kelishining sababi nima?

Gestasion diabet homilador ayolda yuzaga keladigan keskin gormonal o'zgarishlarning natijasidir. Ba'zi ayollarda bu o'zgarishlarga oshqozon osti bezi faoliyatining kuchi munosib bo'la olmaydi va qondagi qand miqdorini nazorat qilish qiyinlashadi.

Gestasion diabetning oldini olish mumkinmi?

Uni oldini olish uchun aniq tavsiya mavjud emas, lekin gestasion diabet yuzaga kelmasligi uchun organizmga yordam bersa bo'ladi.

  • Homiladorlikdan oldin va uning davomida vaznning keskin oshmasligini ta'minlash;
  • To'g'ri ovqatlanish;
  • Organizmda ishlab chiqarilayotgan insulin moddasiga ta'sir etuvchi dori vositalarini qabul qilmaslik.

Gestasion diabet qanday aniqlanadi?

Homiladorlikning 24-28 haftasi oralig'ida shifokor qondagi qand moddasini aniqlash maqsadida maxsus test o'tkazadi. Bunda homilador ayol qon topshiradi va maxsus suyuqlik ichadi. Bu suyuqlik qondagi qand moddasiga ta'sir ko'rsatadi. Oltmish daqiqa o'tgach, yana qon topshiriladi va organizmning suyuqlikka bo'lgan reaksiyasi ko'riladi. Agar bunda qondagi qand miqdori oshgan bo'lsa, demak gestasion diabet rivojlanayotgan bo'ladi.

Gestasion diabet qanday davolanadi?

Shifokor tavsiya etgan jismoniy mashg'ulotlar va maxsus dieta, ya'ni to'g'ri va kerakli mahsulotlarni iste'mol qilish orqali qondagi qand miqdorini normallashtirish imkoniyati bor. Agar bu muolajalar natija bermasa, u holda dori vositalari yoki ukol qo'llaniladi.  

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Вақт қадри Анча йиллар илгари, болалигимда отам нимадир иш қилаётганида унинг ёнида ўтиришни яхши кўрардим. Айниқса, отамнинг бирор нимани ушлаб туришимни сўрагани мен учун шарафли юмуш эди. Шу тахлит ота-қиз мириқиб суҳбатлашардик, отам учун қизиқишларим, фикрларим жуда қизиқ эди. У оталар бериши мумкин бўлган энг катта...
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...