Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homiladorlik va infeksiyalar

Homiladorlik davrida bola ko'plab kasalliklardan himoyalangan bo'lgani bilan ba'zi infeksiyalar bolaga, homiladorlikka yoki onaning o'ziga bu davrda ziyon keltirishi mumkin.

 

 

 

                                            Infeksiya

                         Alomatlari

Bakterial vaginoz

Vaginal infeksiya bo'lib, qinda bakteriyalarning keskin ko'payishiga aytiladi.

Bola muddatidan oldin tug'ilishi yoki vazni past bo'lishiga olib kelishi mumkin. 

Qindan kulrang o'tkir yoqimsiz hid (baliq hidiga o'xshash)lik suyuqlik ajralishi;

Siyish davomida jinsiy a'zolarning qizishi yoki qichishi;

Alomatlari bo'lmasligi ham mumkin.

Sitomegalovirus

Ushbu virus bolaning eshitish, ko'rish qobiliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Undan tashqari homilaning rivojlanishiga boshqa salbiy ta'sir ham ko'rsatishi mumkin.

Yengil shamollash kabi alomatlar: tana haroratining ko'tarilishi, tomoq og'rishi va shishi, sovuqqotish;

Ba'zi ayollar hech qanday alomat sezmaydilar.

B streptokkok infeksiyasi

Bu infeksiya qin va anusda aniqlanadi. Homilador ayolga zarar keltirmasligi bilan bola tug'ilayotganida uni yuqtirib olsa, jiddiy salbiy asoratlarga olib keladi.

Homiladorlikning 35-37 haftasida infeksiyaga analiz topshirlishi lozim. Infeksiya aniqlansa, tug'ish kuniga qadar antibiotiklar bilan davolaniladi.

B gepatiti

Bola tug'ilayotganida infeksiyani onadan yuqtirib olish xavfi yuqori bo'ladi. Buning asorati bolada jigar kasalliklari yoki jigar saratoni rivojlanishi bo'ladi.

 

Bunda alomatlar deyarli namoyon bo'lmaydi, ba'zi hollarda ich ketish, qusish, to'q rangli siydik, terining sarg'ish rangga bo'yalishi kuzatiladi.

Gripp (influensiya)

Gripp homilador ayolda ko'p uchraydigan infeksiyadir. Gripp bilan kasallangan homilador ayol muddatidan oldin tug'ishi yoki tug'ilajak bola salomatligida muammolar yuzaga kelishi mumkin. 

  • Tana harorati oshishi;
  • Yo'tal;
  • Quruq tomoq;
  • Burun oqishi yoki bitishi;
  • Tananing qaxshashi;
  • Bosh og'rig'i;
  • Qusish va ich ketishi.

Toksoplazmoz

Ushbu infeksiyani hayvonlardagi parazitlar tashiydi. Ular mushuk yoki chala pishgan go'shtda bo'ladi. Agar infeksiya bolaga yuqsa unda karlik, ko'rlik yoki aqliy muammolar bo'lishi mumkin.

Odatda alomatlar bo'lmaydi, bo'lsa shamollashga o'xshash simptomlar bilan kechadi.

Siydik yo'li infeksiyalari

Davolanmay qolsa, homilador ayolning buyragiga o'tib ketadi va muddatidan oldin tug'ishga olib keladi,

  • Siyish davomida og'riq bo'lishi yoki qizishi;
  • Tez-tez siydik qistashi;
  • Qorin va belning past qismi yoki yon tomoni og'rishi;
  • Tana haroratining ko'tarilishi.

Kandidoz

Ushbu infeksiya homiladorlik davrida odatiy hisoblanadi. 

Uning bolaga ta'siri deyarli mavjud emas.

  • Qinning qichishi;
  • Qinning shishib qizarib qolishi;
  • Jinsiy aloqa yoki siyish davomida og'riq bo'lishi;
  • Tvorogga o'xshash suyuqlik ajralishi. 

Yuqorida qayd etilgan infeksiyalar eng ko'p uchraydigan hisoblanadi. Ularni vaqtida aniqlash va davolash uchun homilador ayol muntazam ravishda shifokor ko'rigida bo'lish va doimiy ravishda gigiyena qoidalariga rioya qilish talab etiladi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zohida97's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu aleykum mehribon opajonlarim yaxshi dam oldizmi kun sizlarga quvonchli utsin
    • Zohida97
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Mani uģlim q xarfi suzni boshida kelsa, aytolmaydi qovunni tovun, qani ni tani, qalamni talam deydi, lekin suz urtasida q xarfi kelsa bemalol ayta oladi, nimadan ekana
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...