Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homiladorlik va gepatit B

Gepatit - bu jigar kasalligi bo'lib, uning bir necha xili mavjud. Gepatit B turining qo'zg'atuvchisi virus hisoblanadi. U odamdan odamga qon, sperma yoki qin suyuqligi orqali yuqadi. 

Gepatit B qanday paydo bo'ladi?

Gepatit B shunday kasallikki, odam uni yuqtirib olgan bo'lsa ham, alomatlari ko'p yillar davomida ko'rinmaydi. U virus tashuvchisi bo'lib qoladi. Shu sabab, kasallik aniqlangach, uning yuqtirilgan davrini aniqlash qiyin bo'ladi. Odatda gepatit B virusi bilan quyidagi hollarda kasallanish mumkin:

  • Homilador onadan tug'ilayotgan bolaga yuqishi;
  • Shprits ignalarini bir nechta bemorga ishlatish;
  • Gepatit B bilan kasallangan inson bilan himoyalanmagan jinsiy aloqada bo'lish;
  • Manikyur, pedikyur salonlaridagi asboblarning sterillizasiyalanmasligi natijasida virusni yuqtirib olish;
  • Soqol olish asboblari yoki tish chyotkasini kasallangan inson bilan birga ishlatish;
  • Qon quyishda gepatit B virusi mavjud qondan foydalanish;
  • Stomatologiya va boshqa tibbiy muolajalarni asboblari sterilizasiya qilinmagan joylarda olish.

Gepatit B alomatlari qanday?

Homilador ayolda gepatit B virusini aniqlash uchun homiladorlikning boshida qon analizi tekshiriladi. Chunki ko'plab ayollar virus tashuvchisi ekanliklarini bilmay yuradilar. Kam hollarda uchraydigan alomatlarga tana va qorin og'rishi, qusish, ich ketish va ishtaha yo'qolishini kiritish mumkin. Homiladorligi aniqlangan zahoti ayol gepatit B ga analiz topshirishi lozim. 

Gepatit B virusi tashuvchilari shifokor nazoratida bo'lishi kerak. Ularda kasallikning alomatlari kuchli namoyon bo'lsa ba'zida Gepatit B immunoglobulini qo'llaniladi. Undan tashqari ushbu virus jigarni yildan yilga yemirishi tufayli, muntazam ravishda jigarni tekshirtirish, sog'lom hayot tarzida yashash talab etiladi. 

Analiz topshirishdan maqsad nima?

Agar analizlar natijasi homilador ayolda gepatit B virusi borligini ko'rsatsa, bola tug'ilayotganida virusni yuqtirib olishi ehtimoli katta bo'ladi. Agar tug'diradigan shifokor gepatit B virusi borligi haqida xabardor bo'lsa, yangi tug'ilgan chaqaloq uchun maxsus tibbiy muolajalarni o'tkazishni ta'minlaydi. Agar bunday tayyorgarlik ko'rilmasa, u holda tug'ilajak bolada surunkali gepatit kasalligiga uchraydi.

Gepatit B virusining homiladorlikka zarari bormi?

Odatda, bu virus homilaga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Lekin shifokor gepatit B bilan kasallangan homilador ayolni jiddiy kuzatuvi ostiga olishi kerak va bola tug'ilayotganida virusni yuqtirib olmasligini ta'minlashi muhim.

Ba'zi hollarda gepatit B bilan kasallangan homilador ayolda gestasion diabet, qon ajralishi kuzatiladi. Undan tashqari bola muddatidan oldin yoki kichik vaznli bo'lib tug'ilishi mumkin. 

Gepatit B bilan kasallangan onaning bolasiga tug'ilayotganida qanday yordam bersa bo'ladi?

Bunga 2 dona ukol kerak:

1. Bola tug'ilishi bilan qilinadigan Gepatit B vaksinasi (uni tug'ilish xonaning o'zida qilish zarur);

2. Gepatit B immunoglobulini.

Agar ushbu 2 dori vositasi bolaga hayotining ilk 12 soati davomida qilinsa, unda 90% holatlarda gepatit B virusiga qarshi immunitet hosil bo'ladi va ushbu virus bilan kasallanmaydi. Muhimi, gepatit B vaksinasini keyingi etaplarini ham o'z vaqtida bolaga qildirishni ta'minlash.

Agar ushbu 12 soat davomida ushbu muolajalar amalga oshirilmasa, bolani gepatit B virusidan saqlash imkoniyati boshqa bo'lmaydi.

Homiladorlik paytida gepatit B davolanadimi?

Homiladorlikning 3-trimestrida homilador ayol qonida gepatit B virusi darajasi keskin oshib ketayotgani kuzatilsa, dori vositalari yordamida davolanish ko'zda tutiladi.

Gepatitga qarshi dori vositalarini homiladorlikda qo'llash zararli hisoblanadi. Shuning  uchun bu borada yuqori toifali mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Gepatit B bilan kasallangan ona bolasini emizishi mumkinmi?

Emizish mumkin, faqat ko'krak uchidan onaning qoni bolaning og'ziga kirmasligini ta'monlash zarur! Ko'krak uchi yorilib undan qon ajralsa, bola ko'krakni qattiq tishlab qonatib yuborsa va boshqa shu kabi holatlarda gepatit bolaga yuqib qolmasligi uchun emizmaslik tavsiya etiladi. Gepatit B bilan kasallangan ona bolasini emizishiga o'ta ma'suliyat bilan yondashishi lozim. 

Agar bolaga Gepatit B yuqsa nima  bo'ladi?

Uning salbiy oqibati shu zahoti namoyon bo'lmaydi. Lekin Gepatit B virusi tashuvchilarida kelajakda jigar kasalliklari, jigar saratoni bo'lishi ehtimoli katta.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • meni qizim xam Behruzbekday soz bowida kelsa q ni t deydi. tani talam deb
    • ☆ZIZI☆
    • Zohida97's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu aleykum mehribon opajonlarim yaxshi dam oldizmi kun sizlarga quvonchli utsin
    • Zohida97
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...