Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Gepatit va homiladorlik

Gepatit (sariq kasal) jigar kasalligidir. Uning bir necha xili mavjud bo'lib, surunkali kechish hollari ko'p bo'ladi.

Homiladorlikda uchraydigan gepatit nima?

Homiladorlikda jigarning yallig'lanishi va infeksiyaga uchrashiga gepatit deb aytiladi. Gepatitni virus qo'zg'atadi. Uning asosan A, B va C turlari keng tarqalgan.

Homiladorlik davrida gepatit alomatlari qanday?

Gepatitning umumiy alomatlariga qusish, ko'ngil aynashi, ishtaha yo'qolishi, tana haroratining ko'tarilishi, qorin og'rishi, teri va ko'z oqsilining sarg'ayishini kiritish mumkin. Alomatlarning namoyon bo'lishi darajasi, asosan, gepatit virusining turiga bog'liq. Ba'zida jigar kasallanganidan so'ng oylar yoki yillar davomida hech qanday alomatlar yuzaga chiqmaydi va homilador ayol kasalligi haqida bexabar bo'lishi ham mumkin.

Homiladorlikning boshida ko'pchilikda uchraydigan toksikoz alomatlari bilan gepatit alomatlarini adashtirib yubormang.

Homiladorlikda gepatitga analiz topshirsa bo'ladimi?

Topshirish shart. Oddiy qon analizi gepatit virusi mavjudligini aniqlab bersa, boshqa chuqurroq analizlar virusning jigarga bo'lgan salbiy ta'siri darajasini ko'rsatib beradi.

Gepatit qanday yuqadi?

Gepatit B, asosan, qon va tananing jinsiy suyuqliklari orqali yuqadi. Gepatit C, asosan, qon orqali yuqadi, ba'zi hollarda himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali ham yuqishi mumkin. Gepatit A najasdan yuqadi. Hojatxonadan qo'lini sovunlab yuvmasdan chiqib, ovqatlanganda yoki shu qo'llar bilan birovga yegulik berganda gepatit A virusi tarqaladi va insonga yuqadi.

Bolalarni kichikligidan hojatdan so'ng, ovqatlanishdan oldin qo'lini sovunlab yuvishiga odatlantirish muhim.

Homilaga gepatitning ta'siri qanday?

Homiladorlikning kechishiga gepatit deyarli ta'sir qilmaydi. Lekin tug'ish jarayonida bola virusni yuqtirib olish ehtimoli yuqori. Shuning uchun tug'ish jarayonidan oldin shifokor onada gepatit bor yo'qligi haqida xabardor bo'lishi kerak. Shunda yangi tug'ilgan bolani virusdan saqlab qolish tadbirlari amalga oshiriladi. 

Gepatitni oldini olish mumkinmi?

Gepatit virusiga qarshi vaksina bilan emlanish gepatitni oldini olishda eng samarali vosita. Hozirgi kunga gepatitning A va B turlariga qarshi vaksinalar mavjud. Undan tashqari:

  • Gepatit bilan kasallangan inson bilan himoyalanmagan jinsiy aloqada bo'lmaslik;
  • Ukol olganda faqat bir martalik shprits va ignadan foydalanish;
  • Stomatologiya muolajalarini sterilizasiya qilingan vositalardan foydalanadigan joylarda olish;
  • Manikyur-pedikyurni asboblari sterilizasiya qilingan joylarda qilish kerak.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zohida97's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Zizi opajon xudo xohlasa imtihondan uylaganizdan alo bulip utasiz siz uchun singliz zohida ham musofir ulkadan turip yaxshi niyat ila duo qilaman barcha forumdagi opalarim tengdoshlarimni olloxni uzi asrasin oilalaridan doimo tinchlik yog'dusi charaqlap tursin eng muhimi barchamizni boshimizga ota onalarimiz turmush qurganlar bulsa qaynona onayu otajonlarimiz ham sog' salomat bulishsin opajonlarim
    • Zohida97
    • muslima1's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • Qo'llaringiz dard ko'rmasin!!! Meni ham shu bir niyyatim bor uyimda tandirim bo'lishini hohlayman! InshaAlloh somsa non yopgim keladi!!! Sevaraxon nonlarizni retsepini ham yozib qo'ying!!! Gazda qilsa ham bo'ladi albatta shu qiziqishim borde tandirga, eshitishimcha ko'tarib yursa bo'ladigan tandir chiqqanmish !!! Alloh nasib qilgin ilohim oshxonlarim kengaysin !!!!
    • muslima1
    • uzbaby's Avatar
    • Uzbaby.uz-2018
    • Sovg'alar haqida ma'lumotni tez kunda e'lon qilamiz.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Pazanda qo'li shirin qizlarjon-dugonajonlar. negadur Bolalar taomlari konkursida jim jitlik. Texnik qiyinchiliklar bo'lsa aytingiz, bartaraf qilishga harakat qilamiz.
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...