Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Preeklampsiya ko'p uchraydigan kasallik bo'lib, homiladorlikning 20 haftalaridan so'ng namoyon bo'ladi.

Preeklampsiya nima degani?

Preeklampsiya homiladorlik davrida qon bosimining oshishiga olib keladigan kasallikdir. Undan tashqari unda homilador ayol siydigida oqsilning keskin oshishi, buyraklarda patologik holatlar namoyon bo'lishi mumkin.

Kim preeklampsiyaga moyil bo'ladi?

Birinchi homiladorlikni kechirayotganlar;

Yoshi 18dan kam bo'lganlar;

Yoshi 40dan oshgan homilador ayollar;

Homiladorlikdan oldin qon bosimi oshib turadigan ayollar;

Onasi yoki opa-singlisida preeklampsiya bo'lganlar;

O'ta yuqori vaznga ega ayollar;

Bir nechta homilalik homiladorlikka ega bo'lganlar;

Bundan oldingi homiladorligi bilan farqi 10 yildan oshgan ayollar; 

Qand va buyrak kasalliklari mavjud ayollar.

Preeklampsiya alomatlari qanday?

Tana a'zolarining shishi (qo'l, oyoq, yuz) yoki birdan 1-2 kun ichida shishib ketishi;

Siydikda oqsil moddasining borligi;

Qon bosimining yuqoriligi;

Vaznning tezlik bilan ortishi;

Qorin og'rishi;

Bosh og'rishi;

Siyish miqdorining kamayishi yoki deyarli siymaslik;

Ko'rish qobiliyatining buzilishi.

Preeklampsiyaning salbiy oqibati qanday?

Agar preeklampsiya homiladorlikning oxirgi 1-2 haftasida rivojlansa, bola tug'dirib olinadi va u beziyon o'tib ketadi.

Agar preeklampsiya homiladorlikning o'rtalarida o'tkir shaklida namoyon bo'lsa, u holda onaning salomatligi xavf ostida bo'ladi. Yuqori qon bosimi natijasida qon aylanish sekinlashadi va jigar, buyrak va miya bundan zarba olishi mumkin, kelajakda esa yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanadi.

Undan tashqari qon aylanishining sekinlashuvi yo'ldoshni kerakli ozuqa bilan ta'minlashda to'sqinlik yaratadi, natijada homilaning sekin rivojlanishi, homila oldi suyuqligining miqdori kamayishi, yo'ldoshning bachadondan muddatidan oldin ajralishi kabi holatlar yuzaga keladi.

Preeklampsiya qanday davolanadi?

Agar preeklampsiya homiladorlikning 36 haftasidan so'ng namoyon bo'lsa, u holda bola muddatidan oldin tug'dirib olinadi. Bunda preeklampsiyaning rivojlanishi natijasida ona va bolaga bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy ta'sirning oldi olinadi.

Agar preeklampsiya bolaning tug'ilishi muddatidan ancha oldin namoyon bo'lsa, davolash muolajalari amalga oshiriladi. Bunda onaga, asosan, yotish va kasalxonada shifokorning keskin nazorati ostida bo'lish tavsiya etiladi. Onaning qon bosimi va bolaning yurak urishi doimiy tarzda nazorat ostida bo'ladi. Siydikdagi oqsillar miqdori tekshirilib turiladi. Onaga qon bosimining oshmasligini ta'minlovchi dori vositalari qo'llaniladi.

Agar preeklampsiyaning darajasi yomonlashib borayotgan bo'lsa, onaning hayoti xavf ostida bo'ladi va ushbu holatda homiladorlikning muddatidan qat'iy nazar bola tug'dirib olinadi. Bunda onada preeklampsiya holati 1-6 hafta ichida o'zi o'tib ketadi.

Ba'zida preeklampsiya aynan tug'ish jarayonida paydo bo'lishi mumkin. Shunda onaning qon bosimini tushirish uchun kerakli dori-vositalari qo'llaniladi va tug'ishdan so'ng ham ona bir necha kun davomida keskin nazorat ostida qoladi.

Preeklampsiyani oldini olish mumkinmi?

Amerika olimlarining tadqiqodlarining ko'rsatishicha, homiladorlikning ilk 12 haftasida aspirin dori-vositasini qabul qilgan ayollarda keyinchalik preeklampsiya rivojlanishi ehtimoli yuqori ekan. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan va homilador ayollar aspirin ichmasliklari maqsadga muvofiq bo'ladi.

Preeklampsiyani oldini olish bo'yicha aniq tavsiyalar mavjud emas. Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, homilador ayol organizmida kalsiy moddasining keskin yetishmovchiligi va ba'zi kasalliklar qon bosimining ortishiga sababchi bo'lar ekan. 

Shuning uchun eng muhimi, doimiy ravishda shifokor ko'rigida bo'lib, preeklampsiyaning ilk belgilarini tutib olish va davolashdir.  

Manba: Preeklampsia Foundation.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ojiz tomoningiz bormi? qanday insonlardan nafratlanasiz, yoqtirmaysiz?
    • Lily
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1
    • Pazandaxon's Avatar
    • Baliqdan taomlar
    • Xa boladi,kraxmal shart emas. Muzlagan baliqni tikoni yo'q bolsa kotlet qilsayiz ham boladi. Shu mavzuni 1-betiga kirsayiz "Baliqli kotlet"bor.
    • Pazandaxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...