Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homiladorlik payti yuzaga keladigan anemiya

Homilador ayollarning deyarli 30 foizi anemiyani boshidan kechiradi. Vaqtida davolanmagan anemiya homilaga ham, homilador ayolga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Anemiyaning bir necha turi mavjud bo'lib, homiladorlik davrida asosan temir moddasi yetishmovchiligi anemiyasi yuzaga keladi.  

Homilador ayolda anemiya borligini qanday bilsa bo'ladi?

Odatda homilador ayol ginekolog nazoratida bo'lganida, bir necha bor qon analizlarini topshiradi. Shunda uning qonidagi gemoglobin darajasi ham aniqlanadi. Gemoglobin darajasi pasayib ketgan bo'lsa, onada anemiya rivojlanayotgani aniqlanadi. Agar homilador ayol egizaklarni ko'tarayotgan bo'lsa, u holda homiladorlik davomida gemoglobin tez-tez tekshirilib turadi.

Odatda, normal homiladorlikda qondagi gemoglobin darajasi o'zgarib turadi. Agar homiladorlikning boshida u kerakli darajada bo'lsa, uchinchi trimestrga kelib pasayishi namoyon bo'ladi.

Agar anemiya rivojlanayotgani aniqlansa, u holda ginekolog qo'shimcha temir moddasini vitamin shaklida qabul qilishni tavsiya etishi mumkin.

Temir moddasi yetishmovchiligi tufayli anemiya kimda yuzaga keladi?

  • Temir moddasiga boy mahsulotlar (qizil go'sht, o'rik, uzum, banan, mayiz va hokazolar)ni kam iste'mol qiluvchilarda;
  • Homilador bo'lishdan oldin ko'p qon ketadigan hayz ko'radigan ayollarda;
  • Egizaklarni ko'tarayotgan homilador ayollarda;
  • Yoshi 20dan kam bo'lgan ayollarda.

Anemiyaning alomatlari qanday bo'lishi mumkin?

  • Kuchsizlanish va holsizlik;
  • Tez charchash;
  • Yurakning tez urishi;
  • Ba'zi homilador ayollar bosh og'riq, bosh aylanish, quloq shang'illashini ham sezishi mumkin.

Bu alomatlarni homiladorlikning ilk trimestrida yuzaga keladigan toksikoz va holsizlik bilan adashtirmaslik lozim.

Organizmni temir moddasi bilan boyitish uchun nima qilsa bo'ladi?

Temir moddasini yetishmovchiligini qoplash uchun eng yaxshi yo'l, kerakli mahsulotlarni muntazam ravishda yeyish.

Temir moddasiga boy ikki xil mahsulot mavjud:

1. Qizil go'sht, baliq va parranda go'shti tarkibidagi temir modda bo'lib, u organizm tomonidan oson qabul qilinadi.  

2. Quritilgan meva, boyitilgan quymoqlar, butun bug'doydan pishirilgan non mahsulotlari, to'q yashil rang ko'katlar tarkibidagi temir modda bo'lib, uning organizmga singishi biroz qiyin bo'ladi.

Odatda vitamin C temir moddasini organizm tomonidan qabul qilinishiga yordam beradi. Shuning uchun 2 guruhdagi temir moddasiga boy mahsulotlarni 1 stakan apelsin sharbati bilan qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

 

Ba'zi mahsulotlar temir moddasini organizmga singishiga to'sqinlik qiladi:

  • Choy va kofe;
  • Jig'ildoq qaynashi va ovqatni xazm qilish uchun mo'ljallangan dori-vositalari;
  • Sut va sut mahsulotlari.

Homilador ayolda temir moddasi yetishmovchiligi tufayli anemiya bo'lsa, homilaga ta'sir qiladimi?

Homilador ayolda organizm temir moddasini birinchi navbatda homilaga yetishtirib beradi. Shuning uchun anemiya holati o'tkir bo'lmaganda, homilaga deyarli sezilmaydi. Lekin ona tez charchaydigan, holsiz bo'lib yuradi.

Agar homilador ayolga shifokor temir moddasini ichishni tavsiya qilgan bo'lsa, albatta unga amal qilish zarur. Anemiya kuchayib ketsa, quyidagi salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin:

  • Muddatidan oldin tug'ish;
  • Bola tug'ilganida vazni kichik bo'lishi;
  • Bola tug'ilganida muddatiga nisbatan kamroq rivojlangan bo'lishi;
  • Tug'ilgan bolada temir yetishmovchiligi kuzatilishi. Bu holat uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Temir moddasi yetishmovchiligi anemiyasi qanday davolanadi?

Odatda temir moddasi dori-vositasini shifokor tavsiya etadi. Ba'zi temir moddasi dori-vositalari tarkibida foliya kislotasi ham bo'lishi mumkin.

Imkon qadar temir moddasi dori-vositalari apelsin sharbati bilan iste'mol qilinishi kerak.

Ba'zida temir moddasi dori-vositalari homilador ayolda quyidagi nohush holatlarni keltirib chiqaradi:

  • Ich qotishi;
  • Ko'ngil aynishi;
  • Qusish;
  • Ich ketishi;
  • Jig'ildoq qaynashi;
  • Qorin og'rishi.

Undan tashqari qabul qilinayotgan temir moddasi tufayli siydik rangi ham to'qlashadi.

Lekin bu nohush holatlar vaqt o'tgan sayin yo'q bo'lib ketadi, shuning uchun shifokor bilan maslahatlashmay turib ularni qabul qilishni to'xtatmaslik zarur.

Anemiyaning kuchli holatlarida temir moddasi ukollari ham qo'llaniladi.

Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, homiladorlik davrida anemiyasi bo'lgan ayollar tuqqandan so'ng depressiyaga boshqa ayollarga nisbatan ko'proq chalinar ekanlar.

 

Manba: hemotology.org, babycenter.com, nhs.uk.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Zizi dugonajon imtihonlardan osongina A'LO baxolarga qiynalme utib oling
    • Zahroxon
    • uzbaby's Avatar
    • Uzbaby.uz-2018
    • Sovg'alar haqida ma'lumotni tez kunda e'lon qilamiz.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Pazanda qo'li shirin qizlarjon-dugonajonlar. negadur Bolalar taomlari konkursida jim jitlik. Texnik qiyinchiliklar bo'lsa aytingiz, bartaraf qilishga harakat qilamiz.
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...