Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

yo'ldosh joylashuvi

Homiladorlik davomida yo'ldoshning to'g'ri joylashuvi muhim ahamiyatga ega. Normada yo'ldosh bachadonning yuqori qismida joylashgan bo'lishi kerak.

Agar yo'ldosh bachadonning past qismida yoki bachadon bo'yni yo'lini to'sib joylashgan bo'lsa, bu holat yo'ldoshning past joylashuvi yoki homila oldi joylashuvi deb ataladi va bunday homiladorlik chuqur nazorat ostida bo'ladi.

Yo'ldoshning joylashuvi haqidagi diagnoz homiladorlikning 1-2 trimestrda qo'yilgan bo'lsa, juda xavotli emas. Chunki 3 trimestrga qadar bachadon kattalashgan sari yo'ldosh yuqoriga migrasiya qilishi (surilishi) mumkin. Lekin yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi homiladorlikning 3 trimestrida ham namoyon bo'layotgan bo'lsa, bu holat    Bir qator muammolar keltiradi .

Qachon yo'ldoshning notog'ri joylashuvi aniqlanadi?

Ko'pincha homiladorlikning 20-28 haftasi oralig'ida Ultra tovushli diagnostika orqali yo'ldoshning joylashuviga baho beriladi. Agar u bachadonning yuqori qismida bo'lmagan bo'lsa, homilador ayol bu masala bo'yicha bir necha haftadan so'ng qayta tekshiruvdan o'tadi. Ko'pincha bu davrga kelib yo'ldosh to'g'ri joylashib olgan bo'ladi.

Har 200 ta tug'ishdan 1 donasi yo'ldoshning noto'g'ri joylashganligi bilan yakunlanadi.

Agar yo'ldosh baribir bachadonning past qismida yoki homila oldida joylashgan bo'lsa-chi?

U holda homilador ayol jiddiy nazorat ostiga olinadi. Yo'ldoshning notog'ri joylashuvi holatidagi eng katta xavf - bu qon ketishidir.

Yo'ldoshi noto'g'i joylashgan ayolga asosan yotish va urunmaslik tavsiya etiladi. Jinsiy munosabatlar man qilinadi. Kerak bo'lsa, shifoxonada tuqqunga qadar qolish ham talab etilishi mumkin.

Yo'ldosh pastda joylashgan bo'lsa, u muddatidan oldin bachadondan ajralishi mumkin. Shunda kuchli qon ketishi kuzatiladi. Bu holat homilador ayol uchun ham rivojlanayotgan homila uchun ham o'ta xavfli hisoblanadi. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi bilan kechayotgan homiladorlikda bola rejalashtirilgan kesarcha kesish orqali tug'dirib olinadi . 

Homiladorlikning 3 trimestrida qon ketishi zudlik bilan tez tibbiy yordamni chaqirishni taqazo etadi. Bu holat ona va bolaning hayotiga katta xavf soladi.

 

Yo'ldoshning notog'ri joylashuvi turlari:

  • Yo'ldosh pastda joylashgan, lekin bachadon bo'ynini to'sib qo'ymagan.

Bu holatda homilador ayol nazoratda bo'ladi, lekin tabiiy tug'ish imkoniyati yo'q bo'lmaydi.  

  • Yo'ldosh bachadon bo'lynini qisman to'sib qo'ygan.

Bunda vaginal ultra tovushli diagnostika orqali to'silmagan qism aniqlanadi. Agar u ma'lum bir masofada bo'lsa, tabiiy tug'ish imkoniyati bo'ladi.

  • Yo'ldosh bachadon bo'ynini butunlay to'sib qo'ygan.

Bunda majburiy ravishda kesarcha tug'ish orqali bola dunyoga keltiriladi.

Yoldoshning noto'g'ri joylashgani alomatlari?

Ko'pincha bu holat alomatsiz o'tadi. Asosiy alomat deb qindan og'riqsiz qon ketishini belgilasak bo'ladi.

Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi bilan tug'ish jarayoni qanday kechadi?

Yo'ldoshning notog'ri joylashuvi 3 trimestrda ko'pincha qon ketishini taqazo etadi. Bu holat shifoxonada bo'lishni talab etadi. Agar qonni to'xtatish iloji bo'lmasa, bola muddatidan oldin bo'lsa ham tug'dirib olinadi, chunki ko'p qon ketishi onaning hayotiga xavf solishi mumkin. Qon ketishi to'xtatilsa, u holda homiladorlik imkon qadar 38 haftagacha saqlanadi va rejalashtirilgan kesarcha kesish usuli orqali bola tug'diriladi.

Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi bilan bola tug'dirilayotganida operasiya davomida odatda ko'p qon yo'qotiladi. Shuning uchun shifoxonada homilador ayolning qoniga tegishli qo'shimcha qon tayyor bo'lib turishi lozim. 

Agar ayol qoni manfiy rezusga ega bo'lsa (eriniki esa musbat), u holda RH-immunoglobulin ukoli tug'ishdan so'ng 48 soat ichida ayolga qilinishi muhim.

 Yo'ldoshning noto'gri joylashib qolishiga moyillik kimda bo'ladi?

Bir nechta farzand tuqqan ayolda;

Bundan oldin kesarcha kesish orqali tuqqan ayolda;

Bachadonida jaroohlik operasiyani o'tkazgan ayolda;

Egizak va undan ko'p homilaga ega homilador ayolda;

  • Yo'ldoshning noto'g'ri joylashib qolishiga qo'shimcha sabablar:

Muddatidan oldin to'lg'oqlarning bo'lishi;

Bolaning boshi bachadonda yon yoki yuqori tomon joylashgani;

Bachadon razmeri kattaligi.

Yo'ldoshning noto'gri joylashuvi davolanadimi?

Yo'q, bu holat davolanmaydi. Lekin u kuchli nazorat ostida bo'lishi shart. Kerak bo'lsa, homilador ayol tuqquniga qadar shifoxonada qoladi.

Yo'ldoshning noto'g'ri joylashganida ba'zida qo'shimcha muammo yuz beradi (juda kam hollarda). Yo'ldosh bachadon devoriga qattiq yopishib qolgan bo'ladi. Bunda bola tug'dirib olingandan so'ng, yo'ldosh bachadondan osonlicha ajralmaydi va kuchli qon ketishini keltiradi. Onaning xayotiga xavf soluvchi ushbu holat bir necha bor qon quyishni talab etishi mumkin. Keskin vaziyatda esa bachadon olib tashlanishi ham mumkin.

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...