Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homila oldi (qog'onoq) suvining kamligi oligogidramnios deb ataladi. Bu holat ba'zida homila yoki homiladorlikda patologik o'zgarishlar mavjudligidan dalolat berishi mumkin.

Homila oldi suyuqligini shifokor tekshirishi bejiz emas. Qog'onoq suvining ko'p yoki kamligi homila va homiladorlikning rivojlanishida biron salbiy o'zgarish yuz berganini ko'rsatishi mumkin.

Odatda qog'onoq suvi homiladorlikning 3 trimestriga qadar ko'payib borib, 32-34 haftalarda u 1 litrni tashkil etishi mumkin. Tug'ish yaqinlashgan sari suyuqlik kamayadi. Homiladorlarning 1 foizida qog'onoq suvi o'ta ko'pligi (poligidramnioz) yoki o'ta kamligi (oligogidramnioz) patologiyasi kuzatiladi.

Homila oldi suvi kamligi aniqlangan homiladorliklarning atigi 4 %da  haqiqiy oligogidramnios patologiyasi namoyon bo'ladi.

Bu holat ko'pincha homiladorlikning 3 trimestrida namoyon bo'ladi. Yoki, homilador ayol tug'ish kunidan 2 haftaga o'tib ketib ham tug'a olmayotgan bo'lsa, unda ham homila oldi suvi kamayishi kuzatiladi. Bu esa tugi'sh jarayonida qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. 

Qog'onoq suvining kamayishiga nima sabab bo'ladi?

  • Homila tana a'zolari(buyrak va siydik tizimi) dagi nuqsonlar;
  • Yo'ldosh muammolari (yo'ldosh tizimi keraklicha qon va ozuqa yetqazib bera olmagan holat);
  • Homila oldi suvlarining muddatidan oldin chiqa boshlashi;
  • Homiladorlik tug'ish muddatidan ham o'tib ketishi (42 haftadan o'tgan homiladorlik);
  • Homilador ayol kasalliklari (diabet, preeklampsiya (homiladorlikda qon bosimining oshishi) va boshqa surunkali kasalliklar).

Homila oldi suvi kamayishi nimaga olib keladi?

Qog'onoq suvi yordamida homilaning nafas olish va buyrak tizimi, mushaklari, o'pkasi rivojlanadi.

Agar homila oldi suvlarining kamligi homiladorlikning 3-trimestriga qadar aniqlansa, bu holat homilaga jiddiy ziyon keltirishi mumkin, xususan o'lik homila, homila tushishi va tug'ma nuqsonlarga sababchi bo'lishi mumkin.

Agar homila oldi suvlarining kamligi homiladorlikning 2 chi yarmida aniqlansa, u holda bu muddatidan oldin tug'ishga, homila siydik tizimi muammolariga, tug'ish davri qiyinchiliklariga olib kelishi mumkin.  

Qog'onoq suvi kamligi aniqlansa, nima qilsa bo'ladi?

Agar tug'ish muddati yaqinlashgan bo'lsa, bolani tug'dirib olish tavsiya etiladi. Agar tug'ish davriga hali uzoq bo'lsa, u holda homilaning faoliyati, harakati, stres holati va homila oldi suvi miqdori keskin nazorat ostida bo'ladi.

Undan tashqari qiyidagi muolajalar o'tkazilishi mumkin:

Tug'ish jarayonida kateter orqali qo'shimcha suyuqlik yuboriladi. Bu muolaja tug'ish jarayonini tabiiy ravishda o'tkazib, homila kindigiga o'ralib qolmasligiga yordam beradi. Yoki bo'lmasa, kesarcha usulda tug'dirish qo'llaniladi.

Ona regidrasiya qilinadi, ya'ni suyuqlikka to'ydiriladi. Ko'p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. Undan tashqari onaning qon tomiriga maxsus suyuqlik yuborilib turiladi, bu homila oldi suvi ko'payishiga yordam beradi.

Ba'zida ko'p suyuqlik ichish ayolga mumkin bo'lmaydi. Shuning uchun homiladorlikning 3 trimestrida shifokor man etmagan bo'lsagina normadan ko'proq suyuqlik ichish mumkin

   

Homila oldi suvi kamligi qanday aniqlanadi?

Homilaning harakatlanishining keskin kamayishi shifokorda homila oldi suvlari kamayganligiga shubha tug'diradi. Undan tashqari onadagi mavjud surunkali kasalliklar homila oldi suvi miqdorini nazorat qilishni taqazo etadi. Qog'onoq suvi ultra tovushli diagnostika (UZD, UTD) yordamida o'lchanadi. 

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zarinabonu's Avatar
    • Nikohda mahr
    • Bu mavzuni endi ko'ribman .Bizga nikoh o'qigan domla 2 mln so'm pul yoki o'sha pulga biror nima olib berasiz degandilar. Muhimi 2 mln so'm pul Jufti halolingizga ishlatin deb aytganlar. Shunda Turmush o'rtog'im roziman deganlar. Keyin Moskvaga kelishimga 170 $ qaytishimga 220$ bilet oberganla. Rajotlashib ketganmiz desammi))))) Ba'zida esimga tushib qosa qarziz bor deb qo'yaman. Bilganimda avvalroq voz kechgan bo'lardim man ham. Bu yerda yozilganlarni o'qib eeeeeh deb qo'ydim bilganimda qarziz bor demasmidim))))) Kech bo'lsada bilvoldim.
    • Zarinabonu
    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • raxmat sizlarga ham. ozim uchun boshqatdan kashf qilyapman sizlarni)))))) Sevaraopa taklif u.n raxmat. agar o'zlari qarshi bolmasalar suhbatga tortamiz.
    • Lily

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...