Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homiladorlikning 3-trimestrida shifokor homilador ayolga homila oldi suvi me'yoridan ko'pligini aytishi keng tarqalgan holat.

Qog'onoq suvining ko'pligi poligidramnios deb ataladi.

Agar ultra tovushli diagnostika homila oldi suvi ko'pligini aniqlasa, homiladorlik keskin nazoratni talab qiladi. 

Homila oldi suvlarining ko'pligi alomatlari bormi?

Agar qog'onoq suvlarining me'yoridan haddan ziyod ortishi kuzatilsa, u quyidagi alomatlar bilan namoyon bo'lishi mumkin, lekin xulosani ultra tovushli diagnostika faqat bera oladi:

  • Nafas olishda qiynalish;
  • Oyoqning shishi;
  • Jinsiy a'zolarning shishi;
  • Haddan ziyod ko'p siyish;
  • Qorin siqilishi;
  • Jig'ildoq qaynashi;
  • Ich qotishi.

Bu alomatlar normal kechayotgan homiladorlikda ham yoki boshqa patologik holatlarda ham namoyon bo'ladi. Shuning uchun bu alomatlar mavjudligi har doim ham homila oldi suvlari ko'payib ketganidan dalolat bermaydi.

Undan tashqari shifokor homilaning yurak urishini topa olmayotgan bo'lsa, bachadonni o'lchaganda u 2 va undan ortiq haftaga oshiqchaligini aniqlasa, bolaning qimirlashini yaxshi sezay olmasa, qog'onoq suvlari ko'pligiga shubha qilishi mumkin.

Poligidramnios (homila oldi suyuqligi ko'pligi) qachon namoyon bo'ladi?

Ko'pincha bu holat homiladorlikning ohirgi oylarida yuzaga chiqadi, lekin homiladorlikning 16 chi haftasidan so'ng paydo bo'lishi mumkin. Qancha vaqtli yuzaga chiqsa, homiladorlik davomida shuncha ko'p muammolar paydo bo'ladi.

Poligidramnios (homila oldi suyuqligi ko'pligi) sababi nima?

  • Homilaning tug'ma nuqsonlari;
  • Homilaning genetik kasalliklari;
  • Onada diabet kasalligi;
  • Egizaklarga keladigan qon miqdorining noto'g'ri taqsimlangani;
  • Manfiy rezus bilan homiladorlikdagi Rh(qon rezusi bo'yicha) nomutanosiblik;
  • Homilaning yurak xastaliklari.

Qog'onoq suvi keskin ko'pligi aniqlansa, qanday qiyinchiliklar yuzaga chiqadi?

Agar shifokorda qog'onoq suvining haddan ziyod ko'pligiga shubhasi bo'lsa, u ultra tovushli diagnostika, doppler diagnostikasi, amniotsentez, glyukoza testi kabi muolajalarni tavsiya etadi.

Homila oldi suvi ko'pligi aniqlansa, u qanday davolanadi?

Avallambor bu holatni keltiruvchi faktor aniqlanib, uni davolash maqsad qilinadi. Masalan, agar poligidramnios sababi bolaning yurak urishi patologiyasi bo'lsa, u holda uning yurak urishini normallashtiruvchi dori vositalari qo'llaniladi.

Ba'zi davolash usullari homiladorlikka yoki homilaga ziyon keltirishi mumkinligi uchun ular juda kam hollarda qo'llaniladi.

Agar homiladorlik 37 haftadan o'tgan bo'lsa, homila muddatidan avval tug'dirib olinadi.

Homila oldi suvlari normadan ko'payish darajasi unchalik yuqori bo'lmasa, u holda davolash yo'llarini o'rniga homilador ayolga tuqquniga qadar yotish tavsiya etiladi. Gorizontal holatda bo'lish muddatidan oldin bola tug'ilib qolishini oldini oladi. 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Umaraliyeva's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • hihi hihi hihi hihi rosa topib gapiribsizku, rostanam shunday bo'lib qoldi,:lol: o'ziz biiir suhbatni uyasini ochib bermasez yuravermiz, salom alikdan uyog'iga o'tolmay to'g'rimi :dugona$ Bor bo'ling ilohim shuna qilib bizni hursan qilib turing, ana bo'lmasam yana tilak aytishni boshladimmi ^xoxo$ ^xoxo$
    • Umaraliyeva
    • Zahroxon's Avatar
    • Tug'ilgan kunlar ! ! ! ! ! !
    • ertaga 16-dekabr qadrdonimiz, eng kerakli foydalanuvchimiz MUSLIMAning tug'ilgan kunlari bn chin qalbimdan TABRIKLIMAN, dugonajon doimo baxtli taxtli, sog' salomat buling, yuzingizdan quvonch hech qachon arimasin, barcha uylagan orzu niyatlaringizga yetib yuring TUG'ILGAN KUN MUBORAK
    • Zahroxon
    • mavluda1492's Avatar
    • Uzbaby.uz-2017
    • 1. Zizi 2. Muslima 3. Zahroxon bu nominatsiyalarga loyiq qizlarimiz judayam ko'p. lekin yilning eng faollari shular deb o'ylayman
    • mavluda1492
    • Zahroxon's Avatar
    • Goroskop va burjlar
    • 2018-yil munajjimlar bashorati: “Arslon” “Arslon” barchaning ko‘nglini zab etuvchi va qiziqqon burj vakilidir. Agar u biror muammoga duch kelsa, boshqalar ham ko‘ngilsizliklarga uchraydi. Chunki Arslon odamlar kayfiyatiga ta’sir qilishga usta. U bilan suhbat qurish yoqimlidir. Tabiatan go‘zal tashqi ko‘rinishga ega. Iqtidorlarining chek-chegarasi yo‘q. U bir-necha bor sevib qolishi mumkin. Ammo aslo uning ko‘ngli bilan o‘ynamaslik lozim. Aks holda 3-jaxon urishi boshlanadi.  2018-yil “Kuchuk yili” bo‘lib, Arslon burj vakili uchun omadli keladi. Ammo omad uchun...
    • Zahroxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...