Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

shamollash

Afsuski, farzand kutayotgan davrimizda ham viruslardan holi bo'la olmaymiz. Albatta epidemiya payti bo'lajak ona nihoyatda ehtiyot bo'lib, o'zini gavjum joylardan saqlab, jamoat transportida kamroq bo'lib, shamollagan odamlar bilan muloqotda bo'lmaslikka harakat qilishi lozim. Lekin bu harakatlar ham shamollashdan 100% saqlay olmasligi mumkin albatta. Agar homilador ayol shamollab qolgan bo'lsa, quyidagi qoidalarga amal qilishini tavsiya etamiz:

1. Yoting!

Agar oddiy holatingizda shamollab turib ishga borib, uy ishlari bilan band bo'lib yurgan bo'lsangiz, hozir homiladorligingizda bunday qilish mumkin emas. Homilador ayol shamollab qolganda o'zini juda bo'sh his etadi, qon bosimi pasayib ketadi, depressiyaga ham tushib qolishi mumkin. Chunki u nafaqat o'zi uchun, balki bag'ridagi farzandi uchun ham qayg'uradi.
Shuning uchun agar ishlayotgan bo'lsangiz, albatta, ishga bormay turing Tezroq tuzalib olish maqsadida har xil kuchli dorilarni ichmang. Dori qanchalik kuchli bo'lsa, uning salbiy ta'siri shunchalik katta bo'ladi. Agar sizda virusli shamollash bo'lsa (masalan gripp) u holda hech qanday dori ichmang. Tuzalish uchun bir necha kun talab etiladi. Ana shu kunlar oson kechishi uchun ko'proq dam oling, o'zingizni bo'sh tuting, og'ir ish va yugur-yugurlardan saqlaning.

2. Antibiotiklardan nariroq bo'ling!

Eng asosiysi, agar siz virusli shamollagan bo'lsangiz (ko'pincha gripp), demak biling, hech qanday antibiotik sizni davolay olmaydi. Oddiy mikrobli shamollashdagina antibiotik qo'l kelishi mumkin. Agar tabiiy vositalar bilan davolanish ijobiy natija bermay turib, holingiz yomonlashib boshqa qo'shimcha (qattiq yo'tal, burun oqishi kuchayishi va hokazo) asoratlar paydo bo'lgan bo'lsa, vrach maslahati bilan antibiotiklardan foydalanishingiz mumkin. Lekin undan oldin buvilarimiz foydalangan tabiiy usullardan foydalaning. Asal choy, malina va smorodina choylari, o'tli damlamalar, dumba yog'i va boshqa vositalar. Ayniqsa ,homiladorlikning 12-haftasigacha iloji boricha dorilardan foydalanmaganingiz ma'qul. Chunki aynan bu davrda bola organlari shakllanadi.

Shamollashning birinchi alomatlari paydo bo'lganda nima qilsh kerak?

Shuni unutmangki, homiladorlik davrida shamollashdan tuzalish maqsadida qo'shimcha vitaminlarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Undan ko'ra vitaminga boy tabiiy mahsulotlarni iste'mol qilganingiz lozim.

  • Agar tomog'ingizda biroz achishish, burun oqish, bosh og'rig'ini sezgan bo'lsangiz, ko'p-ko'p suyuqlik, ayniqsa limon va malina choy, yoki asal bilan sut va vitamin C ga boy bo'lgan klyukva (cranberry) sharbatidan ichib yuring.
  • Tomoq achishishida limonni so'rib yurish foydali.
  • Organizm kuchi davolanish uchun sarflanishi lozim, shuning uchun bu kunlarda og'ir yog'liq ovqatlar yemang, organizm uni hazm qilish bilan ovora bo'lib kuchi sarflanmasin.
  • Tuz yeyishni kamaytiring, shamollash payti tuz burun to'lib qolishiga olib keladi.
  • Butun uyingizga piyoz va sarimsoq donlarini tozalab, to'g'rab yoyib qo'ying. Har necha soatda yangilab turing. Uning hidi viruslarni o'ldiradi, oila a'zolarini shamollash yuqishidan asraydi.

Homiladorlik davrida MUMKIN EMAS!!!

Shamollash boshlanayotganda oyoqlaringizni issiq vannaga solib o'tirish, issiq vannada cho'milish, oyoq va badanni parlash aslo mumkin emas.
Tabiiy o'simliklardan ham ehtiyotsizlik bilan foydalanmang. Ayrimlari homiladorlikda aslo mumkin bo'lmaydi (barbaris, dushitsa, araliya, sariq ildiz, hayot ildizi, paxta ildizi, krokus, mojevelnik, muskat danagi va boshqalar). O'simlik dorivorlardan foydalanishdan oldin albatta vrach bilan maslahatlashing.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • qanday insonlardan nafratlanasiz , yoqtirmaysiz? Hech kimdan nafratlanmayman Alloh insof bersin! Har bandaga Alloh insof bersin to'g'ri yo'lga boshlasin adashtirmasin!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1
    • Pazandaxon's Avatar
    • Baliqdan taomlar
    • Xa boladi,kraxmal shart emas. Muzlagan baliqni tikoni yo'q bolsa kotlet qilsayiz ham boladi. Shu mavzuni 1-betiga kirsayiz "Baliqli kotlet"bor.
    • Pazandaxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...