Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

molochnitsa

Homiladorlik davrida kandidoz kasalligi homilador bo'lmagan ayollardan ko'ra 2-3 barobar ko'proq uchraydi. Bunga sabab homiladorlik davrida qindagi kimyoviy muhit bakteriya uchun qulay bo'lib qolishi, immunitetning pasayishi va ona organizmidagi gormonal o'zgarishlardir.

Kandidoz alomatlari:

- tashqi jinsiy organlarda qattiq qichishish (ayniqsa uyqu payti va suv tekkanda qichishish kuchayadi);

- qindan oq rangli, tvorogsimon suyuqlik ajralishi;
- jinsiy aloqa davomida og'riq;
- siyish davomida og'riq.

Lekin bu simptomlar boshqa infeksion kasalliklar (trihomoniaz, gardnerellez, gonoreya, gerpes va boshqalar) simptomlariga o'xshash bo'lgani uchun, faqat simptomlarga asoslanib davolanish noo'rin bo'ladi.

Davolanishdan oldin qin analizi orqali infeksiya turi aynan kandida ekanligi aniqlab olinishi shart.

Homiladorlik davomida kandidozni davolash:

Odatda vrach kandidoz kasalligi onaga homiladorlik davomida jiddiy qiyinchilik keltirmayotgan bo'lsa, davolamaydi. Lekin tug'ishdan oldin qinni barcha infeksiyalardan holi qilish shart. Chunki bola onaning jinsiy organlaridan o'tayotganda, u yerdagi mavjud infeksiyalarni o'ziga yuqtirib olishi mumkin.

Davolash usulini shifokorning o'zi homilador ayolning organizmiga va kasallik darajasiga qarab belgilaydi. Uy sharoitida, reklama qilinadigan dorilar bilan o'z holicha davolanish mumkin emas.

Agar kandidoz homiladolikning boshida namoyon bo'lsa (dori ichish mumkin bo'lmagan davr) u holda kasallik simptomlarini yengillashtirish uchun oddiy brilliant yashili (zelyonka)dan foydalanish mumkin. Buning uchun toza dokadan tampon qilib, brilliant yashiliga botirib, qin devorlarini va tashqi jinsiy organlarni artib chiqish lozim.
Undan tashqari, iloji boricha shirin, achchiq va xamirli yeguliklarni kamaytirib, ko'proq qatiq va qatiqdan tayyorlangan yeguliklardan iste'mol qilganingiz ma'qul bo'ladi. Homilador ayollar uchun immunitetni oshiruvchi maxsus polivitaminlarni ham shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilishingiz foydadan holi bo'lmaydi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • meni qizim xam Behruzbekday soz bowida kelsa q ni t deydi. tani talam deb
    • ☆ZIZI☆
    • Zohida97's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu aleykum mehribon opajonlarim yaxshi dam oldizmi kun sizlarga quvonchli utsin
    • Zohida97
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...