Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

jinsiy infeksiyalar

Afsuski, bir maqolada barcha jinsiy infeksiyalar haqida ma'lumot berib bo'lmaydi. Shuning uchun ularning asosiylari va ko'p uchraydiganlari haqida gaplashamiz.
Jinsiy infeksiyalarning asosiylari:

 

Xlamidioz

Xlamidioz infeksion kasallik bo'lib, jinsiy aloqa orqali yuqadi.

Xlamidioz alomatlari
Erkaklarda kasallik uretradan (siydik chiqish nayi) rangsiz oz miqdordagi suyuqlik ajralishi, siyish davomida va jinsiy aloqa jarayonida og'riqda namoyon bo'lishi mumkin.

Ayollarda kasallik qindan oq, sariq yoki rangsiz ajralishlar chiqishi, jinsiy aloqa jarayonida va siyish davomida og'riq, qorin tagi va beldagi og'riqlarda namoyon bo'lishi mumkin.
Muhimi shundaki, yuqoridagi alomatlar boshqa kasalliklar alomati ham bo'ladi yoki ko'pincha xlamidioz umuman hech qanday alomatsiz kechadi. Natijada, ayolda kasallik bepushtlikni, erkaklarda esa tuxumdon kasalligi - epididimitni asorat sifatida vujudga keltirishi mumkin.

Homilador ayolda yoki uni erida xlamidiya aniqlansa, ular ikkalovi davolanishi shart. Odatda xlamidiya infeksiyasi har xil sheriklar bilan betartib jinsiy aloqalada bo'lish natijasida yuzaga keladi.


Davolanishi
Bemorlarga 21 kunlik sikl bilan antibiotik ichish tayinlanadi. Agar kasallik homiladorlik payti aniqlansa, u holda davolanish davri 14 kun bo'lib, homiladorlikning 20-haftasidan so'ng tayinlanadi.

Xlamidiya infeksiyasi homila tushish xavfini oshiradi. Homilaga infeksiya yuqsa, chaqaloqda xlamidiya pnevmoniyasi yoki ko'z kasalliklari rivojlanishi mumkin.

Mikoplazmoz, ureaplazmoz
Mikoplazma va ureoplazma odam organizmida mavjud bo'lgan mayda bakteriyalardir. Ular barcha organizmda oz miqdorda bo'lib ziyon keltirmaydi. Lekin ularning miqdori ko'paysa, jinsiy kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bunga esa immunitet pasayishi sabab bo'ladi. Mikoplazmoz va ureaplazmoz jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga o'tadi.

Alomatlari
Ayollarda bachadon va bachadon bo'yni kasalliklari, sistit, pielonefrit, buyrakda toshlar bo'lsa, mikoplazmoz va ureaplazmozga shubha paydo bo'lishi mumkin. Erkaklarda uretrit, pielonefrit va buyrakdagi toshlar bu kasallikka shubha uyg'otadi.

Davolash
Ayolda bu infeksiyalar jinsiy a'zolari kasalliklarida namoyon bo'lsa, uni davolash kerak. Lekin infeksiya aniqlanib, ayol o'zini yaxshi his qilib, jinsiy kasalliklar bo'lmasa, davolanish shart emas. Homiladorlikni rejalashtirilayotgan ayolda infeksiya aniqlansa, u holda alomat bor-yo'qligiga qaramay 10 kunlik sikl bilan antibiotik tayinlanadi.
Agar infeksiya homiladorlik payti aniqlansa, u holda 10 kunlik antibiotikli davolanish homiladorlikning 20-haftasidan so'ng belgilanadi.
Qo'shimcha ravishda homiladorlikning 10-12 haftasidan immunitet oshiruvchi dori-vositalari tayinlanishi mumkin.

Jinsiy (genital) Gerpes

Jinsiy infeksiyalar orasida homilaga eng zararli jisniy infeksiya gerpes virusi hisoblanadi. Genital gerpes jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga yuqadi. Ba'zida odam organizmida gerpes virusi alomatsiz kechib, immunitet pasayganda namoyon bo'lishi mumkin.

Alomatlari
Jinsiy a'zolarda og'riq, qizish va shishlarning paydo bo'lishi. Bosh og'riq, tana haroratining ko'tarilishi. Kasallik avjida olganda jinsiy a'zolarda yaralar vujudga keladi.

Davolash
Gerpesda virusga qarshi vositalar tayinlanadi. Lekin bu preparatlarni homiladorlik davrida qabul qilish mumkin bo'lmagani uchun homilador ayolga immunitetni oshiruvchi vositalargina tayinlanadi.
Gerpes homila tushishiga va homilani jiddiy zararlanishiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga gerpes yuqsa, unda ko'rlik yoki pnevmoniya rivojlanadi, ba'zida bola nobud bo'lishi mumkin.
Shuning uchun tug'ish davri yaqinlashgan payt onada gerpes virusi alomatlari avj olgan bo'lsa, bolaga yuqish xavfi katta bo'lgani uchun bolani tabiiy yo'l bilan emas, balki kesarev kesilish orqali dunyoga keltirish tavsiya etiladi.

Sitomegalovirus

Bu virus jinsiy aloqa orqali va onadan homilaga yuqadi. Ba'zida qon va o'pish orqali ham yuqishi mumkin.

Alomatlari
Immuniteti yaxshi odamlarda kasallik alomatsiz kechadi. Immuniteti jiddiy zaiflashgan bo'lsa (saraton kasalligiga qarshi kimyoviy davolangan, OITS bemorlari), sitomegalovirus og'ir (ko'z, bosh miya, hazm qilish tizimi va o'pka) kasalliklar rivojlantirishi mumkin.

Davolash
Virus aniqlansa immun preparatlari tayinlanadi.
Homiladorlik davrida sitomegalovirus homila tushishiga, homilaga virus yuqishiga, homilada kasalliklar (quloq eshitmaslik, aqliy rivojlanishdan orqada qolishi va boshqalar) rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Buni hamma bilishi kerak!

  • Homiladorlik rejalashtirishdan oldin barcha jinsiy infeksiyalarga analiz topshirish lozim.
  • Analizlarni katta va yaxshi tanilgan laborotoriyalarda amalga oshirish kerak. Odatda katta ilmiy tekshiruv institutlarda analizlar natijasi aniq va haqiqiy bo'ladi.
  • Agar analiz natijasi infeksiyani borligini ko'rsatib, ayolda hech qanday alomatlar bo'lmasa, u holda analizni takroran topshirish tavsiya etiladi. Jinsiy infeksiya analizlari natijasi xato chiqishi ehtimoli mavjud.
  • Agar shifokor virusga qarshi antibiotik tayinlayotgan bo'lsa, shifokorni almashtirgan ma'qul. Antibiotik bakteriyalarni davolaydi, virusni emas. Undan tashqari antibiotik immunitet pasayib virusli kasallik avj olishiga turtki bo'lishi mumkin.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...