Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

utd

Hozirgi kunda homilador ayolning ultratovushli diagnostika (UTD) qilinishi oddiy hol bo'lib qolgan. O'zbekistonda normal homiladorlik jarayonida bunday tashhis usuli homiladorlik davrida 3 marta (10-12 haftada, 20-24 haftada va 32 haftada) amalga oshirilsa, chet elda homilador ayolning deyarli har bir ginekologga qatnashi UTD (UZD, UZI) bilan tekshirilishini talab etadi. Buning zarari yo'qmikan degan savol barchani qiziqtirsa kerak.

1. Hamma homiladorlar ham UTD qilishi shartmi?

Ha, ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, homiladorlik davrida kamida 3 marta homilador ayolni UTD qilish kerak.

2. Homiladorlik davrida UTD necha marta va qachon amalga oshirilishi lozim?

Bolaning bachadonda rivojlanishi bir necha dinamik bosqichlardan iborat. Shuning uchun ultratovushli diagnostikani, bachadon, yo'ldosh, bolaning anatomiyasi va holati haqida maksimal ma'lumot olish imkoniyati mavjud bo'lgan muddatlarda amalga oshirish lozim. Bu muddatlar homiladorlikning 12-14 haftasiga, 22-24 haftasiga va 30-34 haftasiga to'g'ri keladi.

3. Har bir diagnostika jarayonida shifokor qanday masalalarni o'z oldiga qo'yadi?

- 12-14 haftadagi UTD homiladorlik muddatini aniq ko'rsatadi, bachadonda nechta homila borligini aniqlaydi, bola hayoti uchun xavfli bo'lgan rivojlanish nuqsonlarni ko'ra biladi, bolada ayrim og'ir tug'ma kasalliklar mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma'lumot beradi.

- 22-24 haftada amalga oshiriladigan UTD eng asosiy hisoblanadi. Bunda boladagi tug'ma nuqsonlar va tug'ma og'ir kasalliklar aniqlanishi imkoniyati bor. Vaqtida aniqlangan kasallikni tuzatish yengilroq bo'lgani uchun prenatal diagnostika qilinadi.

- 32-34 haftada amalga oshiriladigan diagnostika maqsadi - kech namoyon bo'ladigan tug'ma nuqsonlarni aniqlash, homilaning funksional holatiga baho berish, bola rivojlanish ko'rsatkichlarini ko'rish. Agar ko'rsatkichlar normadan ancha qolib ketayotgan bo'lsa, u holda qo'shimcha diagnostika usullaridan (doplerografiya, kardiografiya) foydalaniladi.

3. Homiladorlik muddati qanday aniqlanadi?

Homiladorlik muddati oxirgi hayz kelgan davrining birinchi kunidan hisoblanadi. Chunki aynan o'sha davrdan boshlab tuxumdon rivojlanishni boshlanadi. Odatda, homiladorlik 40 hafta davom etadi (normada 38-40 hafta) va tug'ish kuni oxirgi hayz ko'rishning birinchi kuniga 40 hafta qo'shilib hisoblanadi.

4. UTD davomiyligi qancha?

UTD davomiyligi bir necha faktorlarga bog'liq bo'lib, bir necha daqiqadan bir soatgacha cho'zilishi mumkin. Odatda, shifokor homilaga zarari bo'lmasin deb, UTDni tezroq amalga oshirishga harakat qiladi. Lekin bu asossiz, chunki hozirgi kunga qadar UTDning homilaga zarari haqida aniq ma'lumot mavjud emas. Ko'pichna ayolning teri yog' bo'limining qalinligi tufayli, homilaning noqulay (ko'rinmay) yotgani tufayli, yoki UTD apparati sifati pastligi tufayli cho'zilib ketishi mumkin.

5. Homila FETOMETRIYASI (homila o'lchamlari) nima degani?

Agar UTD natijasida homilaning tana qismlari homiladorlikning har xil muddatlariga to'g'ri kelganini ko'rsangiz, hayron bo'lmang. Axir har bir inson har xil ko'rinishga ega. Kimning oyoqlari uzun, kimning esa boshi kattaroq va hokazo. Shu kabi farqning mumkin bo'lgan darajasi mavjud. Uni shifokor aniq aytib beradi.

6. Homila bachadonda to'g'ri joylashganmi?

Homila bachadonda o'ziga qulay bo'lgan holatda joylashadi. Odatda, normal tug'ish jarayonida homila boshi bilan pastga qarab joylashishi lozim. Lekin 32 haftagacha bolaning boshqacha joylashgani sizni qo'rqitishi kerak emas, odatda, homiladorlikning oxirgi oylariga kelib bola to'g'ri (boshi bilan pastga qaragan holda) joylashib oladi.

7. UTD (UZD) ning zarari yo'qmi?

Yo'q. sizga ham, homilaga ham UTDni necha marta qilinishidan qat'iy nazar zarari yo'q.

AQSH va Evropa mamlakatlarida homilador ayol har bir ko'rikka borganida UTD o'tadi.

8. Nega unda ko'pchilik uni zarar deb ta'kidlaydi?

Nazariy jihatdan ultratovushlarni homilaga zarari bo'lishi mumkin degan ma'lumotlar bor. Lekin amalda bu zarar hali biron marta ham namoyon bo'lmadi. Eng asosiysi UTDni maxsus mutaxassis amalga oshirishi lozim.

9. UTD orqali bo'lajak farzand jinsini aniqlash mumkinmi?

Odatda 14-15 haftalik homilani jinsini aniqlash mumkin, lekin eng haqiqiy ma'lumotni 20-22 haftada olish mumkin.

UTDning bu usuli orqali homilani 3 tekislikdagi ko'rinishini skaner qilinishi tushuniladi. Bunda uning yuzi, ko'rinishi va organlari hajmli va aniqroq bo'lib ko'rinadi.

11. 4D UTD nima degani?

3D UTD ga o'xshash usul bo'lib, real vaqtdagi diagnostika usuli hisoblanadi. Ya'ni diagnostika payti homilaning qimirlashi, yuz mimikasi, harakatlarini real vaqtda kuzatiladi.

12. Vaqtida amalga oshirilgan UTD sog'lom bola tug'ilishiga kafolat beradimi?

Afsuski yo'q. Ayrim kasalliklarni UTD ham aniqlay ololmaydi. Lekin hozirgi kunda UTD usuli bo'lmagan davrga nisbatan, ayrim kasalliklarni oldini olish imkoniyati oshgan.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • diatezdan nolib yuribmiz)))) dimedrol tasirida uhlayaptilar. chillamiz ko'z tegmasin juda yaxshi chiqdi Alhamdulillah. hammaga shunaqa yengillik tilayman)))) ln bolez uhlasa ham siz uhlamesda))) beshikni tebratsez uhledilar bazida shunaqa erkalik qiladilar( asosan shunday)
    • Lily
    • Lily's Avatar
    • MEN TAVSIYA QILAMAN
    • shuni ayting yengili yoqimlida. spreyni avonni anorlisini ishlatamam
    • Lily
    • Farida1992's Avatar
    • Bolajonlarimizning tug'ilgan kunlari
    • Maxliyo e'tiboriz uchun tashakkur judayam xursand boldim. Raxmat qizlarjonlar.Tilaklariz ozizlarga ham hamrox bolsin.Farzandlariz baxtu kamolini korizlar.
    • Farida1992

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring