Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

homiladorlik davri

Homiladorlik davrida ayol shifokor nazoratida bo'lishi, o'z vaqtida analiz topshirishi shart. Turli mamlakatlarda homiladorlik davrida shifokor qabulida bo'lish muddatlari ko'p ham farq qilmaydi. Undan tashqari homilador ayolning yoki homilaning holatiga qarab shu muddatlar o'zgarishi mumkin.

Homiladorlik davrida shifokor qabulida bo'lish:

  • Homiladorlikning 20-haftasigacha - 1-2 oyda 1 marta
  • Homiladorlikning 20-30-haftasigacha - 1 oyda 1 marta
  • Homiladorlikning 30-36-haftasigacha - 1 oyda 2 marta
  • Homiladorlikning 36-42-haftasigacha - 1 haftada 1 marta

Analizlar:
1. Homiladorlik haqida bilganda, birinchi shifokor qabulida

  • Qon tarkibining umumiy analizi
  • Qon guruhi va rezusini aniqlovchi analiz
  • Siydikning umumiy analizi
  • SPID va SIFILIS analizlari
  • Rubella analizi
  • Ultra tovushli diagnostika (UZD) - homila necha haftalik ekanligini aniqlash uchun
  • 2. Rejadagi shifokorqabulida
  • Homila necha haftalik ekanligini va o'lchamlarini aniqlash
  • Ehtiyoj bo'lsa, qon va siydikni tekshirish

3. Maxsus tekshiruvlar

Homiladorlikning 15-18-haftalar oralig'ida

  • Triple TEST yoki Quadro TEST analizlari (tug'ma nuqsonlarni diagnostika qilish)
  • Batafsil UTD yoki SKRINING (tug'ma nuqsonlarni diagnostika qilish)

Har xil mamlakatda tekshiruv muddati va turi farqlanishi mumkin.

Homiladorlikning 16-20-haftalar oralig'ida

  • Homila oldi suvi diagnostikasi (ayrim kasalliklarni vaqtida aniqlash maqsadida talab etiladi)

Homiladorlikning 20-24-haftalar oralig'ida

  • Batafsil UTD (homila jinsini aniqlash va tug'ma nuqsonlarni diagnostika qilish)
  • DIABETga analiz

Homiladorlikning 32-haftasidan so'ng

  • Batafsil UTD
  • NST diagnostika (homila yurak urishi va tug'ruq diagnostikasi)
  • Qon tarkibining umumiy analizi
  • Siydikning umumiy analizi
  • Homilador ayolning EKG (yurak holati) diagnostikasi

Yuqoridagi analiz va diagnostika homiladorlik normal kechayotganda amalga oshiriladi. Homila yoki homilador ayolning holatiga qarab qo'shimcha analiz yoki diagnostika talab etilishi mumkin.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Bolajonlarimizga berayotgan dori vositalarimiz
    • Muslima Levakarantin tarkibli dori haqida an4a oldin yozgan ekansiz wu dorini i4irganmidiz aynan nima sababdan? Bizgayam 2 oylikda privivka oliwdan oldin nevropatolog ko'rikidan o'tganimizda bola sog'lom degan lekin wu bn intellan degan dori i4iriwni tavsiya qilgan wowib instruksiyasini ko'rmasdan olganmiz keyin o'qib juda ku4li dorilar bo'lgani un i4irmaganman hozir ham turibdi wu dorilar
    • mavluda1492
    • uzbaby's Avatar
    • TELEGRAM kanaliga obuna bo'ling!
    • Qizlarjon bizning saytimizda Uzbaby.uz telegram kanali ishga tushdi. Sayt rivoji uchun hissangiz qo'shmoqchi bo'lsangiz, ushbu kanalga ssilkani ( telegram.me/uzbaby ) do'stlaringizga, siz bilgan guruxlarga TELEGRAM orqali tarqatib yuboring. Kanalimizga qancha ko'p odam obuna bo'lsa, biz shunchalik rivojlanamiz, shunchalik ko'payishamiz! Rahmat.
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...