Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
ijodkorlik

Kreativlik - hozirgi kunda ko'p eshitiladigan so'z. Bolada kreativlik bo'lishi muhim ekan. Kreativlik esa ijodkorlikdir. 

Hozirgi kunda aqlli bo'lish yetarli emas, kreativ bo'lish kerak. Biron talabni bekamiko'st bajarish ko'pchilik qo'lidan keladi, lekin talabni o'ylab topish, yanglik kiritish, ishga ijod bilan yondashish, yangi yo'llarni izlash, yangi ko'rinish topish, yangi usul qo'llash hammaga ham xos qobiliyat emas. 

Quyidagi test farzandingizda kreativlik (ijodkorlik) qobiliyati qanchalik rivojlanganligini ko'rsatib beradi. 

Ushbu testni 7-13 yoshdagi bolalarda o'tkazsa bo'ladi. Agar natija sizni xursand qila olmasa, hafa bo'lishga o'rin yo'q. Bola rivojlanishda davom etmoqda va unda ijodkorlik qobiliyatni uyg'otish ota-onaning qo'lida. Bolani ijodiyotga qiziqtirish yo'llari haqida mana  bu yerda bilib olish mumkin. 

21 asr bolalari kreativ-ijodkor bo'lishi shart.

Quyida keltirilgan savollarga "ha" yoki "yo'q" javobini berasiz. Har bir ijobiy javob uchun "1" ball qo'shiladi, salbiy javob uchun "0" ball qo'shilib boriladi.

1. Biron buyumga bola noana'naviy foydalanish usulini qo'llaydimi?

2. Bola o'sgan sayin qiziqishlarini o'zgartirib turadimi?

3. Abstrakt rasmlarni chizishni yaxshi ko'radimi?

4. Tassavuridagi buyumlarni chizadimi?

5. Fantastik hikoyalarni yaxshi ko'radimi?

6. O'zi ertak yoki she'r to'qib chiqaradimi?

7. Qog'ozdan hilma xil figuralarni kesishni yaxshi ko'radimi?

8. O'zi duch kelmagan yoki ko'rmagan buyumni bilmasdan yasab qo'yganmi?

9. Biron narsani yoki ko'rinishni o'z istagiga binoan o'zgatirib qo'yishni istaydimi?

10. Qorong'ulikdan qo'rqadimi?

11. Yangi so'zni o'zi o'ylab topganmi?

12. O'ylab topgan so'zini tushunarlik deb bilarmidi?

13. Uy jihozlarini o'z istagiga muvofiq o'zgartirganmi yoki o'zgartirishni istaganmi?

14. O'zgartirgan bo'lsa, yaxshi chiqqanmi?

15. Buyumdan boshqa yo'lda foydalanishni tajriba qilganmi?

16. Kichikligidan turli xil buyumlarni qay maqsadda ishlatilishini topa olarmidi?

17. Kiyim tanlaydimi?

18. O'z ichki dunyosiga egami?

19. O'zi hali tushunmaydigan holatlarga izoh izlaydimi?

20. Atrofidagi hodisalarni tushuntirib turadimi?

21. Suratsiz kitoblarni o'qishni yaxshi ko'radimi?

22. O'yinlarni o'zi o'ylab topadimi?

23. Ko'rgan tushlarini yoki boshidan kechirganlarini aytib bera oladimi? 

Javoblar uchun qo'yilgan ballarni qo'shib chiqing.

Test natijasi:

20 balldan 23 ballgacha: Bola zehni juda o'tkir. U atrof muhitga va hodisalarga katta qiziqish bilan qaraydi. Unga hamma narsa qiziq. U haqiqiy ijodkor. Unga qobiliyatini rivojlantirishda yordam berish kerak. Qiziquvchanlik va bilimchanqoqlik ehtiyojlarini to'ydirib turish muhim. Kelajakda u ijodkor, dizayner, kreativ direktor, har bir ishiga ijod bilan yondasha oladigan inson bo'lib yetishA oladi.

15 balldan 19 ballgacha: Bola biron narsaga qiziqib turganida ijodkorligi namoyon bo'ladi. Bunda boshqa narsalarga beahamiyat bo'ladi. Aynan shu qiziqishini rivojlanishida yordam bering. Qiziqishi so'nmasligi uchun muhit yaratib turish kerak.

9 balldan 14 ballgacha: Aqli ko'p narsaga yetishi mumkin. Ko'p narsani tez tushunib oladi. Lekin ijodkorlik qobiliyati rivojlanmagan. Uni ijodiyotga qiziqtirish kerak. 

8 ballgacha: Bolaga kreativlik yetishmaydi. U ijod qila olmaydi, yaratuvchanlik, o'z fikrga egalik unga xos emas. Lekin u yaxshi mutaxassis bo'lishi mumkin. Barcha talablarni a'lo darajada bajara olishi qiyin bo'lmaydi.  

Manba: funeducation.com

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkursda ishtirok etish)
    • Qarboboga maktub konkursiga oid hatlar mazmunini yoki suratlarini shu yerga joylashtirasiz, Konkurs shartlari: www.uzbaby.uz/forum/konkurslar/1161-qorboboga-maktub
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari - 4
    • Demak, ushbu konkursimiz sovg'alari: 1-o'rin Chaqaloq uchun o'yinchoqlar, xalta, ko'krak suti uchun tagliklar. 2-o'rin Chaqaloq kiyimlari uchun xalta, ko'zgu, ko'krak suti uchun tagliklar. 3-o'rin Chaqaloq kiyimlari uchun xalta, ko'krak suti uchun tagliklar.
    • uzbaby
    • uzbaby's Avatar
    • FOTOKONKURS (forumchilar uchun)
    • Bundan oldin (6 sentyabrda) qo'ygan izohimni hato deb qabul qilasizlar. Uni o'chirib yubordim. Adashib joylashdi. 2017 yil Fotokonkurs g'olibi sovg'asi yuqoridagi izohdagi ajoyib Yangi yil idish nabori.
    • uzbaby
    • Munirabonu's Avatar
    • Sentyabr2017
    • Man rasm zagruziit qilsam rasm chiqmiyapti faqat ssilka chiqyapti
    • Munirabonu

Davomi »

loading...