Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
baland bo'lish

Bolaning bo'yi qancha bo'lishi birinchi navbatda irsiyatda bog'liq, lekin ba'zi tabiiy yo'llar bilan bolaning bo'yini balandroq bo'lishiga erishish mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya mutaxassislarining ma'lumoti.

Bolaning bo'yi o'sishiga uch omil bilan ta'sir qilsa bo'ladi:

1-omil - Ovqatlanish.

Oqsilga boy mahsulotlar (qizil go'sht, tuxum va boshqalar), yashil rangdagi sabzavotlar va kalsiy moddasiga boy mahsulotlar(sut va sut mahsulotlari, qatiq va qatiq mahsulotlari, pishloq va hokazo) bolaning bo'yi o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolaning kundalik ratsionida ushbu mahsulotlar bo'lishi shart.

2-omil - Uxlash.

Albatta har bir bola uxlaydi, lekin bo'y o'sishi uchun shunchaki uxlash emas, balki chuqur uyquda bo'lish kerak. Uyqu 4 fazadan iborat bo'lib, tun mobaynida bu fazalar o'rin almashadi. Ushbu fazalardan biri chuqur uyqu fazasi bo'lib, shu davrda bo'y o'sishi uchun javob beradigan bez faoliyati tezlashib bo'yni o'stiradigan gormon yaxshi ishlab chiqariladi. Natijada bolaning bo'yi o'sadi. Shuning uchun bolaga chuqur uyquda bo'lish uchun sharoit yaratib berish kerak. Kun mobaynida jismoniy aktivlik bunga as qotadi. Kompyuter o'yinlarini o'ynash, televizor ko'rish kabi mashg'ulotlar chuqur uyquda bo'lishga to'sqinlik qiladi.

3-omil - Jismoniy mashg'ulotlar.

Har bir jismoniy mashg'ulot ham bo'yni o'sishiga ta'sir qilmaydi. Lekin jismoniy mashg'ulotlar yeyilayotgan kalsiy moddasini bola organizmiga singishiga yordam berishi haqida unutmaslik kerak. Bo'y o'stirish uchun eng kerakli mashg'ulotlar - bu prigalkada sakrash, batutda sakrash va basketbol o'yinidir. Haftada kamida 5 kun, kamida 30 daqiqa davomida ushbu mashg'ulotlarni bajarish baland bo'yga ega bo'lishga yordam beradi.

 

 

 

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017

Davomi »

loading...