Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

Toshkent shahri "Lider STOM Plus" xususiy klinikasi stomatologi Azimova Nilufar Uzbaby.uz saytiga bolaning tishi, uning rivojlanishi va salomatligi haqida o'z maslahatlarini beradilar.

 

1. Ikki yoshli bolada nechta tish bo’lishi kerak?

16-20 dona bo'lishi norma hisoblanadi.

2. Sut tishlari normada qachon tushib yangisi chiqadi?

Oldingi pastki va oldingi yuqori I-II tishlar - 6-7.5 yoshda;

Pastki va yuqori III-IX-XV tishlar 8-12 yoshda .

3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tishi qorayib karies bo’lishiga asosiy sabab nima?

  • Shirinlik ko'p iste'mol qilish;
  • Noto'g'ri tish gigiyenasi;
  • Sifatsiz suv;
  • Irsiyat.

4. Necha yoshdan boshlab, necha mahal bola tishini yuvishi kerak?

Bola 4 yoshidan boshlab mustaqil ravishda kuniga 2 mahal tishini yuvishi kerak.

5. Bola uchun tish pastasi va tish chyotkasi qanday bo’lishi kerak?

Tish chyotkasi yumshoq, razmeri kattalarnikiga nisbatan kichik bo'lib, tish pastasi maxsus bolalar uchun mo'ljallangani bo'lishi kerak.

6. Kattalar kuniga necha mahal tishlarini yuvishi kerak?

Kamida 2 mahal.

7. Tish chyotkasini qanchada almashtirish kerak?

Kattalar ham, bolalar ham har 3 oyda tish chyotkani almashtirishlari lozim. Eskirgan tish chyotkasi tishni kerakligicha tozalay olmaydi.

8. Tish holatining buzilishiga qaysi vitamin yoki mineral yetishmovchiligi sabab bo’ladi?

Asosan kalsiy, ftor va fosfor yetishmovchiligi sabab bo'ladi.

9. Raxit kasalligi tishning buzilishiga sabab bola oladimi?

Ha, chunki raxit kasaligida organizmga minerallar yetishmaydi.

10. Homilador ayolda nega tishi buziladi?

Ona organizmidagi mineral va vitaminlar asosan bolaning oziqlanishi uchun sarflanib, onada tanqislik yuzaga kelishi mumkin.

11. Homiladorlik payti tishni davolash mumkinmi?

Ha, mumkin. Lekin og'riqsizlantirish qo'llanilsa, adrelin moddasini qo'shish man etiladi.

12. Homiladorlikda tish muammosi yuz bermasligi uchun profilaktika yo'llari qanday?

Vitaminga boy mahsulotlardan ko'proq ist'emol qilish va ginekolog tavsiyasiga ko'ra homiladorlar uchun maxsus vitamin qabul qilish. 

13. Bolaning tishini oddiy stomatologda davolatsa bo’ladimi yoki bolalar stomatologiga borish kerakmmi?

Farqi yo'q, bolaning tishini to'g'ri davolash stomatolog-shifokorning malaka va tajribasiga bog'liq. 

14. Saqichning tishga zarari bormi?

Agar saqichning tarkibida shakar bo'lsa, u juda zararlidir.

15. Maktabgacha yoshdagi bolani tishini qanchada stomatolog tekshiruvidan o'tkazish darkor?

Har 6 oyda.

16. Sut tishlarini davolash shartmi yoki buzilib tushib ketgani yaxshiroqmi?

Bu masala tishning holati, bolaning yoshi, bezota qilish darajasiga qarab hal qilinadi.

17. Kattalar qanchada tishlarini tekshiritirb turishlari kerak?

Tishdagi kariyes boshlanishining ilk davrini vaqtida bilib bartaraf etish uchun har 6 oyda stomatolog tekshiruvida bo'lish tavsiya etiladi.

18. Milklar qonashi nimadan dalolat beradi?

  • Milk kasalliklari mavjud;
  • Ichki a'zo kasalliklari mavjud (qandli diabet, gormonal kasalliklar, gipertoniya);
  • Og'iz shilliq qavatining boshqa kasalliklari mavjud.

19. Milklarning qonashini davolash shartmi yoki o’zi o’tib ketadimi?

Milk kasalliklarini albatta davolash kerak, chunki ular holatining yomonlashi tishlarning tushib ketishiga olib keladi.

20. Implantant nima degani?

Implantant o'rnatish deganda, jag' suyagiga qoziq o'rnatilib, bu yuza butunlay bitgandan so'ng ustidan qoplama tish o'rnatishga aytiladi. Implantant o'rnatish jarrohlik muolaja hisoblanadi.

 

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Самира's Avatar
    • Bolani bog'chaga berish
    • Лена болани пампердан чиқаришга харак қилинг боғчага бергунизча. Бола болани куриб қилганини қилиб горшокка урганиб хам олади. 2-3та иштонча обориб қуясиз боғча опаларига яхши муомила қилиб илтимос қилсайиз болайизни яхшироқ қарашади. Мени уғлим 2ёшу 2ойликдан бердик. Фақат бизники ясли 3соатлик. Анча гапиришни урганиб қолди гапирмай қуйганди. Агар иложи булса боғчайлар яқин булса болани 3-4соатга обориб ургатинг 1хафталардан кейин бола куникиб қолади.
    • Самира
    • Pazandaxon's Avatar
    • Parxez taomlar
    • [image] Masalliqlar 200 gr baliq 1 dona piyoz 1 dona balgariskiy 1 dona sabzi 2 dona kartoshka 2 dona chesnok donasi 1 osh qoshiq tomat 2 dona fasol 1 dona yalpiz bargi zanjabil tuz,murch ukrop Tayyorlash: Baliqni yirik kubik shaklida tog'raymiz. Tuz, murch sepib olib qo'yamiz. Qozonga suv solib qaynatamiz, Qaynab chiqqan suvga tog'ralgan piyoz, balgariskiy, sabzi, zanjabil solib 30 daqiqa qaynatamiz (gulkaram ham qo'shish mumkin). So'ng yirik kubik tog'ralgan kartoshka, baliq, fasol, tomat, tuz, murch solib yana 20 daqiqa qaynatamiz. Gazni o'chiramiz. Tayyor bo'lgan sho'rvaga mayda tog'ralgan chesnok va yalpiz solib qozon qopqog'ini 10 daqiqa yopib qo'yamiz. Ukrop sepib dasturxonga tortamiz.
    • Pazandaxon
    • Zaychik's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Aniq bilmadimu ancha oldin apami ovsinlariniyam o't pufagini olib tashlashgandi manam bezovta qilsa o't pufagini olib tashlarkanda deb qo'rqsam hozir tibbiyot rivojlangan toshni uziniyam olsa bo'ladi deyishdi
    • Zaychik

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring