Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Uyda onajonisi  shirin milliy taomlar tayyorlasa ham, ko'p bolajonlar ''fast food'' taomlarni sotib olib yeyishni yaxshi ko'rishadi. Ularga sendvich yeyish qiziqroq va yoqimliroq tuyulishini bilamiz. Keling, shu o'rinda chaqqon pazanda onajon ekaningizni farzandlarga ko'rsatib, o'zingiz tayyorlagan gamburger sendvichi bilan ularni bir xursand qiling. Maktabdan ochqab kelgan bolajonga tushlik syurprizi bo'lsin.

Birinchi galda gamburger bulochkasini  tayyorlab olishimiz kerak bo'ladi. Buning uchun bizga kerak bo'ladi:

sut 700 ml;

droja kukuni bir qoshiq;

saryog' yoki margarin 50 gr;

tuxum 1 dona;

shakar bir qoshiq;

tuz bir choy qoshiq;

un 1. 1/2 kosa.

 

Sutni isitib olib, avval droja solib aralashtiramiz

Saryog'ni eritib quyamiz va tuz bilan shakarni solamiz

Tuximni chaqib, idishga solib aralashtiramiz va ikki qismga bo'lib, ko'proq qismini aralashmaga solamiz. Ozroq qismini esa xamir yuzasiga surtish uchun olib qo'yamiz. Aralashmaga oz-ozdan un solib, yumshoq xamir qoramiz. 

Ustiga selofan yopib bir soatcha oshirishga qo'yamiz. 

Xamir oshgach, shariklar yasab olamiz listga pishiriq qo'g'ozi qo'yib, terib chiqamiz. Ajratib qo'ygan tuxumimizga ozroq kunjut donasidan qo'shib aralashtiramiz va xamir yuzasiga surtib chiqamiz. Oldindan qizdirilga duxovkaga qo'yib, 175 C da 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Bulochkalar tayyor. Endi ichki qismga kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz. Avvalo, mo'ljallagan sendvichimiz soniga qarab, odatdagidan yupqaroq, doira shaklida kotletlar pishirib olamiz.

Bulochkani ko'ndalangiga markazidan kesib, pastki qismiga birinchi kotlet, keyin esa to'rtburchak shaklidagi sir bo'lagi, pomidor va piyoz , bodring va lettus bargini qo'yamiz. Orasiga mayonez surtish ixtiyoringizga havola.

Ustki qismini yopamiz. Miniburgerimiz tayyor, yoqimli ishtaha.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • qanday insonlardan nafratlanasiz , yoqtirmaysiz? Hech kimdan nafratlanmayman Alloh insof bersin! Har bandaga Alloh insof bersin to'g'ri yo'lga boshlasin adashtirmasin!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1
    • Pazandaxon's Avatar
    • Baliqdan taomlar
    • Xa boladi,kraxmal shart emas. Muzlagan baliqni tikoni yo'q bolsa kotlet qilsayiz ham boladi. Shu mavzuni 1-betiga kirsayiz "Baliqli kotlet"bor.
    • Pazandaxon

Davomi »

loading...