Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ushbu salatni asosan bayram dasturxonlari uchun tayyorlar edim. O’g’lim bir yoshga to’lgandan so’ng unga kun ora bir mahal ovqat o’rnida tayyorlab beraman. Antiqa ko’rinishga ega ekanligi uchunmi ishtaha bilan yeb qo’yadi. Tayyorlanishi juda oson, ko’p masalliq ham, vaqt ham talab qilmaydi. Demak salatimizni tayyorlashga kirishamiz.
Kerakli masalliqlar:
5 dona katta pomidor
1 dona bodring
1 dona qaynatilgan tuxum
Ozgina ko’kat
50 gr sir
50 gr kolbasa
50 gr smetana
Agar salatni kattalar uchun tayyorlayotgan bo’lsangiz mayonez ishlatishingiz mumkin, men bolalar uchun tayyorlaganim uchun smetana soldim. Shuningdek smetana o’rniga qaymoq yoki yog’li kefir ham qo’shishingiz mumkin.

Avvalambor pomidorlarning tepa qismi kesib olib, ichini o’yib olamiz. Qolgan masalliqlarni esa mayda kubik shaklida to’rg’aymiz. Ko’katni esa imkon qadar maydalab to’rg’aymiz.

Barcha to’rg’algan masalliqlarimizni kattaroq idishga solamiz va Smetana qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.

Pomidorlarni ichiga tayyorlangan aralashmamizdan to’ldirib solamiz va qopqog’ini yopib, qopqoq ustini Smetana bilan nuqta nuqta qilib bezaymiz. Tayyor salatimizni bodring bilan bezatib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom dugonajonlar🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷 qalesizlar bolajonilar öynab kulib yurishiptimi?
    • ☆ZIZI☆
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

loading...