Print
Kategoriya: 7 yoshdan 12 yoshgacha
Ko'rildi: 787

Masalliqlar:

5 dona sosiska
1 dona tuxum
0,5 stakan sut
0,5 stakan joxori uni
0,5 stakan oddiy un
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq soda
1choy qoshiq razrixritel
1 choy qoshiq qizil bulg'or qalampir kukuni
0,5 choy qoshiq tuz
cho'pchalar

Barcha quruq masalliqlarni aralashtirib olamiz.


Sut va tuxumni qoshib bo'tqasimon xamir tayyorlaymiz.

Rasmdagidey xamir bo'lishiga e'tibor bering (agar suyuq bo'lib ketsa sosiskani ushlolmay qoladi, judayam quyuq bo'lsa ichi pishmay qoladi).


Sosiskalarni suvda bir yuvib olib qog'oz salfetkaga artamiz.

O'rtasidan 2ga bo'lib 10 ta sosiska qilib olamiz.

So'ng cho'pchalarni suqib, 1-unga 2-aralshmaga botiramiz (aralashmani krujka yoki chuqurroq idishga solsangiz qulay bo'ladi).


Tovaga 2 sm balandlikda yog' solib qizdirib olamiz.

Qizigan yog'ga sosiskalarni solib o'rtadan pastroq olovda xar bir tomonini 2 daqiqadan qizartirib pishiramiz.