Print
Kategoriya: 7 yoshdan 12 yoshgacha
Ko'rildi: 770

Bu choy Malayziyada juda keng tarqalgan ichimlik.
Tayyorlash oson va ta'mi juda ajoyib.

Masalliqlar:
2 osh oshiq quyultirilgan sut
2 dona qora choy paketchasi
1 stakan qaynoq suv

Tayyorlash:

Krujkaga 2ta paketchali qora choyni solib qaynagan suv quyasiz. 

Achchiq choy bo'lguncha 2-3 daqiqa turadi.
Choy paketchalarini olib tashlab quyultirilgan sut solasiz va qoshiq toza bo'lguncha yaxshilab aralashtirasiz.
Tayyor bo'lgan ichimlikni idishga quyib so'ng yana krujkaga qaytarib solasiz (Xuddi choy sovutgandek).
Idishlarni birini balandroq 2-sini pastroq ushlab jarayonni qayta - qayta takrorlaysiz. (10~12 marotaba).
Choy yuzida qalin ko'pik hosil bo'lgach jarayon to'xtatiladi.
Mazali choy tayyor!

Xohishga qarab qaynoqqina choy yoki muz bo'lakchalari solib yaxna ichimlik sifatida ichishingiz mumkin.