Print
Kategoriya: 7 yoshdan 12 yoshgacha
Ko'rildi: 820


Masalliqlar:

250 gr iliq sut
1 dona tuxum
4 osh qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
60 gr eritilgan margarin
1 osh qoshiq droja
400 gr un

Sutga drojani solib 10 daqiqaga olib qo'yamiz.
So'ng shakar,tuz,tuxum,margarin, un qo'shib yumshoq xamir qoramiz va oshishi uchun o'rab qo'yamiz.

Xamir 2 barobar oshgandan so'ng 2 ta zuvala yasab olamiz. Zuvalalarni 1sm qalinlikda yoyamiz.
2 xil-katta va kichik dumaloq shaklli buyumni olamiz (masalan, stakan va baklajka qopqog'i). Yoyilgan xamir yuziga bostirib shakllar kesib olamiz.

Tovaga yog' solib bulochkalarimizni 2 la tomonini qizartirib pishiramiz.

Yuziga nachinka surtib rang sepamiz.

Oq nachinka:
3 osh qoshiq qand upasi + 1 osh qoshiq suvni vilkada tez, yaxshilab aralashtiramiz.

Pushti nachinka:
Lavlagini 4dan 1ini qirg'ichdan chiqarib,ezib suvini olamiz va oq nachinkamizga qo'shamiz.

Shokoladli nachinka:
1 osh qoshiq shakar kukuni + 1 osh qoshiq kakao + 1 osh qoshiq sut.