Print
Kategoriya: 7 yoshdan 12 yoshgacha
Ko'rildi: 1050

Masalliqlar:
1 stakan qatiq
1 choy qoshiq chayn.soda
2 dona tuxum
1 piyola shakar
1 dona margarin
2 stakan un
1 osh qoshiq kakao
Tayyorlash:
Qatiqqa soda solib qo'yamiz.
Boshqa idishda tuxum va shakar ko'pirtirib,eritilgan margarin, un va qatiq solib bo'tqasimon xamir tayyorlaymiz.

Xamirni 2 ga bo'lib, yarmiga kakao solamiz.


Qolipni yog'lab 1 osh qoshiq oq xamir 1 osh qoshiq kakaoli xamirni ustma-ust solamiz.

180 gradusda 30 daqiqada pishirib olamiz.

Pishgach yuziga shokoladniy glazur surtib,kokosviy strujka sepamiz.
Shokoladli glazur:
0,5 stakan shakar
2 osh qoshiq kakao
3 osh qoshiq sut
2 osh qoshiq saryog'
Barcha masalliqlarni (saryog'dan tashqari) idishga solib yaxshilab aralashtiramiz.
Keyin suv bug'ida saryogni ham qo'shib 5-6 daqiqa aralashtirib turamiz.
Issiqligida tort yuziga quyamiz.
Zebra tort tayyor.Yoqimli ishtaha!