Print
Kategoriya: 7 yoshdan 12 yoshgacha
Ko'rildi: 864

Masalliqlar:
300 gr qiyma
1 dona qizil sabzi
1 dona piyoz
2 dona pomidor
2 dona sarimsoq donasi
1 osh qoshiq tomat
zanjabil
tuz
murch
500 gr spagetti xamiri (vermishel)
ko'k piyoz
yog'
Tayyorlash:

Qozonga 1,5 cho'mich yog' solib qizdirib olamiz.

Qiymani solib qovuramiz,piyoz, mayda kubik to'g'ralgan sabzi, pomidorni ketma-ketlikda solib qovuramiz.

Chesnok, zanjabil, murch, tuz va tomat qo'shib aralashtiramiz.

Qozon qopqog'ini yopib 10 daqiqa dimlab qo'yamiz.

Alohida idishda spagetti xamirini pishirib olamiz.

Pishgan spagetti xamirini idishga suzib, yuziga qayla soliamiz va ko'k piyoz sepib dasturxonga tortamiz.