Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

aldash yolg'on

Deyarli har bir ota-ona farzandi aldaganiga duch kelgan. Ba'zi ota-onalar bunga befarq bo'ladilar, ba'zilar bolani koyidilar, ba'zilar esa qattiq jazolaydilar. Nega bola aldaydi?

Maktabgacha yoshdagi bolalarda aldash uchun 3 asosiy sabab bo'ladi:

1. Kuchli tasavvur. Kichik bolalar tasavvur qilishni yaxshi ko'radilar. Shu sabab ba'zida ular haqiqatni tasavvur bilan adashtirib yuborishlari mumkin. Ota-ona qancha urinmasin, bu davrda bolaga haqiqat bilan tasavvurni alohida ekanligini tushuntira olishning iloji yo'q. "Shokoladni men yeganim yo'q, bu qo'shni dugonamning ishi" kabi yolg'onlarni shu qatorga kiritish mumkin.

2. Esdan chiqarish. Bu yoshda bolalar biron muhim narsani esidan chiqarishi normal holat. Devorda chizilgan rasmlar kimning ishi ekanligini so'raganizda, bola, "bilmadim", deb tursa, u haqiqatan ham esidan chiqarib qo'ygan bo'lishi mumkin.

3. Yaxshi ko'rinish. Bolada ota-onasi uni yaxshi bola bo'lsagina yaxshi ko'radi, degan fikr bo'lsa, u qilib qo'ygan xatosini ota-onasidan bekitishga harakat qiladi. Shunda eng oson yo'l, bu aldash bo'ladi.

Lekin maktab yoshidagi bolani aldashga yuqoridagi vaqtinchalik holatlar emas, balki boshqa sabablar undashi mumkin. Bunga atrof-muhitning ta'siri, uydagi muhit, ota-onasining tez-tez aldashi va boshqa psixologik holatlar sabab bo'lishi mumkin.

Bola tez-tez aldayotganini sezayotgan bo'lsangiz, uni jazolab vaziyatni murakkablashtirishingiz mumkin. Bola qo'rqqanidan battar aldashni boshlaydi yoki sizga bo'lgan ishonchini yo'qotadi.

Quyidagi yo'llar bolani psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatmay aldashdan cheklashga yordam beradi:

Haqiqatgo'ylikni rag'batlantirish. Aldaganiga ahamiyat beravermay, biron kichik bo'lsa ham haqiqatni aytganida, bolaga minnatdor bo'ling. Unga bu haqda aytgani uchun, "rahmat" deyishni unutmang.

Kesatmaslik. Bola biron ayb ish qilib ko'yganini bila turib, o'zingizni bilmaganga olib unga kesatmang. "Manimcha bugun kimdur yomon baho olib keldi", kabi gaplar bolaga uning ustidan mazah qilayotganingizdek tuyuladi va umuman haqiqatni aytishga undamaydi.

Boladan ko'p narsa kutmaslik. Bolaga yoshiga nisbatan ko'proq va qiyinroq shart va qoidalarni yuklab qo'yish to'g'ri emas. Jismonan sizning talablaringizni bajara olmagan bola, o'zini kamsita boshlaydi. Sizning oldingizda oqlanish uchun esa yolg'on gapirishni boshlaydi.

Ishonchni rivojlantirish. Ota-ona va bola orasidagi munosabatlarda eng muhimi - bu ishonchdir. Bola sizga ishonishi va siz unga ishonayotganingizga amin bo'lishi kerak. Buning uchun oilada yolg'ondan hamma voz kechishi kerak. Hatto kichik yolg'on ham, bolaning ko'zida ota-onasi yolg'onchiligini namoyon qiladi. Masalan, ukol olishdan oldin, bola "og'riydimi?", deb so'rasa, uni ayab "yo'q", deyishni o'rniga "ozgina og'rishi mumkin, lekin men sening yoningda bo'laman," deb aytish muhimroq. Baribir, bir necha soniyadan so'ng u biladi og'riganini, lekin siz aldaganingizni unutmaydi. Undan tashqari bolaga biron va'da berishdan oldin, u va'dani ustidan chiqa olishingizga amin bo'ling. Shunda bolada ham sizga nisbatan ma'suliyat kabi tuyg'u va ishonch rivojlana oladi.    

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Самира's Avatar
    • Bolani bog'chaga berish
    • Лена болани пампердан чиқаришга харак қилинг боғчага бергунизча. Бола болани куриб қилганини қилиб горшокка урганиб хам олади. 2-3та иштонча обориб қуясиз боғча опаларига яхши муомила қилиб илтимос қилсайиз болайизни яхшироқ қарашади. Мени уғлим 2ёшу 2ойликдан бердик. Фақат бизники ясли 3соатлик. Анча гапиришни урганиб қолди гапирмай қуйганди. Агар иложи булса боғчайлар яқин булса болани 3-4соатга обориб ургатинг 1хафталардан кейин бола куникиб қолади.
    • Самира
    • Pazandaxon's Avatar
    • Parxez taomlar
    • [image] Masalliqlar 200 gr baliq 1 dona piyoz 1 dona balgariskiy 1 dona sabzi 2 dona kartoshka 2 dona chesnok donasi 1 osh qoshiq tomat 2 dona fasol 1 dona yalpiz bargi zanjabil tuz,murch ukrop Tayyorlash: Baliqni yirik kubik shaklida tog'raymiz. Tuz, murch sepib olib qo'yamiz. Qozonga suv solib qaynatamiz, Qaynab chiqqan suvga tog'ralgan piyoz, balgariskiy, sabzi, zanjabil solib 30 daqiqa qaynatamiz (gulkaram ham qo'shish mumkin). So'ng yirik kubik tog'ralgan kartoshka, baliq, fasol, tomat, tuz, murch solib yana 20 daqiqa qaynatamiz. Gazni o'chiramiz. Tayyor bo'lgan sho'rvaga mayda tog'ralgan chesnok va yalpiz solib qozon qopqog'ini 10 daqiqa yopib qo'yamiz. Ukrop sepib dasturxonga tortamiz.
    • Pazandaxon
    • Zaychik's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Aniq bilmadimu ancha oldin apami ovsinlariniyam o't pufagini olib tashlashgandi manam bezovta qilsa o't pufagini olib tashlarkanda deb qo'rqsam hozir tibbiyot rivojlangan toshni uziniyam olsa bo'ladi deyishdi
    • Zaychik

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring