Oxirgi yillarda "kompyuterga qaramlik", degan ibora tez-tez uchramoqda. Xitoy, AQSH va Evropaning ba'zi mamlakatlarida bu qaramlikni kasallik deb, davolab kelmoqdalar. 2015 yilning yoz kunlari bunday qaramlik tufayli maktab o'quvchisi kompyuter o'yinini o'ynash chog'ida vafot etgani e'lon qilindi.

Afsus, ba'zi ota-onalar mobil aloqa vositalari bolaga qattiq zarar keltirishi haqida o'ylamaydilar. 

Quyidagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqib, xulosa chiqarasiz.

Bolaning tili chiqmaguniga qadar unga telefon, kompyuter vositalarini berish mutlaqo mumkin emas. Kichikligidan ekranga qarashni odat qilgan bolaning tili kech chiqadi, gapirishda qiynaladi va atrofdagilar bilan muloqot qila olmaydi. Unda logopedik muammolar yuzaga keladi. 

Bola asabiylashganda "ekran" bilan uni ovutmaslik muhim. Bunga u odatlanib, katta bo'lganida hayotda uchraydigan qiyinchiliklarga duch kelganida, o'z kuchi bilan ularga bardosh bermay, biron o'yinchoq(ichkilik, kompyuter o'yinlari, narkotik)dan malham izlaydi. Bola asabiylashib qiyinchilikni boshidan kechirayotgan payti unga onaning e'tibori talab etiladi, kompyuter yoki telefon ekrani emas. O'z vaqtini va sabrini qizg'ongan ona bolasiga telefon yoki kompyuter tutqazib qo'yadi. Shu yo'l bilan u bolaning hayotda kuchli bo'la olish, qiyinchiliklarni yengish qobiliyatiga qattiq zarba beradi.

Bolani hech qachon kompyuter o'yinlari rivojlantirmaydi. Gadjetlar yordamida bolani miyasini charxlamoqchi bo'lgan ota-onalar mutloq xato qiladilar. Bolani kichikligida muloqot, suhbat, qo'li bilan ushlash, his etish, eshitish, ko'rish kabi tuyg'ulari rivojlantiradi. Bola ekrandan ma'lumot olishni, o'yinlar orqali biron vazifa bajarishga o'rganib qolsa, u hayotga, jamiyatga moslashishi juda qiyin kechadi. Ekranda udddalay olgan vazifani hayotda umuman bajara olmaydi. Chunki u ekran bilan muloqot qilishga o'rganib qolgan. Undan tashqari Amerika pediatriya uyushmasining ta'kidlashicha, kompyuter o'yinlari va mobil gadjetlar orqali bolaning rivojlanish darajasi pasayadi.

Bolaning ekranga tikilib o'tirishi natijasida uning asablari buziladi. Bola o'zi sezmagan holda qattiq charchaydi, lekin ekrandan o'zini olib qocha olmaydi. Shunda unda asabiylik, zardalanish, g'ijinish va ba'zida agressiya ham rivojlanadi. 

Kompyuter o'yin va gadjetlarga bo'glanib qolgan bola hayotdagi mashg'ulot va o'yinlarda o'zini yaxshi namoyon eta olmaydi. Uning reaksiyasi faqat ekrandagi vazifalarga bog'lanib qolgan bo'lgani uchun, hayotiy holatlarni uddasidan chiqa olmaydi. Shu qatorda sport bilan ham shug'ulanayotganda qiynaladi.

Ba'zi tadqiqotlar yaqin yillarda bolalar va o'smirlar orasida keng tarqalayotgan semizlik sababini ham mobil va kompyuter vositalaridan ko'rishmoqda. Bola ko'chada chopib o'ynashga, ekranga soatlab termulib o'tirishni afzal ko'ra boshlaydi. Natijada uning modda almashinuvi tizimi ishdan chiqadi va jaddal tarzda semizlik rivojlana boshlaydi.

Bola haqiqiy go'zallik nima ekanligini sezmay qoladi. Ekranda ko'rayotgan suratlarga o'rganib qolgan bola tabiatni, qush va gullarni, umuman atrofni go'zalligini ko'rmay, sezmay  qoladi. Uning ko'zida ko'rinmas plyonka ekrandagi suratlarni namoyon etaveradi.

O'n yoshga to'lmagan bolada mobil telefonlarning ta'siri natijasida miyada bo'ladigan patologik buzilishlar kattalarnikiga nisbatan tezroq va kengroq yuzaga kelar ekan. Bu esa kelajakda jiddiy kasalliklarga sababchi bo'lishi mumkin.

   

Mobil vositalari orqali internetga ham qaram bo'lib qolish mumkin. Qisqa ma'lumot, tez almashuvchi suratlarga o'rgangan bola, kitob o'qiy olmaydi, undan tashqari uzoq muddat bir joyga diqqatini yig'a olmaydigan bo'lib qoladi. 

Amerika pediatriya uyushmasining ko'rsatishicha, bolaga chegaralangan holda kompyuter va mobil vositalardan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Lekin bunda bolaning yoshi alohida ahamiyat kasb etadi:

  • Bola 7 yoshga to'lguniga qadar mobil va kompyuter vositalaridan umuman foydalanmasligi kerak;
  • Bola 7 yoshidan 12 yoshiga qadar ekran(televizor, planshet, mobil telefon va hokazolar)dan ko'pi bilan 2 soatgacha foydalanishi lozim;
  • O'n ikki yoshdan so'ng mobil va kompyuter vositalaridan faqat o'qish, bilim olish yoki dars qilish vositasi sifatida kuniga maksimum 2-3 soat foydalansa zarar bo'lmaydi;

 

 

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Ovulyatsiya haqida savol va javoblar
    • Bazal harorat menda 37.2 dan boshlanib kotarildi 5 kundan beri olchayapman 37.2 dan 37.5ga kotarildi🤔 normami yo kuchli yaliglanishmi togrisi tushunme qoldim. Orgatilar 😓
    • Ummu Soliha
    • mavluda1492's Avatar
    • Iltimos, maslahat bering.
    • Raxmat Muslima! Sizdan bitta narsa so'ramoq4idim D calsin neo haqida ma'lumotga egamisiz? Doktor wu dorini yozgandi man retseptni yuqotib quydim internetdan ma'lumot chiqmayabdi bu qanday wakldagi calsiy ekanligini bilmayabman qizim suyuq dori i4maydi degandim tabletka ko'riniwidagim yoki bowqa bilolmayamban. Agar dori haqida bilmasangiz bolaga calsiy tabletkasini bersam buladimi
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • May2017
    • [image] [image] Bu esa Malayziya-O'zbekiston reysida samalyot oynasidan olgan suratim.
    • Pazandaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Har safar forumga kirib shu mavzuni ko'zdan kechirsam mavzu muallifi Zaychikka minnatdorchilligim cheksizdir. Mavzu ochilganiga 3 yildan oshibti, demak yonimizdagi chaqalog'imiz bu davrda 3 yoshga ham kiribti degani. Juda qiziqarli va hammaga menimcha yoqimli mavzu uchun Zaychik sizga kottakot rahmat. O'shanda bekorga ENG zo'r mavzu muallifi sizfatida konkursda g'olib bo'lmagan ekansiz. Zaychikka yordam berayotgan qizlarjonga ham rahmat, shu mavzu yo'q bo'lib ketmasligiga o'z xissangizni qo'shayotganingiz uchun. Ahir mezbon bo'lish ham oson emas. Hammamiz qo'limizda kcihik bolalarimiz bor....
    • uzbaby

Davomi »

loading...