Mashhur bolalar yozuvchisi Astred Lindgrenning fikricha, dunyodagi vahshiylik bolalar xonasida boshlanar ekan.

1979 yilda Astred Lingredning bir nutqidan so'ng Shvetsiya birinchi bo'lib bolalarni oilada urish mumkin emasligi haqida qonun chiqaradi. 

Astred Lingred o'z nutqida quyidagi hikoyani so'zlab beradi:

Bir ona hech qachon farzandini urmaslikka o'ziga va'da beradi. Lekin shunga qaramay, bir kuni o'g'lining bir nojo'ya harakati tufayli uni jazolamoqchi bo'ladi. U davrlarda bolani chiviq bilan urish keng tarqalgan jazo turi edi. Shunda ona o'z farzandiga borib ko'chadan bir nechta chiviq olib kelishini buyurgan. U chiviq bilan urib uni jazolashini bolasiga aytgan. Bola uzoq vaqtga yo'q bo'lib ketib, birozdan so'ng ko'zi yoshdan ishib ketib kelgan. Faqat qo'lida chiviq emas kattagina tosh bo'lgan. Onasi hayron bo'lib, toshga qarasa, bola unga yig'lab: "Chiviq topa olmadim, lekin meni jazolash uchun shu toshni topib keldim, uni menga otsangiz bo'ladi", degan.

Shunda ona ushbu holatga bolaning ko'zi bilan qaragan. "Onam menga og'riq keltirmoqchi bo'lsa, nima farqi bor, qanday yo'l bilan unga erishadi, chiviq bilan uradimi yoki menga tosh otadimi..." Shunda ona yig'lab yuboradi. Kim bolasiga tosh ota olarkan...unda chiviq bilan urishning undan nima farqi bor?

Hech qachon jismoniy jazo bolani to'g'ri yo'lga sola olmaydi. Chunki bola bu jazoga qanday qarashini biz ota-onalar bilmaymiz. Bola yomon ish qilib qo'ygani uchun uni jazolashyapti, esida qolishi uchun uni urishmoqdaligini tushunmaydi. U uni himoya qiladigan, sevadigan va u ishongan inson-ona unga og'riq keltirayotganini his eta oladi, xolos. 

Shuning uchun Astred Lingred vahshiylik aynan bolalar xonada boshlanadi deb ta'kidlagan. Chunki bola uchun eng qadrli inson - onasi unga og'riq keltirib, buni har xil gaplar bilan ta'gin oqlab turayotgan bo'lsa, u holda boshqalardan nima kutsa bo'ladi, boshqalarga nimani ravo ko'rsa bo'ladi?

Ahir dunyodagi vahshiyliklar ham doimo har xil oqlovlar bilan amalga oshirilmaydimi?

Qizimga har doim bir nimadan qo'rqsa, "Qo'rqmagin, men seni himoya qilaman", deyman. Bir kuni uni bir qilig'i deb urshib turayotganimda, "Siz aldoqchisiz, qanday qilib himoya qiladigan odam, shunday urshishi mumkin", deb aytgan.

Haqiqattan bolalar ba'zida bizdan ham aqlli bo'ladilar. Ular vaziyatga umuman boshqa nazar bilan qaray oladilar.

Ota-onalar hech bo'lmasa psixologlar, olimlar va statistikaga ishonishlari lozim. Bolani urib jazolab uni to'g'ri yo'lga solib bo'lmaydi. Faqat yaxshi tarbiya bolani yaxshi bo'lishiga yordam beradi. Bolani urganda esa, bola kuchli bo'lsa, u vahshiy bo'lib katta bo'ladi, agar bo'shroq bo'lsa, u holda alamli, uyatchan, o'zini kamsitadigan inson bo'lib yetishadi. 

Albatta shunday davr bo'ladiki, bolani jazolashga to'g'ri keladi. Lekin buning uchun urishdan boshqa ming xil boshqa yo'llar mavjud. Ota-ona boshqa yo'l izlashga sabri ham vaqti bo'lmaydi, shunga osongina bolani urib tinchitib qo'yadi. 

Onaning jismoniy kuchi mana shu 6-7 yoshli bo'laga yetadi. 

Qizig'i shundaki, ota-onaning kuchi odatda bir farzandiga yetadi. Ko'pincha bu to'ng'ich farzandidir. Uni eng ko'p urshadi, unga qo'yilgan talab eng katta bo'ladi, uni urish ham osonroq bo'ladi. O'ylab ko'rganmisiz hech, nega?

"Meni ham ota-onam urgan, kam bo'lmadim", deb o'zingizni oqlamang. Shunday deya olayotganingiz ham sizni psixologik zaif inson bo'lib katta bo'lganingizdan dalolat bermoqda. Urmay tarbiyalashning iloji bor. Yoshligida jismoniy jazolanmagan minglab baxtli mehribon farzandlar mavjud. Ular kelajakda ajoyib ota-ona bo'ladilar.

Tarbiya bera olmaslik bu boshqa, urmaslik bu boshqa. Birini-biri bilan adashtirmaslik lozim.   

 

 

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Iltimos, maslahat bering.
    • Raxmat Muslima! Sizdan bitta narsa so'ramoq4idim D calsin neo haqida ma'lumotga egamisiz? Doktor wu dorini yozgandi man retseptni yuqotib quydim internetdan ma'lumot chiqmayabdi bu qanday wakldagi calsiy ekanligini bilmayabman qizim suyuq dori i4maydi degandim tabletka ko'riniwidagim yoki bowqa bilolmayamban. Agar dori haqida bilmasangiz bolaga calsiy tabletkasini bersam buladimi
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • May2017
    • [image] [image] Bu esa Malayziya-O'zbekiston reysida samalyot oynasidan olgan suratim.
    • Pazandaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Har safar forumga kirib shu mavzuni ko'zdan kechirsam mavzu muallifi Zaychikka minnatdorchilligim cheksizdir. Mavzu ochilganiga 3 yildan oshibti, demak yonimizdagi chaqalog'imiz bu davrda 3 yoshga ham kiribti degani. Juda qiziqarli va hammaga menimcha yoqimli mavzu uchun Zaychik sizga kottakot rahmat. O'shanda bekorga ENG zo'r mavzu muallifi sizfatida konkursda g'olib bo'lmagan ekansiz. Zaychikka yordam berayotgan qizlarjonga ham rahmat, shu mavzu yo'q bo'lib ketmasligiga o'z xissangizni qo'shayotganingiz uchun. Ahir mezbon bo'lish ham oson emas. Hammamiz qo'limizda kcihik bolalarimiz bor....
    • uzbaby

Davomi »

loading...