Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
tug'ma nuqson

Bu maktubni yozishga balki haqqimiz yo'qdir, lekin psixologiya sohasining yetuk mutaxassislarining bu borada fikrlarini eshitib yozmaslikni iloji bo'lmadi.

Agar farzandingiz hammaga o'xshamasa...

Avallambor bunday sinovdan sabr bilan o'tishingizni Ollohdan tilab qolamiz. Bu sinov! Juda og'ir sinov, siz shu og'irlikni o'z yelkangizda ko'tara olishga qodir ekanligingiz Ollohga ayon bo'lgan. 

Har qanday sinov insonni kuchliroq, sabrliroq va bardoshliroq qiladi. 

Farzandi hammaga o'xshamagan ota-onaning dardi ichida bo'ladi. Ularning tabassumi ortida tomchi-tomchi ko'z yoshlar bekitilgan bo'ladi. Qiyin.

Ushbu maqola bilan biz bu dardni yumshata olmaymiz, bolaga ham yordam bera olmaymiz, lekin qalbingizga bir kichik bo'lsa ham malham solish ilinjidamiz.

Quyida bir qator qoidalar berilgan bo'lib, ularni har kuni o'zingizga qaytarib yuring. Vaqt o'tib aynan shu qoidalar ichingizga singib borib, yurakdan ularni his eta boshlaysiz, ana shunda ular sizga malham bera oladi degan umiddamiz.  

***

Siz hech narsada aybdor emassiz!

Bola hech narsada aybdor emas!

Siz juda yaxshi onasiz, hatto qo'lingizdagi boshqalarga o'xshamagan bolajoningizni o'zingiz bilmagan holda urshib yuborganingizda ham siz yaxshi onasiz, faqat charchab qolyapsiz. Yordam so'rang, alamingizni boladan olmang.

Ko'cha kuyda, qarindosh-qo'shnilardan bekitadigan ish qilganingiz yo'q. Farzandingiz o'g'ri, mutahham yoki fohisha emas. U shunchaki boshqalarga o'xshamagan, xolos. Undan uyalish noo'rin.

Nuqsoni bor yoki nogiron bolangizni jamiyatdan bekitmang. U hech qanday ayb ish qilmaganki, uni bekitib yurishingiz lozim. U qalbi toza, barchamiznikidan go'zalroq ko'ngilga ega boladir. U ham hamma qatori qo'chaga chiqishni, dumalab qum o'ynashni, muzqaymoq yeyishni istaydi.

Bunday bolangiz borligi haqida gapirishga uyalmang. Yashirmang. Bu yashiradigan narsa emas. Bolangiz yoki siz o'g'ri emassizku, yoki boshqa biron ayb ish qilganingiz yo'qqu. Qaytanga bu haqda gapirib, kerakli yordam oling, maslahat oling. Siz kabi ota-onalar bilan birgalashing. Dardingiz yengillashadi. 

Vaqt o'tib bolangiz tuzalib ketishiga umid qilib bir nimani kutib yashamang. Davolanmaydigan kasalliklar davolanmaydi! Hayotingizni shunga mos ravishda rejalashtiring. Qachon bu darddan qutilaman?, degan savolga javob izlamang. Bu javobni topa olmaysiz, hayotingiz esa uni izlash bilan alamu dardni ichida o'tib ketadi. Qiyin bo'ladi. Undan ko'ra sinovni imkon qadar oson o'tishga harakat qiling.

Bolangizni yasantirib yuring. O'yinchoqlar olib bering. Unda ham bolaning ko'ngli bor. Uning ham erkalik qilishga haqqi bor.

Qariyalar, onangiz, qarindoshu-qo'shnilar sizga achinib qarashsa, ularni joyiga qo'yib qo'ying. Sizga achinish kerak emas! Bolangizga ham achinishlari kerak emas! Bolaga kerakli muolajalar olishga yordami tegmasa, o'z achinishlari bilan sizdan yiroqroq bo'lishsin. Siz ularning achinishiga muhtoj emassiz. Sizga shunday bolani katta qilish uchun haqiqiy amaliy va moliyaviy yordam kerak. Shuni berishsin.

Yordam so'rang. Uyalmang. Bir o'zingizga qiyin bo'ladi. Uyalib, iymanib o'tirmang. Kim qanday yordam bera olsa, qaytarmang. Sizga jismonan yordam ham, moliyaviy yordam ham kerak. Yordam qo'lini uzatgan har kimni qo'lini qaytarmang. O'zingiz qiynalasiz.

Bolangizdan uyalmang. Uni nuqsonlariga urg'u beravermang. Ahamiyat bermang. Sezmang! Hech qaeri og'rimay, kulib o'tirsa, bo'ldi, faqat shu muhim. 

Bolangizni ko'p silang, ko'p erkalang. U bunga boshqa bolalardan ko'ra ming barobar ko'proq muhtojdir.

Agar maktabga bora oladigan darajada bo'lsa, uni maktabdagi qo'polliklar, kulishlardan himoya qila oling. Yuragiga og'ir botadigan gaplarni eshitmasin. Bolangizni qalbini sherdek himoya qiling.

Chetdagi qarashlar yoki yomon gaplar bolangizni dilini og'ritmasligi uchun uning qaddini yerga urmay katta qiling. Nuqsoni bo'lsa ham, o'zining bu dunyoda kerakligini sezib yashasin, qaddini ursin! Oldiga maqsadlar qo'ysin, Paraolimpiyada o'yinlari sovrindorlarini misol qilib, unda ham bir maqsad sari intilish hissini kuchaytiring. O'ziga ishonsin. Unga maqsadiga erishishida yordam bering.

Bolangizni kasal demang. Hech qachon! Uni oldida ham, orqasidan ham!

Bolangiz bilan rasmlarga tushing, keyin birgalikda tomosha qiling. U o'zini yoqimli ekanligini sizning ko'zlaringizda ko'rsin va shunga ishonsin.

Bola bunday ekanligida hech kim aybdor emas. Alam bilan yashamang. Sizning alamingizdan bola sog'ayib qolmaydi, ammo sizning va bolaning hayoti hafagarchilikda o'tadi. Undan ko'ra, taqdirga tan berib, aynan shunday vaziyatni qanday qilib tabassum ila o'tkazishni o'ylang, yo'lini toping, izlaning, lekin tushkunlikka tushmang. Maqsadingiz bolaning jismoniy dardini kamaytirish, shundan so'ng esa o'zingizni hayotingizga yaxshilik kiritish bo'lsin. Siz kula olsangiz, bolangizni tabassum qildira olasiz.

Siz qancha ko'p tabassum qilsangiz, bola shunchalik baxtiyor o'sadi.

Tabassum qila olishingiz uchun sizdagi mushkul vaziyatni to'g'ri qabul qiling. Bu vaziyat umrbod siz bilan bo'ladi. Undan hech qaerga qochib qutilib bo'lmaydi. Uni faqatgina go'zalroq, yaxshiroq, yengilroq qilish mumkin. Ana shu haqda qayg'uring.   

Dunyoda millionlab hammaga o'xshamaydigan bolalar tug'iladi. Ba'zilarining hayoti tabassum, mehr, medal, sovrin va yana ko'plab yutuqlar bilan o'tsa, ba'zilarining hayoti alam, istirob, achinish, g'azab va kuchsizlikda o'tadi.

Bolajoningiz qaysi yo'ldan o'tishi siz-ota-onasining qo'lida. Ollohdan kuch va sabr so'rab aynan shu vaziyatdagi o'zingizni va bolangizni hayotini go'zalroq, baxtliroq va chiroyliroq qilishga harakat qiling. 

 

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • bu mavzu tilak yozadigan joy.bb qolibdku. hamma hayrku kun tilaydi va "quyon" boladi. ahir.bu qanaqasi qizlarjon. "kelilar.biiiir.hasratlashiluuuuuu" diydiyu hihi hihi
    • Lily
    • Zahroxon's Avatar
    • Tug'ilgan kunlar ! ! ! ! ! !
    • ertaga 16-dekabr qadrdonimiz, eng kerakli foydalanuvchimiz MUSLIMAning tug'ilgan kunlari bn chin qalbimdan TABRIKLIMAN, dugonajon doimo baxtli taxtli, sog' salomat buling, yuzingizdan quvonch hech qachon arimasin, barcha uylagan orzu niyatlaringizga yetib yuring TUG'ILGAN KUN MUBORAK
    • Zahroxon
    • mavluda1492's Avatar
    • Uzbaby.uz-2017
    • 1. Zizi 2. Muslima 3. Zahroxon bu nominatsiyalarga loyiq qizlarimiz judayam ko'p. lekin yilning eng faollari shular deb o'ylayman
    • mavluda1492
    • Zahroxon's Avatar
    • Goroskop va burjlar
    • 2018-yil munajjimlar bashorati: “Arslon” “Arslon” barchaning ko‘nglini zab etuvchi va qiziqqon burj vakilidir. Agar u biror muammoga duch kelsa, boshqalar ham ko‘ngilsizliklarga uchraydi. Chunki Arslon odamlar kayfiyatiga ta’sir qilishga usta. U bilan suhbat qurish yoqimlidir. Tabiatan go‘zal tashqi ko‘rinishga ega. Iqtidorlarining chek-chegarasi yo‘q. U bir-necha bor sevib qolishi mumkin. Ammo aslo uning ko‘ngli bilan o‘ynamaslik lozim. Aks holda 3-jaxon urishi boshlanadi.  2018-yil “Kuchuk yili” bo‘lib, Arslon burj vakili uchun omadli keladi. Ammo omad uchun...
    • Zahroxon

Davomi »

loading...