Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
mumkin emas

Bola qanday shaxs bo'lib yetishida ota-onaning tarbiyasi asosiy rol o'ynaydi. Ota-onaning maslahatlari bola hayotda qo'yadigan har bir qadamida o'z aksini topadi. Ota-onaning qanday so'zlari bolani shaxsiy hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bolada o'ziga bo'lgan ishonchini sindiradi va hayotda mustaqil yetuk mas'uliyatli shaxs bo'lib yetishiga to'sqinlik qiladi?

Quyidagi gaplar yuqoridagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:

  • Kuchli odamlar yig'lamaydi;
  • Faqat o'zing haqingda o'yla, hech kimni ayama;
  • Sening bu qilig'ing g'irt seni adang (oying)ga o'xshatadi;
  • Jinni;
  • Sen bo'lmaganing yaxshi edi;
  • Adang (oying)ga o'xshagan omadsiz bo'lib o'sasan;
  • Quloq solmasang kasal bo'lib qolasan;
  • Senga shuncha kuchimizni ayamadik, sen esa...;
  • Sening ishing bo'lmasin;
  • Seni Xudo jazolasin;
  • Ko'p yema, semiz bo'lsang seni hech kim sevmaydi;
  • Hech kimga ishonma, hamma aldoqchi;
  • Bunday qilsang, hech kim sen bilan do'st bo'lmaydi;
  • Doim shuni hammadan yomonroq bajarasan;
  • Ayollar erkaklarga qaraganda aqlsizroq bo'ladi;
  • Sen yomonsan;
  • Yaxshilikka ishonma, dunyo u qadar go'zal emas aslida.

Yuqoridagi nasihatlarni asosan bo'sh, kuchsiz va hayotda o'z o'rnini topa olmagan ota-ona bolasiga singdiradi.

Bola baxtli va o'ziga ishongan bo'lib voyaga yetishini istasangiz quyidagi so'zlarni ayamang:

  • Senda yaxshi fazilatlar juda ko'p;
  • Yig'layver, yengil tortasan;
  • Qancha bersang, shuncha olasan;
  • Dadang (Oying) qanday ajoyib inson;
  • Sen bizning baxtimizsan;
  • Har bir inson o'z yo'lini o'zi tanlaydi;
  • Sen sog'lomsan;
  • Biz seni yaxshi ko'ramiz, tushunamiz;
  • Sening fikring biz uchun qiziq;
  • Xudoim seni yaxshi ko'radi;
  • Sen odamlarga qanday munosabatda bo'lsang, ular ham senga shunday munosabatda bo'ladilar;
  • Hamma xato qiladi, yana bir urunib ko'r;
  • Tozalikka rioya qilsang, sog'lom bo'lasan;
  • Hammasi o'z qo'limizda;
  • O'zingni sevishni bil, shunda boshqalar ham seni seva olishadi.
  • Sen ko'p narsaga qodirsan;
  • Rahmat;
  • Sensiz nima qilar edik;
  • Sen uchun xursandmiz;
  • Hayot go'zal.

Ayb, uyat va qo'rquv hissiyotlari hech qachon insonni baxtli qila olmaydi. Bolani yerga urib, uning ishi tanqid qilinaversa, bola ulg'ayib o'ziga ishonmagan va mas'uliyatsiz bo'lib yetishadi. Bolaga qo'l ko'tarish, uni kamsitish kuchsiz insonni o'stiradi. Ayrim vaziyatlarda bolaga tanqid yoki maslahatni o'rniga oddiygina mehr talab etiladi xolos. Mehringizni ayamang, u hech qachon ortiqchalik qilmaydi.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Maryam's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Ob havo yaxshiydi "ulpatlarimmi" birrr mehmon qilay dedimdeee opajon. ^xoxo$ ^xoxo$ ^xoxo$
    • Ummu Maryam
    • muslima1's Avatar
    • Ozish uchun nima qilasiz?
    • Tug'ruqdan keyin emizish davrida ham bazilar to'lishadi, shaxsan man ikkifarzandni ketma ket tuqqan ayol ikkinchi farzandimni 2 yoshgacha emizganman 1 yarim yoshga yetib hamma narsa yeya boshlaganda o'zim juda kam narsa yeyishga o'tganman o'zi emizkli ayolman deb ortiqcha yemasdim , sutim yeb ichishimga bog'liq emasdi, suyuqlik ko'p ichardim , tortlar keremli mahsulotlar yeyishga hohish ham bo'lmasdi, bolam 1 yarim yoshligida oz yeyishim juda yaxshi foyda bergan ozib olganman, emizikli ayol tez ozar ekan ko'p harakat qilib kamroq yesa bu mani fikrim qaynisinglim ham shu tarzda ozib oldila.
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Azizaxon Alloh yaxshiliklar bn ne'matlantirsin sizni va ahli oliangizni, sizlar qatori bizni ham! Niyyatlaringizga yetib yuring! Siz baxtli ayolsiz! Har doim baxtingizni sezib ko'rib yashash nasib qilsin sizga! Lily sizga rahmat vaqtingizni ayamasdan g'oyibona suhbatlar uyushtirib turganingiz uchun!!!
    • muslima1
    • Farida1992's Avatar
    • To'qish andozalari
    • Spitsada ham to'qishni o'rganyapman.tez orada rasmlar bilan bo'lishaman.razmer masalasiga kelsak hech o'lchamaganman o'zimcha moljallab toqiyman.
    • Farida1992
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom. raxmat Muyassarxon nik masalasiga kelsak o'zim o'ylab topganman)))) chet ellik do'stlarim ismimni talaffuz qilisholmasdi. ularga nick namedan foydalanish m.mligini va Lily va Susy deb murojaat qilishlarini aytardim. bori shu)))
    • Lily

Davomi »

loading...