Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

yangi yil uchun

Yangi yil arafasida ota-onalar mehmon kutish, dasturxon bezash bilan ovora bo'lib, bolalar xavfsizligi haqida unutib qo'yishi ajab emas. Yangi yil kechasida, ayniqsa, bola xavfsizligiga alohida e'tibor berish talab etiladi, chunki shunday payt bola bilan biron yoqimsiz holat yuz berishi oson bo'ladi. 

Yangi yil archasi.

Yangi yil bayramining asosiy namoyondasi bo'lmish archa bir tomondan juda go'zal bo'lsa, ikkinchi tomondan o'zida ko'plab xavfli holatlarni qamrab olgan. Archa katta bo'lsa, u bolaning ustiga tushib ketishi xavfi bor. Shuning uchun archa puxta joylashgan, biron truba yoki boshqa siljimas narsaga mahkamlangan bo'lishi zarur. Archaning shoxlari mayinroq bo'lgani, biron o'yin o'ynayotgan, chopayotgan yoki emaklayotgan bolaning ko'ziga kirib ketmasligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Archa o'yinchoqlari.

Archani shishadan emas balki yumshoq mato, qog'oz, ip yoki sinmas plastikdan tayyorlangan o'yinchoqlar bilan bezatish lozim. Shishalik o'yinchoq sinib ketsa, mayda qismlari bolalarning oyoq-qo'llariga kirib ketish xavfi bor.

Yonadigan o'yinchoq va girlyandalar.

Tokka tiqiladigan barcha osma o'yinchoq va girlyandalar bolaning qo'liga tegmaydigan masofada bo'lishini ta'minlang. Ba'zida girlyandada nuqson bo'lib, tok o'tkazish yo'li ochiq qolgan bo'lishi mumkin. Bengal olov moslamalari yuqori sifatli bo'lishi kerak. Aks holda, yonish davomida kutilmagan salbiy holatlar yuz berishi mumkin.

Mehmonlar.

Uyga yangi yil arafasida ko'p mehmon taklif qilingan bo'lsa, bolaning zerikib qolishi hech gap emas. Zerikkan boladan esa hamma narsa kutsa bo'ladi. Shuning uchun agar uyingizda yoshi 6-7 yoshdan kichik bolalar bo'lsa, yangi yil kechasini sizga emas unga qiziqarli bo'lishini ta'minlang.

Dasturxon.

Yangi yil dasturxoni hilma-xil, lekin bolaning organizmi uchun foydasiz va zararli yeguliklarga to'lib ketadi. Bayram o'tib bolada allergiya yoki ichi buzilishi kabi holatlar kayfiyatingizni buzishini istamasangiz, dasturxonni bolaning organizmini inobatga olgan holda bezatishga harakat qilganingiz ma'qul.

Rejim.

Yangi yil kuni kattalar 24:00 gacha o'tirishni maqsad qiladilar. Lekin bola uchun bu shart emas. Albatta har doimgi uxlash vaqtidan biroz siljinsa bo'ladi, ko'pi bilan 1 soatga. Shunda ertasi kuni bola chala uyquda bo'lib sizni ham qiynamaydi, o'zi ham asabiylashmaydi. Bola bayramni his qilib vaqtli yotishni istamayotgan bo'lsa, u holda soatni 24:00 ga o'tqazib, uning uchun alohida yangi yil kutish marosimini o'tkazib berish mumkin. Shundan so'ng, uni uxlatib kattalar bemalol haqiqiy yangi yilni kutishga o'tishlari mumkin bo'ladi.  

Bayramona kayfiyat buzilmasligi uchun, bolangizga shu kecha yanada e'tiborliroq bo'lishga harakat qiling.  

Manba: krokha.ru, kidsparties.about.com

 

 

 

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • sizlar 5ta qizmisizlar oilada, sizlar ham mazza qilibsizlarda diydor shirinda baribir
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Mart 2017
    • Bugun kotta buvijonimiz bizikiga mehmonga keldilar, buvimiz bn ham rasmga tushib oldik... [image] [image]
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bolalardagi kasalliklar
    • Va aleykum assalom Miyrxan. Forumga xush kelibsiz! Qizizga alloh shifo bersin. Shina yechilgandan keyin xar 3 yoki 6 oyda massaj, elektrafarez, parafin olib turasizlar. Qiziz yurishni boshlagandan keyin maxsus yassi oyoqchalar un tufliklar sotiladi, shuni kiydirasiz. Xar 6 oyda ortaped ko'rigidan o'tkazib turasiz. Keyinchalik qiziz bemalol yurib ketgach uyda oyoq uchida, tovonda, baklajka qopqoqlari ustida yurgizib o'ziz shugullansangiz ham bo'ladi.
    • Pazandaxon
    • Oymomo's Avatar
    • Go'zallik sirlari
    • Juda xavfli parhezlar: takrorlashga urinmang Bahor kelishi bilan hamma ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin. Foto: “ Gastronom.ru” Oqsilli parhez Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan...
    • Oymomo

Davomi »

loading...