Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
erkak va ayol

Oilada ahillik bo'lishiga qaramay, er-xotin orasida bir-biriga nisbatan shunday savol tug'ilishi ko'p uchraydigan holat. Qachon o'zgaradi, axir?

Erkak va ayolni bir-biriga jalb qilishda xarakter va temperament katta ahamiyat o'ynaydi.

Erkak va ayol biron sabab bilan turmush quradi. Boshidan yoki boshida bilinmay, yillar o'tib er xotinida, xotini esa erida yoqimsiz jihatlarni ko'ra boshlaydi.

Misol uchun, erining paypoqlarini har joyga tashlashi xotiniga yoqmaydi, biron joyga ketishdan oldin xotinining uzoq vaqt pardoz-andoz qilishi eriga yoqmaydi. Shu kabi jihatlarni juftliklar bir-birida to'g'rilashga harakat qiladi.

Erkak xotinidagi o'ziga yoqmas jihatlarni to'g'irlash niyatida bo'ladi, xotini esa erida. Bu jarayon biron janjal bilan o'tmaydi, aksincha, bu tanbeh va yo'riqlar kun mobaynida, suhbatlashish yoki biron uy ishlari bilan band bo'lgan holatlarda, ichida saqlash, chidash yoki asabiylashish bilan davom etaveridi. Natijada er-xotin orasida gap talashish ko'payib ketadi, xarakter va odat esa o'z holicha o'zgarmay qolaveradi.

U holda erining televizorni oldida uxlab qolishlaridan charchagan ayol yoki xotinining ortiqcha vazni bilan kurasha olmayotgan erkak qanday yo'l tutishi kerak?

Shu yerda bir latifani aytib berishni joiz deb bildik: bir ayolni burni eriga hech yoqmas ekan. Har safar eri xotiniga qarab, "burning juda xunuk, operasiya qildirishimiz kerak, shunday qolaversa, men sendan ketib qolaman", deb aytaverar ekan. Nihoyat xotini burnini operasiya qildirishga rozi bo'libdi. Burni chiroylik bo'ldiyu, o'zi eridan ketib qolibdi.

Bu bilan nima demoqchimiz? Har bir insonning yonida o'ziga loyiq inson bo'ladi. Latifadagi erkakka ham faqat shu ayol munosib edi, burni go'zallashgach u ayolga bu erkak munosib bo'lmay qoladi.

Biz har doim o'zimizga loyiq inson bilan yashaysmiz va o'zimizga mos munosabatni olamiz

Hayotda ham shunday. Erkak yonidagi ayolidan nolivattimi, uning ko'rinishi, biron harakati, qilayotgan ovqatlari yoqmayaptimi, o'ziga nazar solishi kerak. Demakki, u shunga loyiq hayot kechirmoqda. Va, aksincha, erining baqirishlaridan, qo'polligidan charchagan ayol ham birinchi bor o'ziga nazar solishi darkor. O'zini pol lattadek his qilayotgan bo'lsa, albatta unda oyoqlarni artadigan inson topiladi. O'zini qadr-qimmatini biladigan ayolga munosabat ham qadrli bo'ladi.

Turmush o'rtog'ingiz o'zgarishini istayotgan bo'lsangiz, birinchi o'zingiz o'zgaring. Go'zal bo'lishini istasangiz go'zallikni ko'rsating, muloyimlikni xohlasangiz, shirin so'z bo'ling, saramjonlikni kutsangiz, yordam so'rashni o'rganing, hurmat qilishi kerak bo'lsa, o'zingizni hurmat qiling. 

Bir narsani unutmangki, agar erkak yoki ayol siz uchun emas boshqa biron sabab deb o'zgara boshlasa, siz ham unga mos ravishda o'zgarishingiz darkor. Siz turmush qurganda eringiz yoki xotiningiz qanday bo'lgan bo'lsa, 2-3 farzand ko'rib, bir necha yil birga yashagandan so'ng ham shunday bo'la olmaydi, u tubdan o'zgaradi. Ana shu o'zgarish birgalikda bir tomonga qarab sodir bo'lishi lozim. Aks holda, "Men senga o'ylanganimda bunday emas eding," yoki "Ilk turmush qurganimizdagi va'dalaringiz boshqa edi," kabi gaplar orada ko'payib boraveradi.

"Qachon o'zgaradi?", deyish noo'rin, u o'zgarib kelmoqda, aynan sizga mos ravishda. Yoki aksincha, sizga mos ravishda shundayligicha qolmoqda.

Agar sizga turmush o'rtog'ingizning o'zgarishi kerak bo'lsa, "qachon men o'zgaraman?, deyishdan boshlang.   

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Karaoke
    • Hozir esa jonu jahonim uģlim serquyosh madxiyasi boshidan ohirigacha hamma suzlarini yodlab olgan, kuni buyi oģzidan tushmaydi serquyosh hur ulkam elga baxt najot deb ohirigacha kuylaydi, Yulduz Usmonovani Uzbekisto qushiģini ham yodlab olgan Oq yurgakka uragansan uzing bizni Oq yuvib oq taragansan uzing bizni Beshigimiz uzra bedor ona bulib kunimizga yaragansan uzing bizni Adoying bulgaymiz seni Uzbekiston Fidoying bulgaymiz seni Uzbekiston Shu qushiqniyam uģlim rossayam yaxshi kuradi, yod olgan, qushilishib aytaveradi
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Gulxonimni retseptini youtubedan olsangiz bo'ladi. Man bugun obedga osh,kechga shorva va kompot tayyorladim. Lekin negadir imgur.com dan rasm qoyolmayapman.
    • Pazandaxon
    • Ummu Soliha's Avatar
    • O'zbek oilasi farzandi KUZDA (2017)
    • Zahroxon va zizi farzandlaringiz muncha shirin koz tegmasin kuzda mazza qilib parklarni aylanyapsizlar ekanda qanday mazza. Duo qilinglar men ham Solihamni tezroq olib kelib ole bolajonimi rasa sogindim
    • Ummu Soliha

Davomi »

loading...