Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

ayol

Bu savolga javob izlash uchun tabiatga yuzlandik. Ayolda faqat birgina xislat bo'lsa, yetarli ekan.

Turmush qurishni rejalashtirayotgan erkakka shu savol berilsa, ayolning kamida 10ta jihatini aytib o'tadi. O'ylangan erkakning ayolga bo'lgan talabi yanada oshgan bo'ladi. Turmush yillari o'tgan sayin erkakdan ayolga faqat bir narsa kerak bo'lishi aniqlanadi.

Shirinso'z ayol? Erkakka yoqishi ajab emas. Nafaqat erkakka balki qaynoilaga ham bunday kelin yoqadi. Lekin tasavvur qiling, tili shirin bo'lib, atrofdagilarni aldaydigan, tilida bol, dilida zahar yoki shirinso'z bo'ladi-yu uyda biron ishni eplamaydigan ayolni? Shirinso'zlik kerak, lekin uning o'zi baxtli turmush uchun yetarli emas.

Go'zal ayol? Butun dunyo faylasuflari bu borada bir fikrga egadirlar: go'zallik o'tkinchidir. Qancha harakat qilmang, urunmang, lekin yillar o'tgan sayin go'zallik ham o'taveradi. Qanchalik go'zal bo'lmasin lekin 35 yoshlik ayol, o'zining 18 yoshligidagi go'zalligiga hech qachon qayta olmaydi. Go'zal ayol erkak ko'zini quvontiradi, lekin yonida qorni och bola yig'lab turganda ayolning go'zalligini qadri qolmaydi.

Aqlli ayol? Bunday ayol ko'p ilmga ega bo'ladi, ishda yuqori cho'qqilarga erishadi, ajoyib karyera qila oladi. Uyidagi barcha yumushlari uddalaydi, erini to'g'ri yo'lga soladi, farzandlariga yo'l ko'rsatadi. Hamma narsada ma'suliyatli bo'ladi. Lekin erkak bunday ayolni oldida biroz bo'shasha boshlaydi. Qarasaki, ayoli hammasini uddalamoqda. Shunda erkak o'zini oilaviy ishlardan asta-sekinlik bilan olib qocha boshlaydi. Qo'pol qilib aytganda, hammasini xotiniga tashlab qo'yadi. Bunday ayollar oilada ham erkak ham ayol vazifasini bajaradilar. Bunday ayollar yonidagi erkak bo'shashib qoladi. Erkakka bunday ayol qulaylik yaratadi, lekin unga nisbatan erkakning ehtirosi va mehrini pasaytirib yuboradi.

Aqlsiz ayol? Ba'zi erkaklarga aqlsiz ayollar yoqadi. Ularning oldida bunday erkaklar o'zini hurmat qila boshlaydilar, bunday ayollarni kamsitib o'z qadrlarini oshirib yuradilar. Bunday ayol bilan yashash oson emas. Tarbiyasiz bolalar, sust ro'zg'or, kundalik janjallar va tushunmovchiliklar ko'pincha buning natijasi bo'ladi.

Qanday ayol erkakka kerak? Qanday ayol erkakka malham bo'la oladi? Qanday ayol bilan erkak oilada baxtli bo'la oladi, uyga talpinadi, oilasini qadrlaydi?

Tabiatga yuz o'girsak, bu savollarga javob olish oson bo'ladi. Ayolga tabiatdan berilgan eng muhim xislat bu - g'amxo'rlikdir. Rus tilida - "забота", ingliz tilida - "care". Ayolning aynan shu jihati erkak uchun eng muhim hisoblanadi. Balki erkak o'zi buni anglamaydi, lekin ayolidan u aynan shu jihatni izlaydi.

G'amxo'rlik nimada namoyon bo'ladi?

Eriga nisbatan merhli bo'lish, unga dalda, dardiga malham bo'lish. Eriga shirinso'z va mehrli bo'lish. Farzandlariga nisbatan g'amxo'r ona bo'lishdan muhimroq narsa bo'lmasa kerak dunyoda. Hamma onalar farzandiga g'amx'or deb o'ylaysizmi? Ba'zi ayollar kuni bilan uylarni yig'ishtirib, chuchvara tugishga vaqti bo'ladi-yu, lekin farzandi uchun 1 soat vaqt ajratishga qalbining qurbi yetmaydi. Ular uchun muhimi mehmon kutish, uy tozalash, ovqat pishirish, bolasi esa sekin-sekin katta bo'laveradi. Bunday ayollar g'amxo'r emasdirlar.

Qaynoilasiga yoqish uchun ayol soat 5 ta turib supurishi muhim emas. Muhimi o'sha qaynoilasi a'zolariga g'amxo'rlik ko'rsatishdir. Ularni parvarish qilish, shirinso'zligi bilan dilidan joy olish, kulib turish g'amxo'rlik ko'rinishidir. Lekin ertalabdan kechgacha uy yumushlari bilan band bo'lib, jahl va charchovga to'la ko'zlar bilan yurishda g'amxo'rlikning zarracha ko'rinishi mavjud bo'lmaydi.

G'amxo'r ayol erkakka juda yoqadi.

Uyga ishdan charchab kelgan erkak ko'z oldiga tozaligidan yaltirlab turgan uy, lekin ertalabdan deyarli ovqat yeya olmagan injiq farzandi yoqadimi? Yoki ivirsimagan uyda ona bola kulib dadasini kutib olishi yoqadimi? Kuni bilan kir yuvish bilan band bo'lgan ayolning tunda charchaganidan eriga befarqligi yoqadimi yoki kir yuvishni kamaytirib tunda erini xursand qila oladigan g'amxo'r ayol yoqadimi? To'rt qavatli tort pishirayotganida farzandi halaqit bergani uchun uni kaltaklagan yoki unga baqirgan ona yoqadimi yoki kichkinagina keksni bolasi bilan birgalikda qilayotgan g'amx'or ayol yoqadimi? Hamma ishni uddalab, bozor qilib, bollarini uxlatib, ovqatlarni taxt qilib qo'yib natijada charchab o'zi mehrga zor bo'lib qolgan ayol yoqadimi yoki ishlarni evi bilan bajarib o'zi mehr bera oladigan ayol yoqadimi?

Har bir erkak bu savollarga deyarli bir xil javob bersa kerak.

Bir kunda ham oynalarni artib, ham xovli supurib, ham manti qilgan ayol zo'r emas, eriga va farznadlariga doimo g'amho'rlik ko'rsatadigan ayol zo'rdir.

 

Ayolning eng muhim jihati uning go'zalligi, aqli, donoligi, shirinso'zligi emas, ayol hayotda g'amxo'r bo'lishi kerak. G'amxo'rlik ayolga shunday yarashadiki, uning orqasida ayol go'zallasha oladi. G'amxo'r ayol bilan yashaydigan erkak eng baxtli erkakdir.  

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • uzbaby's Avatar
    • Sayt kamchilik va xatolari
    • Qizlarjon tahrir tugmasi tufayli ba'zi texnik nosozliklar paydo bo'lyapti. Ularni bartaraf etishimiz bilan yana yoqiladi.
    • uzbaby
    • Pazandaxon's Avatar
    • Tortlar
    • Zavarnoy pishiriq (ekler) Masalliqlar: 1,5 piyola suv 250 gr margarin 1piyola un 7 dona tuxum Krem uchun: 1,5 piyola sut 1piyola shakar 2 katta qoshiq un 200 gr saryog' Tayyorlash: Suv va margarinni gazda qaynatib olamiz. Gazdan olib un qo'shib qoshiqda tez-tez aralashtiramiz. Sal sovugach tuxumni 1talab qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor massani yog'langan listga 1 qoshiqdan solib chiqamiz. 180 gradusda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Krem tayyorlash: Sut, shakarni gazda aralashtiramiz va un qo'shamiz. Xona haroratida yumshagan saryoqqa sutli massani qo''shib mikserda...
    • Pazandaxon
    • OYISHA NUR's Avatar
    • Pishiriqlar
    • rahmat uni uchun ko'pkina hamir qilishim kergda
    • OYISHA NUR
    • mavluda1492's Avatar
    • Bolangizni qanday uxlatasiz?
    • Raxmat pazandaxon. Qozon ovqat shavla palov gre4ka yaxwi ko'rib yerdi bowqa ovqatlarni un4alik yemasdi. Ke4adan beri wulaniyam 1 qowiqdan ko'p yemayabdi. Pe4enyeni o'ziyeb yuradi 1, 2 ta yeydi. Bilaman o'rganib qolgan narsadan voz ke4iw osonmas lekin dadasi tuwunmayabdi yozda ajratganing un wunaqa bulyabdi deb yozga yopiwib olgan. O'zi qizimni rosa ayardikda ( 1- farzandimizdan ayrilganmiz) deyarli yig'latmasdik endi baqirib yiglawi yurakni ezyabdi. O'zim ham xato qildim wekilli deb rosa siqilyabman. Duo qilinglar bu kunlarni yengilgina o'tkazaylik
    • mavluda1492

Davomi »

loading...