Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Turmushda baxtli yashash har bir insonning orzusidir. Turmushdagi baxt esa erkakning oilaga vafodorligiga  ham bog'liq. 

O'zbek oilasi shunday tuzilganki, oila buzilsa, buning tarafdori ko'pincha erkak bo'lib chiqadi. Ayol ketib qolishi, arazlashi mumkin, lekin ajrashishga botina olmaydi. Aynan erkak oilaga arjashish bilan nuqta qo'yishga haddi sig'adi, aynan erkak boshqa ayol tufayli oilasidan ketib qoladi, aynan erkak xiyonatchi bo'ladi ko'pincha. O'zbek ayoli oilasidan voz kechishi, ajrashishga osongina qo'l urishi juda qiyin masala. Hatto erini sevmasa ham, undan ranjib ketgan bo'lsa ham, o'zbek ayoli "ajrashaman" demaydi.

Erkaklar esa bunga osonroq qaraydi. Ya'ni oilada erkakni o'rnini saqlash juda muhim. Erni ipsiz oilaga bog'lab turish zarur. Aynan erkak uchun shunday sharoit yaratib berish kerakki, u o'z oilasiga xiyonat qilmasin, ajrashishga shoshilmasin, ayolini sevsin va qadrlasin. 

Erkak ayolida 2 narsani izlaydi. Aynan shu ikki xususiyatning mutanosibligi erkakni ipsiz bog'lab turishga yordam beradi. 

Bu 2 xususiyat: mehr va halovatdir.

Bu nima degani?

Ayol eriga mehr va halovatni bera olishi kerak. Bu yerda muhim tomoni shundaki, ayol eriga shu ikki xususiyatdan qaysi biri qachon va qancha miqdorda kerakligini topa bilishi zarur. 

Ayol kerak bo'lganida eriga mehr bera olishni (erkalash, suykalish, birga bo'lish, suhbatlashish va hokazolar), zarur bo'lganda esa erini tinch qo'ya olishni bilishi lozim.

Mana shu ikki xususiyatning mutanosibligini bilan olgan ayol erini ipsiz bo'glab qo'ya oladi.

Eriga tinchlik kerak bo'lganida o'zini chetga olib qochish, uy muammolari bilan erini qiynamaslik, zerikkanidan erini e'tiboriga zor bo'lib qolmaslik, o'ziga ishonib mustaqil bo'la olish, ya'ni bir so'z bilan aytganda erkakka haqiqiy halovat bera olish ayolning muhim xususiyatidir. Ertalabdan kechgacha faqat erining og'ziga qarab, erining e'tibor va mehriga tashna bo'lib yashaydigan ayoldan erkak tez zerikadi. Ayolning o'zining shaxsiy hayoti yoki muhiti bo'lishi zarur. Ayol o'sha muhitdan eri bo'lmaganida zavq ola bilishi kerak. Bu shaxsiy muhit ayolning ish-joyi, dugonalari yoki bo'lmasa xobbisi ham bo'lishi mumkin.

Eridan mustaqil bo'la oladigan, eridan xoli ravishda xursand bo'la oladigan, hayotda turli xil qiziqishlarga ega bo'lgan ayol eriga qiziqarli bo'ladi.

Lekin ayolning mana shu shaxsiy muhiti er-xotin orasidagi munosabatlarga ham to'sqinlik qilmasligi zarur. Ya'ni erkakka mehr talab etilganida ayol shuni vaqtida his eta bilib, butunlay eriga o'zini va vaqtini baxsh eta bilishi lozim. Bunda ayolning shaxsiy muhiti chetga surilib qo'yiladi.

Mana shunday mutanosiblik erkakni ushlab turadi. Mehr va halovat orasidagi mutanosiblik!

Erkakka zarurmi? Ayol mehrini ayamashi kerak, erkak tinch qolmoqchimi, ayol unga halovat bera olishi zarur. Halovatda qolgan erkak o'zi ayolini sog'inadi va unga mehrini bera oladi.

O'ta ko'p mehr ham o'ta uzoq davom etadigan halovatlik ham salbiy ta'sirga ega. Ko'p mehrdan erkak tez zerikadi, uzoq halovat esa erkakni mehrga tashna qilib qo'yadi. Shuning uchun bu yerda ayolning roli katta. Ayol o'z erini his qila olishi, uning istaklarini aniq bila olishi muhimdir. 

Mehr va halovatdan biri oshib biri kamayib ketsa, er-xotin orasida sovuqchilik yuz bera boshlaydi. Kimgadur mehr yetmay qoladi. Mehr va halovat erkakning talab va ehtiyojiga binoan mutanosib ravishda unga berilishi zarur.

 

Muhimi, oilada erkakni ushlash. Turmush qurilgan bo'lsa ham, orada farzandlar bo'lsa ham erkak ayolniki emas va uniki bo'la o'lmaydi ham. Uni yonida ushlash uchun ayol butun umr harakatda bo'lishi zarur. Ba'zilar: "erkak buyum emas, uni ushlab bo'lmaydi", "Erkakni oilaga bog'lashning ham iloji yo'q, ketsa ketaveradi", deydilar. Balki shunday ham, lekin oilasini saqlash uchun harakat qilmaslik bu oilaga hiyonat qilish bilan barobardir. Ayol borki, oilasini, erini saqlash uchun, yonida bo'lishi uchun butun umr kurashishi zarur.    

Mehr va halovat mutanosibligini bilib olgan ayol, erini ipsiz bog'lab qo'yishga imkoniyati katta bo'ladi.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • OYISHA NUR's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • ha har ish bo'lsaAllohdan gilosimizham rizqimizga yarasha bo'llar
    • OYISHA NUR
    • OYISHA NUR's Avatar
    • Eng sevimli musiqangiz
    • Mohim - Men dunyoning eng buyuk oshiqi bo'lib qolaman shu mohimni qo'shiqlari yoqdi ish qilyatib ehitadigon ekan
    • OYISHA NUR
    • Pazandaxon's Avatar
    • Homiladorlikda mumkin va mumkin bo'lmagan narsalar
    • Homilador ayollar uchun taqiqlangan 8 mahsulot Olimlar homilador ayollar uchun mutlaqo taqiqlangan 8 mahsulotni aniqlashdi. Bu mahsulotlar iste’mol qilinmasa, bolani yo‘qotish xavfi kamayadi va sog‘lom farzand ko‘rish imkoni ko‘payadi. Bu haqda Sof.uz yozmoqda. Manbaga ko‘ra, homilador ayollarga simob miqdori yuqori bo‘lgan dengiz mahsulotlari taqiqlanadi. Zero bu tug‘ilajak bola uchun zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bola tushishi yoki rivojlanishdan ortda qolish belgilari bilan tug‘ilishi xavfi paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, homiladorlik paytida ayollarga...
    • Pazandaxon
    • Самира's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Мен бугун подшуба салат қилдим, ошқовоққа сомса қилдим анчадан бери егим келаётканди, ош қиляпман хозир димлайман. Меникиларни расми йуқ.
    • Самира

Davomi »

loading...