Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

er hotin urushi

Hech bir oila kelishmovchiliksiz kun kechirmaydi. Insonlar birga yashar ekan orada har xil fikr, har xil qarash bo'ladi. Tabiiyki kelishmovchilik yuzaga chiqadi.

Baxtli er-xotin deb, biron marta ham urushmaganlarni emas, urusha turib yana bir-birini sevib birga yashab ketganlarni ataydi. Turmush davomida umuman urshmagan, baxslashmagan er-xotin bo'lmaydi, bo'lsa ham ular yo bir-biriga yoki bir tomon ikkinchisiga befarqligidan shunday. Bir-birini sevadigan, bir-biri uchun qayg'uradigan er-xotinni orasida esa albatta kelishmovchiliklar yuz beradi. Bu tabiiy holat.

Lekin bolaning ko'zida bir-biriga qattiqroq yoki alam bilan gapirayotgan ota-onasini ko'rish biroz qiyin holat. U bundan juda qo'rqadi. Yoshligida ko'p janjal ko'rgan bola o'ziga ishonmaydigan qo'rqoq bo'lib o'sadi. U nafaqat o'ziga balki odamlarga ham ishonmaydigan bo'lib qoladi. Hamma narsadan yomonlikni qidirib yashaydi. 

Bolani qanday qilib oiladagi janjallarning salbiy ta'siridan himoya qilsa bo'ladi?

1. Bolani oldida janjallashmang. Er-xotin yolg'iz qolganingizda sekin ovozda kichik kelishmovchiliklarni xal eting.

2. Er-xotin bir-biringiz hurmatini bola oldida tushirmang. Biringiz man qilayotgan narsani ikkinchingiz berib qo'ymasin. Bolaning ko'zida qadringiz qolmaydi.

3. Bola oldida er-xotin bir-biringizni haqoratlamang. Bolaga ota yoki onasi "shunday" ekanligini bilish juda og'ir botadi. Siz uchun bu oddiy so'z bo'lsa, bola uchun bu haqiqatdek tuyuladi.

4. Bir-biringizga bo'lgan e'tirozingizni bola yo'qligida bildiring.

5. Eringizni kayfiyati yomonligini ko'rsangiz o'zingiz ham, bolangiz ham undan uzoqroqda bo'ling. Kayfiyati yo'q erkak qo'pollik qilib yuborishi hech gap emas.

6. Janjal bo'lib o'tgandan so'ng HECH QACHON boladan alamingizni olmang. Shu payt o'ta yomon ish qilib qo'ygan bo'lsa ham, unga jahl qilmang. U qo'rqib ketganidan qildi.

7. Er-xotin orangizda qanday gap o'tmasin, bola bilan shirin muomilada bo'ling. U hech narsada aybdor emas.

8. Bola uchun onasini ko'z yoshlarini ko'rish eng og'ir narsa. Imkon qadar bolani oldida yig'lamang. U birinchi bo'lib o'zini aybdor deb his qiladi. Bu tuyg'u esa unda ko'plab komplekslarni uyg'otadi.

9. Baxslashish davomida HECH QACHON bolani o'rtaga qo'ymang, bola bilan ta'na qilmang.

10. Agar bola ota-onasini urushishi guvohi bo'lib qolgan bo'lsa, yarashganingizni unga albatta ko'rsating. Shunchaki gaplashib ketganingizga u ahamiyat bermaydi, aynan "Biz yarashib oldik", degan gap bilan yarashganingizni unga bildiring. Bola yoshligidan kelishmovchiliklar yaxshilik bilan ham hal qilinishiga ishonch hosil qilsin.

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring