Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Qadimgi "Mehr ko'zda" degan iboraning kuchli ekanligini hozirgi kundagi psixologlar ham ta'kidlamoqdalar. Er-xotin orasidagi munosabatlarga masofa qanday ta'sir qiladi?

Bugungi kunda oilalarda afsuski, erkaklar yoki bo'lmasa ayollar biron moliyaviy muammo tufayli oilasidan yiroqda yashaydilar. Boshqa yurtda yoki shaharda xizmat qilayotgan erkaklar oramizda juda ko'p. Hatto bolam-chaqam deb o'zga yurt yoki shaharlarda tirikchilik qilayotgan ayollar ham yo'q emas. Ular buning barini oilasi uchun qiladilar. Bolam yaxshi yesin, yaxshi kiyinsin, deb er-xotin orasiga katta masofa qo'yib turmush beshigini tebratadilar. 

To'g'ri, buning natijasida bolalarda yangi krossovka, uyda esa yangi mashina paydo bo'lishi mumkin. Lekin mehr-chi, unga nima bo'ladi?

Erkak uylanganida nozik bir niholni xotin qiladi. Yonidagi yosh ayol 1-2 yilda ona bo'ladi. Bir necha yilda esa u yosh qiz tajribali, biroz charchagan, biroz zerikkan, biroz qo'pollashgan va tili chiqqan juvonga aylanib boradi. Erkak ham shu yo'lda o'zgarib boraveradi. Mana shu o'zgarishlar davomida er-xotin bir-birining yonida bo'lsa, o'zgarish kuchi bunchalik bilinmaydi. Chunki har kuni bir insonni yoningizda ko'rib tursangiz uning o'zgarib borayotgani, qariyotgani sizga yaqqol sezilmaydi, chunki avallambor siz ham uning o'zgarishiga yarasha moslashib borayotgan va o'zgarib borayotgan bo'lasiz. Lekin narigi mahalladagi sinfdoshingizni 10 yil ko'rmay birdan ko'rib gaplashib qolsangiz uning o'zgargani sizga yaqqol namoyon bo'ladi. Gapi boshqa, qarashi boshqa...umuman boshqa odamdek ko'rinadi sizga. Agar uning o'zgarishi sizning ko'zingizda ijobiy tomonga bo'lsa, u holda munosabatlaringiz ham ijobiy davom etishi mumkin. Mabodo uning 10 yillik hayot tajribasi uni sizning fikringizcha salbiy tomonga o'zgartirib qo'yganini sezsangiz, u holda siz u bilan boshqa uchrashmay qo'ya qolishni afzal ko'rasiz. Aslida u salbiy tomonga yoki ijobiy tomonga o'zgarmagan. U o'zgargan, xolos! Ya'ni siz uchun qulay yoki noqulay tomonga bo'lgani bilan boshqasi uchun buning aksi bo'lishi mumkin. Lekin aniq bir narsa, u endi o'zgarganligidir. Mana shu o'zgarishga sizning moslasha olmasligingiz uni salbiy deb qabul qilishingizga sabab bo'ladi.

Soatning daqiqalar strelkasini 5 daqiqaga surilishini tinmay nazorat qilib tursangiz, ko'zingizga ana shu 5 daqiqalik strelkaning surilishi deyarli bilinmaydi. Lekin soatga qaramay turib 5 daqiqa o'tgach qarasangiz strelka orada yaxshigina masofani o'tganini yaqqol ko'ra olasiz.Ya'ni jarayonga qarab turish bilan, uni muddat o'tgandan so'ng ko'rishda katta farq bor.

Oilada ham huddi shunday.

Ikki yil davomida erkak o'zga yurtga peshona terisi bilan pul topishga ketadi. U yerda na issiq joy, na issiq ovqati bo'ladi. Bir amallab bolam deb, oilam deb kun kechirib pul ishlaydi. Bu holat uni istaymizmi yo'qmi o'zgartiradi. Qaysi tomonga o'zgarishining hozir farqi yo'q. Muhimi u 2 yildan so'ng uyga kelganida o'zgargan odam bo'ladi. Shu davrda uning ayoli uyda bir o'zi ayol boshi bilan ro'zg'orni tebratib, bolalarni "otasiz" katta qilish harakatida bo'ladi. Balki moliyaviy qiyinchiliklar bo'lmas, lekin uyda erkak bo'lishi bilan, erkak bo'lmasligining farqi ayollar uchun juda kattaligini hammamiz bilamiz. Bolalar tarbiyasida ham buning o'z o'rni bor. Demakki, bu ayol ham shu 2 yil mobaynidagi o'ziga yarasha qiyinchiliklari tufayli ancha o'zgarib boradi. Aslida yillar o'tgan sayin hammamiz o'zgaramiz, er-xotin 2 yil davomida bir-birini o'zgarishini ko'rmagan, sezmagan, kuzatib bormagan bo'lsa-chi?. Ikki yildan so'ng er kerakli moliyaviy mablag' bilan uyga qaytgach negadur ayoli ko'ziga boshqacha ko'rinadi. Boshidagi 2-3 oyni nazarda tutmayapmiz. Bu 2-3 oyni ikkinchi "asal oyi" desak bo'ladi. Aqldan ko'ra ehtiros xukm surgan davr bo'ladi. Lekin ehtirosli davr tugagach, er-xotin bir-biriga haqqoniy qaray boshlaydi. Erining ko'ziga ayolining yuzida ko'paygan ajinlari tushadi, ayolning dilini esa erining qo'pol bo'lib qolgani og'ir bota boshlaydi. Ular huddi boshidan bir-biriga o'rganishi kerak bo'lgan juftliklardek bo'lib qoladilar.

Oradagi mehr juda kuchli bo'lsa, bu bosqich yengiladi va oilaga baxt yana qaytadi. Lekin er-xotin alohida yashashgan davr uzoq bo'lib, oradagi mehr bundan oldin ham unchalik kuchli bo'lmagan bo'lsa, mana shu bosqichdan boshlab oila baxti darz keta boshlaydi. 

Erkak yana biron joyga borib ishlashga talpinadi, moliyaviy muammo hal qilingan bo'lsada, uni uyda ushlab turadigan tuyg'u so'na boshlaydi. Erkak yana ketadi. Orada yangi mashina, balki yangi uy ham olinar. Lekin haligi darz ketgan mehr asta-sekin sina boshlaydi. Bu davrda bolalar ham kattalashayotgan bo'ladi. Ularning tarbiyasiga endi otasining so'zi emas, balki yuborayotgan puli faqat ta'sir eta oladi, xolos.

Mana shu yo'lda oiladagi mehr, er-xotin orasidagi, ota-ona va farzandlar orasidagi, hatto farzandlararo mehr ham asta sekin yo'qlolib boraveradi. To'g'ri er-xotinni bog'lab turgan boshqa narsalar bo'lishi mumkin, lekin ular mehrni o'rnini bosa olarmikin?

Yangi televizor yoki yangi krossovka otasining farzandiga bergan nasihatini o'rnini bosa olarmikan?

Yangi xolodilnik ayolining shirin ovqatini o'rnini bosa olmarmikin?

Ba'zilar, ahir yo'qchillikadan o'zga yurtga oilamni tashlab ketdim-ku, topgan pulimni umrimni oilamga, farzandlarimga bag'ishladim-ku deydilar, boshimdagi qarzlarni uzish uchun ketdim-ku...mana shu oila baxti uchun kurashish emasmi, deydilar.

Balki shundaydir ham. Lekin haqiqatan bu oilaga puldan tashqari baxt keltira oldimi? Qancha baquvvat yigitlar mana shu o'zga yurtdagi ish uchun kuchini sog'lig'ini yo'qotadilar, qanchasi ayolini, qanchasi tinchligini? Keyin o'sha pullar balki biron yangi buyumga ham yetar, qarzlar yopilar, lekin barakasi bo'larmikin?

Ba'zi erkaklar bo'shlik qilib o'zga yurtda boshqa ayolga yuz o'giradilar. Sevib qolgani uchunmas, zorligi uchun, charchagani uchun...

Nahotki mana shu pullar, yangi buyumlar, haqiqiy baxtdan voz kechishga arzisa? To'g'ri shunday vaziyatlar bo'ladi, oila nochor ahvolda, qarzlar va boshqa sabab ila erkak yoki ayol o'zga yurtga ketib ishlashga majbur bo'ladi. Lekin mana shunday majburlikni qoplash uchun 6 oy 1 yil yetmasmikin? Yetsa, nega to'xtay olmaymiz? Nega qarzlar yopilgan ham oiladan yiroq bo'lishga talpinamiz? Bunga bizni zorlik emas, balki yangi mashina, yangi mebel, yangi krossovka majbur qilmaydimi?

Zorlikdan, majburlikdan oiladan yiroqda bo'lish u boshqa, lekin biron moliyaviy manfaatni ko'zlab o'z oilasidan yiroqda bo'lishdan qo'rqish kerak. Chunki mehr ko'zda deb bekorga aytilmagan. Ahir er-xotin bir-birimiz yonida bo'la turib orada qancha kelishmovchiliklarni boshdan kechiramiz. Tasavvur qiling orada masofalar bo'lganida, orada yuqorida aytilgan erkak yoki ayoldagi o'zgarishlar yuz berganida qanday qilib mehr darajasini ushlay olishimiz mumkin?

Bu juda qiyin. Erkak va ayol birga bo'lib, farzandlariga bosh-qosh bo'lishsa, oilaga baraka kiradi. Oiladagi mehr yanada ko'payadi. Erkak va ayol bir juftdir. Ular bir-birining yonida bo'lishi bu tabiat qonuni. 

Psixologlarning gapi bilan umumlashtiradigan bo'lsak, ayol erining ko'z oldida, erkak ayolining ko'z oldida o'zgarib borishi lozim. Aks holda, ular bir-birlari uchun begona bo'lib qoladilar. Vaqt va masofa ularni begona qilib qo'yadi. Begona ikki inson birga bo'lishi uchun orada mehr kerak. Yoshlikda ikki begona inson mehrsiz ham turmush quraveradi. Lekin u payt ularda ehtiros bor, yaxshi niyatlar, katta maqsadlar bo'ladi. Yoshi 35-40 va undan yuqori bo'lgan erkak va ayol bir-biriga begona bo'lib qolsa, oradagi mehr so'ngan bo'lsa, uni qayta tiklash juda qiyin, birga yashash uchun sabab izlash undan ham qiyin. Ko'pincha bu sabab bolalar bo'lib qoladi. Bolalarga esa bir-birini sevmaydigan ota-onani ko'rish ham oson emas. 

Orangizda mehr bo'lsa, uni astoyidil asrang. Turmush o'rtog'ingizni doim ko'z oldingizda bo'lishi uchun kurashing. Oz muddatni ko'pchilik yengadi, lekin uzoq muddat va katta masofa afsus har qanday mehrni ham so'ndirib yuborishi hech gap emas.  

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom. raxmat Muyassarxon nik masalasiga kelsak o'zim o'ylab topganman)))) chet ellik do'stlarim ismimni talaffuz qilisholmasdi. ularga nick namedan foydalanish m.mligini va Lily va Susy deb murojaat qilishlarini aytardim. bori shu)))
    • Lily
    • Lily's Avatar
    • Ozish uchun nima qilasiz?
    • man esa kamroq yeyishga o'tdim sutim kamayganiga tez tez ovqatlanardim hatto kechasi turib qornim ochsayam. enfi esa yotishdan avval ovqatlanmay mashq qilaman. bu to'yimli va sekin hazm boluvchi kechki ovqatni yoglarini parchalaydi va kamroq vazn yigyapman. tigruqdan song yuzlarim tolishib ancha semirgandim. hozir yuzlarim yana kirdi ichiga. asosiy muammoyim esa byodra yani boksada qoldi. unga ham mashq qilyapman. hozir domdamiz shungayam semirdim hali hovliga borsak anchaaa ozib qolaman yana))))
    • Lily
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon

Davomi »

loading...