Erni baxtiyor qilish

1. Eringizni doim xursand bo'lib kutib oling.

Ko'pincha ish, xizmat safari yoki o'qish bilan bog'liq safar deb erkaklar oiladan uzoqqa ketishga majbur bo'ladilar.

Uyga qaytib kelishi daqiqalarini baxtiyor va yoqimli qilish uchun eringiz kelganida uni tabassum bilan, mehringizni berkitmay, chiroyli bo'lib kutib oling. Gapni faqat yaxshi yangiliklardan boshlang. Eringiz siz uni qanchalik kutib sog'ingan ekanligingizni his etsin.

2. Eringiz bilan suhbatlashayotganda muloyim bo'lib shirin gapiring.

Bunday muomalani faqat er bilan qilish mumkin, boshqa erkaklar bilan man etiladi.

3. Doim go'zal bo'lib yuring.

Albatta xar bir ayol o'zicha go'zal bo'ladi, lekin go'zallik bu nafaqat tabiiy ko'rinishdir, balki ayolning o'ziga qarab yurishi, ko'ylaklarining tozaligi, nafis hid taralib turishi, tirnoq va sochlarining tartibdaligi, eriga yoqadigan xulq-atvorda bo'lishidir.

4. Jinsiy aloqada eringizga qarshilik ko'rsatmang.

Jinsiy aloqa qilishdan oldin toza bo'ling, eringizga yoqimli bo'lib oling.

5. Eringiz moliyaviy ahvolidan nolimang.

Olloh berganiga shukur qilib yuring. Eringiz ishlarida qiyinchiliklar bo'layotgan davrda unga har tomonlama dalda bo'ling.

6. Boylikka o'ch bo'lmang.

Eringiz ruxsatisiz uydagi pullarni ishlatmang, eringizga yoqmagan narsalarga pulni ishlatmang.

7. Eringiz qilayotgan mehnatini qadrlang va unga minnatdor bo'lishni biling.

Agar eringizga doim minnatdor bo'lsangiz sizni yanada sevib, yanada ko'proq xursand qilishni istaydi. Minnatdorchilik RAHMAT so'zida emas, balki sizning xar bir harakatingizda namoyon bo'lmog'i lozim.

8. "Xo'p" deyishni biling.

Eringiz aytganini qiling. Doim esingizda bo'lsin: ER-oila boshi, XOTIN esa yordamchi va maslahatchi.

9. Eringiz kayfiyati yomon bo'lsa uni tinchlantirib, yordam bering.

Eringiz jahlini chiqaradigan narsalarni qilmang, agar jahlini chiqargan bo'lsangiz va aybdor bo'lsangiz kechirim so'rang.
Jahli chiqqan payti ko'p savol beravermang, nega jahli chiqqani yoki kayfiyati yaxshi emasligi haqida aytishini talab qilavermang. Agar oilangizga tegishli bo'lmagan mavzuda eringiz gapirishni istamasa sabr qiling, jahl o'tib hammasi joyiga tushadi.

10. Eringizga sodiq bo'ling.

Ayniqsa eringiz ishida muammo bo'lsa, yo kasal bo'lib yotsa unga sodiq qoling.

11. Eringiz uyda bo'lmaganida uyni, bolalarni va o'zingizni asrang.

Oila sirlarini saqlay biling, eringiz boshqalar bilishini xohlamaydigan narsalar haqida gapirmang, eringiz xohlamaydigan insonlar bilan aloqa qilmang.

12. Uy va bolalarga qarang.

Eringiz puli va boyligini ayang, eringiz oila a'zolarini hurmat qiling.

13. Sabrli bo'ling.

Oilangiz kechayotgan qiyinchiliklar davrida sabrli bo'lishni biling.

14. Eringizni va uning do'stlarini hurmat qiling.

Eringiz mehmonini hurmatini joyiga qo'yib kutib oling, eringiz qarindoshi, do'stlari bilan muammo chiqarmang.

15. Uyingizni chiroyli va saramjon qilib qo'ying.

Uyingiz toza, yoqimli, shinam bo'lishi kerak. Uy ko'rinishini o'zgartirib turing (mebel joylashishi, parda va gilamlarni o'zgartirib, almashtirib turing). Mazali taomlar pishiring.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

Davomi »

loading...