Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Baxtli turmush

Oilani ko'pincha qayiq bilan solishtirishadi. Qayiq kabi oila ham suv yoqalab yoki suv oqimiga qarshi suzib yuradi. Oilani ham bo'ronlar va yomg'irlar qiynab turadi. Ushbu davr oila krizis davri deb ataladi. Krizis davri hamma oilalarda har xil kechib, krizisdan oilani saqlab oilani buzilib ketishiga yo'l qo'ymay, yangi bosqichga o'tish erga va xotinga bog'liq.

Ko'pincha birinchi krizis turmushning birinchi yilidayoq yuzaga keladi. Mazkur muammo to'ydan oldingi romantika o'tib turmush qiyinchiliklari bilan kurashayotgan er-xotinning bir birlarini tushunmasligidan, kutgan orzulari amalga oshmaganligidan paydo bo'ladi.

Ikkinchi krizis birinchi bola tug'ilganida sodir bo'ladi. Bunda oilada yangi inson va uning ehtiyoji ham bor ekanligi er-xotin hayotida katta o'zgarishlar tug'dirib, boshidan yangicha munosabat qurishni talab etadi.

Albatta hayot davomida oilalar turli tashqi va ichki ta'sirlar natijasida krizisga uchraydilar, bundan hech kim mustasno emas. Lekin krizisdan yengil chiqish, uni tezroq yo'q qilish, krizisdan keyin yanada baxtliroq yashay olish hammaning ham qo'lidan kelmaydi.

Psixolog, sotsiolog, qolaversa baxtli oilalarning ta'kidlashiga ko'ra, oilaning baxlti bo'lish tamoyillari quyidagicha:

1. Doim turmush o'rtog'ingiz bilan o'zingizni qiynayotgan narsalar haqida gapiring(ichingizga yutmang) va uni eshita biling.

2. Turmush o'rtog'ingiz kamchiliklariga sabrli bo'ling, axir sizda ham kamchiliklar yo'q emas.

3. Aldamang, samimiy bo'ling.

4. Turmush o'rtog'ingizga ishoning, uning ozodligini cheklamang.

5. Uy yumushlarini bo'lib oling.

6. Turmush o'rtog'ingiz fikrini hurmat qiling, o'zingizga o'xshatishga harakat qilmang.

7. Turmush o'rtog'ingiz fe'lini qadrlang, shundayligicha qabul qiling, aynan o'sha sizda yo'q bo'lgan fazilatlarni hurmat qiling.

8. Qadriyatlaringiz haqida gaplashing, oilaviy tarixingiz bilan bo'lishing, umumiy qadriyatlarni yarating.

9. Do'st bo'ling, bir biringizni baxtiyor qilishga harakat qiling (oilada faqat muhabbat bo'lib do'stlik bo'lmasa, bunday oilalarda uzoq baxtiyor hayot bo'lishi qiyin, er- xotin bir biri bilan do'st kabi mehribon va hurmatda bo'lishi kerak).

10. Bir biringiz bilan gaplashing (faqat muammolar bilan chegaralanib qolmaydigan, yaxshi hayot kechirayotganligingiz haqidagi suhbat oilaga birlik keltiradi).

11.Jinsiy aloqada garmoniya. Bir birngizni doim hursand qiling, jinsiy aloqa bilan muntazam ravishda shug'ullaning,ehtiyojlaringiz haqida gapiring.

12. Bir-biringizdan dam olib turing (safarlar, dugona va do'stlar bilan uchrashuvlar, ota-onanikiga borib kelish).

13. Umumiy rejalar qiling.

14. Kelajakni chiroyli qilish uchun umumiy orzular yarating.

 

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bolangizni qanday uxlatasiz?
    • salom Mavluda yaqinda bowimdan otdi wu holat. balnitsaga yotiwim tufayli qizimni men xam issiqda ajratdim. bowida ozgina qiynaldi. kechasi xarkuni yiglab turardi. qaynagan suv berardik. asta asta yiglawi kamaydi. lekin juda qiynaldik. kechalari turib olib uxlamay injiqlik qilardi. yiglab yiglab kachelyasida otirub uxlardi. Hudoga wukr hozir ancha organdi. kechalari tinch uxlayapti.Shaxzodaxon ham Hudo hohlasa organib ketadilar. faqat sabr qiliw kerak ekan. meni xam qaynonam uruwgandilar. issiq da ajratyapsan deb.
    • ☆ZIZI☆
    • uzbaby's Avatar
    • Sayt kamchilik va xatolari
    • Qizlarjon tahrir tugmasi tufayli ba'zi texnik nosozliklar paydo bo'lyapti. Ularni bartaraf etishimiz bilan yana yoqiladi.
    • uzbaby
    • Pazandaxon's Avatar
    • Tortlar
    • Zavarnoy pishiriq (ekler) Masalliqlar: 1,5 piyola suv 250 gr margarin 1piyola un 7 dona tuxum Krem uchun: 1,5 piyola sut 1piyola shakar 2 katta qoshiq un 200 gr saryog' Tayyorlash: Suv va margarinni gazda qaynatib olamiz. Gazdan olib un qo'shib qoshiqda tez-tez aralashtiramiz. Sal sovugach tuxumni 1talab qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor massani yog'langan listga 1 qoshiqdan solib chiqamiz. 180 gradusda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Krem tayyorlash: Sut, shakarni gazda aralashtiramiz va un qo'shamiz. Xona haroratida yumshagan saryoqqa sutli massani qo''shib mikserda...
    • Pazandaxon
    • OYISHA NUR's Avatar
    • Pishiriqlar
    • rahmat uni uchun ko'pkina hamir qilishim kergda
    • OYISHA NUR

Davomi »

loading...