Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

ayol

Erni tunda xursand qilish bu ayolning vazifasi. Jinsiy aloqa sifatli va yoqimli bo'lishi uchun ayol ham, erkak ham birdek izlanish va harakatda bo'lishi lozim. Barcha mas'uliyat erkakda deb o'ylamang, aziz ayollar...

Ayollar tunda qiladigan xatolarning aksariyati bilan tanishib o'tamiz:

1. "Men 'qimirlamay' yotsam ham bo'ladi. Erim hammasini o'zi bajaradi" degan fikrda bo'lsangiz, adashasiz. Erkak jinsiy aloqa jarayonida ayolini hissiyotlarini ko'rishni, sezishni istaydi. Erkak "qimirlamay" yotgan ayoli o'ziga, qilayotgan harakatlariga va jinsiy aloqaga nisbatan befarq ekan deb o'ylaydi. Tinch yotib aloqani tugashini kutmay, o'z tuyg'ularingizni, xohish va ehtiyojlaringizni namoyon eting. Ayolini erkalayotgan erkak unga yoqimli ekanini sezishi lozim.

2. Suhbatlashish uchun boshqa vaqt toping. Eringiz sizni aloqaga undab erkalashni boshlaganda suhbatlashish niyatingizni uzoqroqqa surib qo'ying. Farzandingiz bugun maktabda "5" baho olgani haqida aloqadan keyin ham suhbatlashsa bo'ladi. Erkalash va jinsiy aloqa davomida esa butun xayolingz va fikringiz aynan eringizda va uning harakatlarida bo'lsin. Bundan o'zingiz yutasiz.

3. Birga bo'lishdan oldin pardoz qilmang. Ayolning go'zalligi uning tabiiyligidadir. Pomada, pudra, tush kabilar sizga to'shakda go'zallik qo'shib bermaydi. Ularni restoranga borishga ishlatish uchun olib qo'ying. To'shakda esa eringizga toza, xushboy va tabiiy bo'lib olsangiz yoqimliroq bo'ladi.

4. Eringizni biling. Unga nima yoqadi-yu, nima yoqmasligini o'rganing. Sizning harakatlaringiz unga yoqimli va kerakli bo'lsin. Izlaning, aloqangiz davomida siz qiladigan erkalash har safar bir xil bo'lmasin. Bir xillik zeriktiradi.

5. Eringiz bilan aloqangizni unga ta'na qilmang, bir narsani undirib olish uchun aloqaga kirishaman deb bozorga solmang. Jinsiy aloqa bu ne'mat, undan manfaat ko'zlamang.

6. Uyatchanlik. Albatta ibo, sharm-hayo bu o'zbek ayollariga xos go'zallik. Lekin bir necha yildan beri birga yashab kelayotgan er-xotin orasida ortiqcha uyatchanlik erkakka yoqmaydi. Yillar o'tib erkak uchun ayoli ochiq va lazzatlanishga tayyor bo'lganini istaydi.

7. Ichki kiyimingizga doim ahamiyat bering. Erkaklar ko'zi bilan suyadilar. Eski, qaralmagan, ko'rimsiz ichki kiyim hech qaysi erkakga yoqmaydi. Doim toza, chiroyli, yoqimtoy ichki kiyimlar kiyib yurishga o'rganing.

8. Siz ham tashabbuskor bo'ling. Har doim ham eringiz sizni aloqaga undayverishi, aloqa davomida harakatlarini o'zgartirishi, yangilarini tadbiq qilishi unga zerikarli bo'lib qoladi. Sizdan ham tashabbus chiqsin. "Bugun mana shunday bo'lsin" yoki "men shunday qilib ko'ray" kabi takliflaringiz erkakni sizga nisbatan munosabatini yanada qizdiradi.

9. Sizning aloqadan lazzatlanishingizga faqat eringiz mas'uliyatli deb o'ylasangiz adashasiz. Ayolni qondirish erkakni vazifasi, lekin ayol ham buning uchun ancha harakat qilishi kerak. Buning uchun siz o'z badaningizni, o'z xohish va ehtiyojlaringizni aniq bilishingiz va eringizga yetkaza olishingiz lozim.

{xtypo_quote}Nozlanish bilan uyalishning farqi katta...{xtypo_quote}

10. Eringiz qilayotgan ayrim takliflaridan bosh tortmang. Eringiz birga bo'layotganingizda sizdan bir nima talab qilsa, rad etishga shoshilmang, axir bundan siz ham manfaatdorsiz. Ikki sevuvchi qalb orasidagi jinsiy aloqaning asosiy maqsadi bir biriga lazzat ato etish. Eringizni xursand qilish imkoniyati bor ekan, yo'q demang.

Er-xotin butun hayot davomida birga bo'lishni niyat qiladilar. Ular orasidagi jinsiy aloqa esa ana shu hayotning ajralmas qismidir. Uni birgalikda yaxshilash, sifatini oshirish, unga nisbatan faqat ijobiy munosabatda bo'lish, aloqadan har tomonlama baxramand bo'lish va lazzatlanish bu sizning va suyukli yoringizning vazifasi. Buning natijasi esa ahil munosabatlar...

Axir sezmaganmisiz, ajoyib o'tkazilgan "tun"dan keyin yaxshi kayfiyatli, tabassumga boy tong kelishini...

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring