Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ajrashish

Oilaning buzilishini hech kim hech qachon istamaydi. Lekin shunga qaramay, qancha-qancha oilalar buzilib ketishining guvohi bo'lamiz. Bunga goh er, goh xotin, gohida qaynona-qaynota ham sababchi bo'lishi mumkin. Lekin er-xotin janjal, to'polon orasida bir zumga to'xtab o'z hayotini qayta ko'rib chiqsa foydadan xoli bo'lmaydi. Qanday qilib?

Agar oilaning buzilishiga birov, ya'ni er-xotindan boshqa inson sababchi bo'lsa, u holda o'sha insondan uzoqlashish yo'llarini izlash kerak. Ko'pincha bu qaynona bo'ladi. Er-xotin bir-biriga munosabati yaxshi-yu, lekin qaynona-kelin til topisha olmaganlar. Bunday oilada tinchlik yo'q. Har kuni biri yig'lagan, biri arazlagan, biri urishgan bo'ladi. Yillar o'tib oraga sovuqchilik tushib, er-xotin bir-biridan voz kechadi. Oradagi sevgi, farzandlar...ular haqida kim o'ylaydi?

Agar qaynona kun bermayotgan bo'lsa, er-xotin birga bo'lishiga yagona to'siq bo'layotgan bo'lsa, u holda uydan chiqib ketish lozim. Albatta vaqtinchalik. Vaqt o'tgandan so'ng, oilangizni yanada mustahkamlab qaytib kelsangiz qaynona ham o'zini boshqacha tutishni boshlaydi. Qadringiz bilingan bo'ladi. Bu degani onani qiynab qo'yish kerak degani emas. Bir necha oy qiynalib sizning qadringizga yetgani, butun umr sizning alamingizdan kuyganidan ko'ra yaxshiroq. Chunki qaynona deb ajrashib ketgan o'g'il agar xotinini sevgan bo'lsa, hech qachon onasiga buni kechirmaydi, kechira olmaydi.

Oilaning buzilishiga do'st-dugonalar sababchi bo'layotgan bo'lsa. G'iybatlar, gij-gijlatishlar ham oilani buzilishiga olib kelishi mumkin. Oramizda shunday insonlar bor-ki, birovning baxtini ko'ra olmaydi. Ana shunday insonlardan yiroqda bo'lish lozim. Baxtsiz ayol yoki erkak baxtiyor oilaning ichiga o'z maslahatlari, dunyoqarashi, fikr va mulohazalari bilan aslo kiritilmasligi kerak.

Oilaning buzilishiga xiyonat ham katta sababchi bo'ladi. Erkaklar boshqa ayolni "sevib" qolib, o'z oilasidan voz echadilar. Afsuski, ular eski oiladagi maishiy muammolar, xotinining har tomonlama uni qoniqirmasligi va uydagi romantik vaziyatni yo'qolganidan qochib, yangi munosabatlarga sho'ng'ib ketishadi. U yerda albatta sevgi, ixtiros, o'zini faqat shu erkakka bag'ishlaydigan ayol erni kutib turmoqda. Lekin bu vaqtincha ekanligini erkaklar o'sha payt anglay olishmaydi. Ular ixtiros bilan yo'l tutib, o'z yangi "baxti" tomon yo'l oladilar. Lekin yillar o'tadi, u yerda ham bola-chaqa tug'iladi, u oilada ham maishiy muammolar vujudga keladi, u ayol ham, afsuski, oldindagidek o'ziga qaray olmay qoladi. Yana qoniqmaslik, yana sovish boshlanadi. Lekin bunga yana qo'shimcha bo'lib erkakning yoshi o'tgani ham qo'shiladi. Unga endi romantika emas, balki suyukli mehribon ayol talab etiladi. Yangi xotini bunday ayol bo'la olmaydi, eski xotiniga esa endi qaytishga kech. Faqat ko'p yillar davomida birga yashagan er-xotin bir-biriga yillar o'tgan sayin suyanchiq bo'la oladilar. Shuning uchun xiyonat qilishdan oldin, yaxshilab o'ylab ko'ring. Mana shu yoningizdagi farzandlaringiz onasi bilan o'tgan ajoyib kunlar va tunlarni eslab ko'ring. Ularni qaytarish yo'llarini izlang, harakat qiling faqat qochmang. Xiyonat - bu qochoqlik. Xuddi shu gaplar ayollar xiyonatiga ham tegishli.

Farzandlar katta bo'lgach, ularning muammolari er-xotinni uzoqlashtirib ajrashishgacha olib kelishi mumkin. Shunda ayrim er-xotinlar bu muammolarni hal qilish maqsadida birgalashmay, "muammoning sababi sizning (sening) tarbiyang" deb ta'na va janjallar qila boshlaydilar. Oilada muammo yuz berganda aybdorni izlash-bu muammoni hal qilish uchun birinchi to'sqinlik. Bu farzand faqat uning ota-onasiga kerak. Demak, uning muammolarni ham faqat er-xotin birgalashib, birga harakat qilib, bir-birlariga dalda bo'lib hal qila oladilar.

Agar er-xotin bir-biriga sovib ketgan bo'lsangiz, bir-biringizni kechiring. Xayolda emas, ichingizda emas, balki bir-biringiz ko'zingizga qarab turib dilingizdan kechirim so'rang va o'zingiz ham kechiring. Bu juda qiyin. Odatda bunday so'zlardan keyin ko'zyosh to'kilsa ham, aytilmagan minglab yaxshi gaplar aytiladi. Mehr qayta tovlangandek bo'ladi. Barchasini yangi toza varaqdan boshlashni o'rganing. Hammani aybi bor axir, siz kechirimli bo'lsangiz, sizni ham kechira olishadi.

Albatta ajrashish sabablari juda ko'p bo'ladi, lekin er-xotin avallo bu ayol va erkak. Shu ayol bilan erkak qachondir bir-birini sevib, tunlari bir-biriga to'yolmay, faqat bir-biri uchun yashagan axir. Shunday ekan, nahotki hayot sinovlari mana shu ikki qalb orasidagi bog'lanishni uzib tashlay olsa, shunchalik oson yengish kerak-mi?

Umuman oila bu ajoyib bir ilohiy rishta va kuchdir. U qanchalik mustahkam bo'lsa, shunchalik insonning omadi keladi, ishda va ijtimoyi hayotda ishlari o'ngidan keladi. Inson uchun oilasi unga suyanchiq bo'lishi kerak. Oilani esa er-xotin birgalashib bir tomonga, baxt tomon yetaklab borishi faqat ularning qo'llarida. Bunga xalaqit qilayotgan to'sqinliklarni aylanib o'tish yoki yo'q qilish kerak. Chunki sizning oilangiz sizga va sizning farzandlaringiz baxti uchun juda muhim. Baxtiyor ota-onaning farzandi o'z oilasini qurayotganda baht nima ekanligini bila turib quradi.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Love you baby's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • She’riyat olami: РАМАЗОННИ СОҒИНГАНЛАР. Аллоҳ ризосинга зорман, Гуноҳим бисёр иқрорман. Орангизда мен хам борман, Рамазонни соғинганлар. Берсаларда тилло кўза, Ичмай шароб, тотмай бўза. Нақадар бахт тутмоқ рўза, Рамазонни соғинганлар. Шеърга излайвермай ташбеҳ, Виждон менга берур танбеҳ. Дер зикр қил айтгил тасбеҳ, Рамазонни...
    • Love you baby
    • Самира's Avatar
    • Homiladorlikda teri muammolari
    • Аптекалардан суранг. Иложи булса интернетдан уқиб узизга мосини танлаб номини ёзиб олиб борсайиз янаям яхши.
    • Самира
    • Самира's Avatar
    • So'z tuzish o'yini
    • Офарин Зизи... Қани суз усталари... Ф.А.Х.Д.
    • Самира
    • muslima1's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari-3 konkursi go'libini aniqlash
    • 14 kishi voz beribdi lekin g'olib hali ham aniq emas, 3 kishida ovozlar soni teng omad kimga kular ekan, 1 kishi balki 1 kishini ovozi barchasi hal qilar ovoz bermaganlar ovoz berishga shoshiling!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Allergik bronxit
    • InshaAlloh hech nima qilmaydi, Alloh shifo bersin deb ichirng, suv ichirsangiz ham shunday deb ichirsangiz Alloh shifo beradi o'zi shundoq ham bilsangiz kerak etdim qo'ydimde😊
    • muslima1

Davomi »