Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

Erkakni tinchini buzmang

Er-xotin bir-birlarini qanchalik sevmasinlar baribir oilada tushunmovchilik tez-tez yuzaga kelib turadi. Ba'zida erkakning asabiylashgani yoki aksincha siqilib jim yurishi ayollarni g'azablantirib yuboradi. Ishdan charchab kelgan er uy ishlari bilan charchab qolgan ayolni tushumaydi..."axir u uydaku, men esa kuni bilan sarsonman", deb o'ylaydi. Ayolning kuni bilan bola-chaqa, uy-yumush ishlari bilan bandligi ko'zga ko'rinmas ekan. Kim aybdor?

Albatta hech kim, shuning uchun bu masalaning yechimini topib hal qilish darkor.

Oilada hammaning o'rni bo'lishi

Ba'zi oilalarda erkakning roli pul topish bo'lsa, ayol uy-rozg'or ishlari bilan band bo'ladi. Agar er- xotin bu rollardan mamnun bo'lsa, demak munozaraga o'rin yo'q. Lekin ba'zi ayollar kuni bilan uy ishlaridan charchab kechki payt eridan yordam kutadilar, er esa ko'chada ishlab kelganini ro'pora qilib uy ishlaridan bosh tortadi. Ana shu yerda bir oz to'xtab muzokaralar olib borishga tog'ri keladi.

Faqat bu muzokaralar ayni asabiylashgan, charchagan payti emas, balki dam olish kunlari yaxshi kayfiyatda olib borilgani maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayol kishi kuni bilan charchayotganini, unga ham biroz yordam talab etilishini, uyda bolaga qarash unchalik oson ish emasligini tushuntirib eriga yetkazishi darkor. Er esa xotinining holatini tushunib qaysi ishlarni u o'z charchovini inobatga olgan holda o'z zimmasiga olishini taklif etishi mumkin.
Lekin erkak kishi shundoq ham ishxonada charchab uyga kuchsiz kelayotgan bo'lsa, u holda uning sizga yordam bera olmasligiga ishoning va dam olishi uchun yetarlicha imkoniyat yaratib bering. Axir xotini uni tushunmasa kim ham tushunadi?

Agar erga ishlash yoki ish sharoiti joniga tekkan bo'lsa...

Ko'pincha erkaklarni ish faoliyati bilan bog'liq muammolar asabiy bo'lib qolishiga sababchi bo'ladi. Karyera o'smayotgani, moliyaviy qiyinchiliklar, ishxonadagi haqiqatsizlik, yomon munosabatlar yana ko'plab faktorlar erkakni salbiy tomonga o'zgarishiga turtki bo'lishi mumkin. Ko'pchilik erkaklar o'z muammolarini uydagilardan bekitib yurishga harakat qilib siqilib asabiylashib yuradilar. Kerakmas savollar bilan erini qiynab, uydagi muammolarni shu payt tiqishtirmay, biroz sabr qilib eriga dalda bo'lib, unga nisbatan o'z ishonchini bildirib, ayol hammasi vaqtincha deb kerakli so'zlar ishlatgan holda erini yupata olsa, eri ishxona muammolaridan uyga hordiq topish uchun shoshiladi. Muammolar hal qilinganda esa xotiniga minnatdor bo'lib qoladi.

Ko'p pul ishlatish

Xotini uyda o'tirgan er pul qayoqqa ketayotganini tushumay jahl qiladi. Agar ayol erini sevsa, u uydagi yetishmovchilikni hadeb erini yuziga solmay, asta-sekin yotig'i bilan erini kamsitmay unga yetkazadi. Kerak bo'lsa, kerakli narsa olish uchun biron narsadan bosh tortishga ham rozi bo'ladi.
Tushungan xotin uchun erkak yanada ko'p pul topishga harakat qiladi.

Yoqmas odamlar

Ba'zi erkaklarga xotinining dugonalari yoki biron bir qarindoshlari yoqmasligi mumkin. Shunda eringizga dugonangizda nima yoqmasligi-yu, nimaga yoqmasligini aniqlab o'tirmay, ularni uyga kamroq kelishini ta'minlashingiz afzalroq. Axir bu sizning oilangiz. Har safar uyga eringizga yoqmas inson kelganidan keyin janjallashgandan ko'ra, tashqarida uchrashib eringizni ranjitmagan ma'qulroq.

Salomatlik

Erkakning yomon kayfiyatiga uning salomatligidagi muammolar sababchi bo'lishi mumkin. Albatta, erkak o'z salomatligi haqida gapirishni istamaydi. Shunda ayol unga ruhan yordam bera olishi lozim.

Yuqoridagilarni o'qib, "ayol haqida kim o'ylaydi?", degan fikr paydo bo'lishi to'g'ri. Lekin eriga aql -farosat bilan, o'zini kamsitmay, o'z qadrini bilib e'tiborini ayamagan ayol yonida ajoyib inson yashab uni qadrlab kelayotganidan o'zi yutadi.

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring