Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Erkak xiyonati

Xiyonat qanchalik yomon narsa ekanligi hammaga ma'lum bo'lsa kerak, xiyonat qilgan erkak aslida kim ekanligi haqida bilib olish ham yomon bo'lmaydi.

Qadimdan hayvonot olami individlari o'z podasidan boshqa podadagi urg'ochini urug'lantirishi tabiatan zaruriy holat bo'lgan. Aks holda shu individlarga mansub hayvonlar  yo'q bo'lib ketishi mumkin.  Boshqa podaga mansub urg'ochini urug'lantirishda hayvonlar o'zlarining jinsiy instinktlariga rioya qiladilar. Aynan shu instinkt odamlarga, xususan erkaklarga ham mansubdir. Erkakda tabiatan o'z oilasidan boshqa ayolni ham urug'lantirishga moyilligi mavjud bo'ladi. Lekin...

Insoniyat hayvonot olamidan ongi borligi bilan ajralib turishi bejiz emas. Aynan ongimiz tufayli biz ba'zi xatolardan xolimiz. Misol uchun, insoniyatda hayvonlardagi singari himoya instinkti ham bor. Agar arslonning oilasiga biron hayvon hujm qilmoqchi bo'lsa, oila boshi uni g'ajib tashlaydi. Insonlarda bu darajaga bormaydi. Bizga biron inson qanchalik yoqmasligidan qat'iy nazar, himoya instinktlarimiz qanchalik kuchli bo'lmasin uni g'ajimaymiz, unga hujm qilmaymiz, juda zarar keltiradigan bo'lsa, huquq organlariga murojat qilamiz.

Yoki yana bir misol, bizda tirik qolish instinkti mavjud. Unga muvofiq biz qornimiz ochganda ovqatlanamiz, ovqat topish uchun harakatda bo'lamiz. Hayvonlarda ham bu instinkt rivojlangan bo'lib, ularga keraklicha yegulik topishga yordam beradi. Biron arslonning qorni ochsa, o'zidan zaif hayvonni yeb qo'yadi. Inson esa qanchalik qorni och bo'lmasin duch kelgan joydan yegulik olib ketmaydi. Ovqat topishga ongini ishlatib harakat qiladi.

Insoniyat aynan shu bilan hayvonlardan farq qiladi. U muammoni ongli ravishda hal qilish yo'llarini izlaydi, kerak bo'lganda sabr qilishni biladi.

Negadir xiyonat qilayotgan erkakda ana shu ong yo'qdek.

Uy iti jinsiy aloqaga ehtiyoji bo'lganda juda quturgandek tuyuladi. Agar ehtiyojini qondirmasa, u qattiq g'azablanadi va egalariga ziyon keltirishi ham mumkin. Ehtiyoji qonishi shart, unga shu payt chidab turishni ham yoki urg'ochi topish qiyin ekanligini ham tushuntira olmaysiz - u hayvon. Lekin erkak - insondir. U tabiatdan berilgan instinktlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar sabr qilishni, ongli ravishda harakat qilishni va o'z harakatlariga ma'suliyatl bo'lishni bilishi kerak.

Aks holda, insonning hayvondan farqi nimada bo'ladi?

Aslida xiyonat qilayotgan erkak juda bo'sh va kuchsizdir.

Bir tomondan, u o'z oilasidan voz kecha olmay xiyonat qilib hammani aldab yuradi. Agar u kuchli, haqiqiy erkak bo'lganda, u oilasidan butunlay ketib, boshqa turmush qurib yashab ketar edi. Lekin bu juda qiyin. Bunga katta kuch va iroda kerak, qolaversa o'sha boshqa ayolga nisbatan haqiqiy tuyg'u va ishonch bo'lishi kerak. Kim issiqina uyi, uyda doim kutib o'tiradigan vafoli va hech qachon eriga xiyonat qilmaydigan xotini, shirindan-shakar bolalaridan voz kecha oladi? Axir yillar davomida qurilgan turmushni bir necha oy davom etayotgan ehtirosga almashtirsa bo'ladimi?...Yo'q, erkak bundan qo'rqadi. Shunga o'zi uchun oson qo'rqoqlar yo'lini tanlaydi, oilasini ushlab turgan holida unga xiyonat qilishda davom etadi.   

Ikkinchi tomondan, xiyonatiga sababchi bo'lgan boshqa ayolni ham aldab yuradi. Oilasidan voz kechib umrbod u bilan birga bo'lishni va'da qiladi yoki umuman va'dasiz shunchaki birga bo'lib yuradi, xolos. U ayolni sevmaydi, unga biron bog'liqlik joyi ham yo'q, shunchaki o'z instinktlarini qondirish niyatida yoki o'ziga kuchli ekanligini isbotlash niyatida unga borib turadi. Lekin kuchli, haqiqiy, har tomonlama ERKAK uchun o'ziga yoki do'stlariga hech narsani isbotlash kerak emas.

Nihoyat xiyonatchi erkaklar o'zlarini aldaydilar. Qilayotgan xiyonati uchun o'ziga oqlash izlaydilar. Xotini birdan juda semirib ketgandek tuyuladi, muomilasi yoqmay qoladi yoki uydagi sharoit go'yo yomonlashgandek ko'rinadi va hokazolar. U esa shu holatlarni tuzatish o'rniga qochadi.

Xiyonatkorlik doim bo'shlik alomati bo'lgan. Hatto do'stlar orasida, ishchilar orasida sotqinlik yuz berganda ruhan eng bo'sh va zaif inson sotqin bo'lib chiqadi. Kuchli, ongi baland va haqiqiy inson hech qachon xiyonat qilmaydi.

Shuni aytib o'tish joizki, ongi baland inson bu aqlli inson degani emas. Ba'zida o'ta aqlli insonlar ongsiz ishlar qilib qo'yadilar.

Haqiqiy erkakka biron narsa yoqmasa, uni qondirmasa, shuni tuzatishga harakat qiladi, ruhan katta kuch ketqazadi, agar shunda ham tuzatilmaydigan holat bo'lsa, u ketadi, butunlay, qaytmaydigan bo'lib ketadi. Xiyonat esa qo'rqoqlarning qismati.

Afsus, erkak xiyonat qilayotganda hayvonlnarga mansub oddiy bir instinkt qurboni ekanligini anglamaydi. Agar o'sha payt ular inson ekanliklarini va jismoniy ehtiyoj va lazzatdan ko'ra hayotda qadrliroq narsalar borligini, turmushdagi salbiy tomonlarni tuzatish oila boshi erkakning qo'lida ekanligini anglay olishganida turmushda xiyonat so'zining ma'nosi qolmas edi.

 

 

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • sizlar 5ta qizmisizlar oilada, sizlar ham mazza qilibsizlarda diydor shirinda baribir
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Mart 2017
    • Bugun kotta buvijonimiz bizikiga mehmonga keldilar, buvimiz bn ham rasmga tushib oldik... [image] [image]
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bolalardagi kasalliklar
    • Va aleykum assalom Miyrxan. Forumga xush kelibsiz! Qizizga alloh shifo bersin. Shina yechilgandan keyin xar 3 yoki 6 oyda massaj, elektrafarez, parafin olib turasizlar. Qiziz yurishni boshlagandan keyin maxsus yassi oyoqchalar un tufliklar sotiladi, shuni kiydirasiz. Xar 6 oyda ortaped ko'rigidan o'tkazib turasiz. Keyinchalik qiziz bemalol yurib ketgach uyda oyoq uchida, tovonda, baklajka qopqoqlari ustida yurgizib o'ziz shugullansangiz ham bo'ladi.
    • Pazandaxon
    • Oymomo's Avatar
    • Go'zallik sirlari
    • Juda xavfli parhezlar: takrorlashga urinmang Bahor kelishi bilan hamma ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin. Foto: “ Gastronom.ru” Oqsilli parhez Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan...
    • Oymomo

Davomi »

loading...