Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

teri parvarishi

Ayol nafaqat yuziga balki qo'llarining ko'rinishiga ham e'tiborli bo'lishi lozim. Qo'l terisi yuz teridan ko'ra tezroq o'z go'zalligini yo'qotadi.


Bunga asosiy sabab, ayollar qo'lini ko'p suvga uradi, qo'l terisi issiqlik va sovuqni tez-tez o'zida his etadi, teri uchun zararli bo'lgan kimyoviy moddalar(kir yuvish va tozalash vositalari) asosan qo'l terisi bilan to'qnash keladi.
Shuning uchun ayollar muntazam ravishda, yuzni parvarish qilgandek, qo'llarini ham parvarish qilib turishlari muhim.
Ayolning yuzi qanchalik go'zal bo'lmasin qo'l va oyoq terisi dag'al, rangsiz va nosog'lom ko'rinishga ega bo'lsa, bu unga chiroy qo'shmaydi.
Yuz terisi kamchiliklarini kosmetika bilan berkitish yo'li bor, lekin qo'l terisini hech narsa bilan berkitib bo'lmaydi.
Qo'l terisini parvarish qilish tamoyillari:
1. Har kuni yotishdan oldin qo'llarni iliq suvda yuvib, vitaminga boy qo'l kremini surib olish kerak.
2. Uy ishlarini bajarish jarayonida kimyoviy vositalardan foydalanilgan payt albatta himoyalovchi qo'lqopni kiyib olish lozim.
3. Haftada kamida bir marta qo'lga krem surish davomida qo'l terisini massaj qilish tavsiya etiladi.
4. Sovuq kunda tashqariga qo'lga himoyalovchi krem surgan holda chiqish kerak.
5. Qo'lni yaxshilab sochiqda artish muhim, xo'l terida modda almashinuvi tez buziladi.
Qo'l terisi uchun foydali krem (uy sharoitida): 1 dona olmani qirg'ichdan chiqarib 2 osh qoshiq zaytun yog'i bilan aralashtriamiz. Bunga 1 choy qoshiq vazelin qo'shib qo'limiz terisiga 10 daqiqaga surib qo'yamiz. So'ng yuvib tashlaymiz.
6. Quyosh nurlariga qarshi kremni qo'l terisiga ham surishni unutmaslik kerak.
7. Qo'lni juda qaynoq yoki juda sovuq suvda yuvmaslik lozim.
8. Agar qo'l terisi juda ham kir bo'lsa, terini sovunda ishqalab yuvishdan ko'ra limonning bir bo'lagi bilan kir joylarni artib chiqsa, ham kiri ketadi, ham teri rangi oqaradi.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bolangizni qanday uxlatasiz?
    • salom Mavluda yaqinda bowimdan otdi wu holat. balnitsaga yotiwim tufayli qizimni men xam issiqda ajratdim. bowida ozgina qiynaldi. kechasi xarkuni yiglab turardi. qaynagan suv berardik. asta asta yiglawi kamaydi. lekin juda qiynaldik. kechalari turib olib uxlamay injiqlik qilardi. yiglab yiglab kachelyasida otirub uxlardi. Hudoga wukr hozir ancha organdi. kechalari tinch uxlayapti.Shaxzodaxon ham Hudo hohlasa organib ketadilar. faqat sabr qiliw kerak ekan. meni xam qaynonam uruwgandilar. issiq da ajratyapsan deb.
    • ☆ZIZI☆
    • uzbaby's Avatar
    • Sayt kamchilik va xatolari
    • Qizlarjon tahrir tugmasi tufayli ba'zi texnik nosozliklar paydo bo'lyapti. Ularni bartaraf etishimiz bilan yana yoqiladi.
    • uzbaby
    • Pazandaxon's Avatar
    • Tortlar
    • Zavarnoy pishiriq (ekler) Masalliqlar: 1,5 piyola suv 250 gr margarin 1piyola un 7 dona tuxum Krem uchun: 1,5 piyola sut 1piyola shakar 2 katta qoshiq un 200 gr saryog' Tayyorlash: Suv va margarinni gazda qaynatib olamiz. Gazdan olib un qo'shib qoshiqda tez-tez aralashtiramiz. Sal sovugach tuxumni 1talab qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor massani yog'langan listga 1 qoshiqdan solib chiqamiz. 180 gradusda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Krem tayyorlash: Sut, shakarni gazda aralashtiramiz va un qo'shamiz. Xona haroratida yumshagan saryoqqa sutli massani qo''shib mikserda...
    • Pazandaxon
    • OYISHA NUR's Avatar
    • Pishiriqlar
    • rahmat uni uchun ko'pkina hamir qilishim kergda
    • OYISHA NUR

Davomi »

loading...