Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Yuz tiniq bo'lishi uchun

Yuz terisining salqib, oqarib qolishi asosan avitaminoz-ya'ni organizmda vitaminlarning yetishmasligi natijasida yuz beradi. Bu asosan qish, bahor fasllariga to'g'ri keladi. Agar yuzingiz rangi tiniq, shaftoli guli singari mayin rangda bo'lishini istasangiz vitaminlarga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qiling.

Demak,

1. Kuningizni "Go'zallik siri" salati bilan boshlang

Uning tarkibi:
1/3 suli yormasi
1-2 choy qoshiq asal
1 dona limon sharbati
4 dona yong'oq
qirg'ichdan o'tkazilgan olma
0.5 piyola sut

2. Har kuni yangi tayyorlangan sharbat iching. Agar sharbat selderey, sabzi yoki olmadan tayyorlangan bo'lsa yanada yaxshi.

3. Barmoqlaringiz yordamida yuzingizni yengil o'qalang. Bu nafaqat yuzingizda qon yurishini yaxshilab, teri rangiga ta'sir ko'rsatadi, balki barvaqt ajin tushishini ham oldini oladi.

4. Uy sharoitida tayyorlangan niqoblardan foydalaning. Bodring, ko'kat va sut mahsulotlaridan tayyorlangan niqoblar yuz terisiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

5. Jigar va oshqozon-ichak kasalliklardan ehtiyot bo'ling, chunki aynan shu kasalliklar eng avallo terida namoyon bo'la boshlaydi.

Niqoblar:

Agar yuz teringiz yog'li, turli toshmalarga moyil bo'lsa quyidagi niqobni qo'llab ko'ring:

1 oshqoshiq maydalangan bodring
1 oshqoshiq tvorog
1 oshqoshiq pista yog'i
1 oshqoshiq yog'li sut
Barcha masalliqlarni aralashtirib yuzingizga surting va 15 daqiqaga qoldiring.
Suv bilan niqobni yuvib tashlang. Haftada 2 marta bunday niqobdan foydalansangiz tez orada kutilgan natijaga erishasiz.

Agar ko'zlaringiz atrofida mayda ajinlar oralay boshlagan bo'lsa, quyidagi niqobdan foydalanib ko'ring:

Oq nonning yumshoq qismini sutga bo'ktirib, ko'z atrofiga 10-15 daqiqaga surtib qo'ying. Bir oy davomida ushbu niqobdan har kuni foydalansangiz ajinlar yo'qolay boshlaydi.

Unutmang go'zallik - o'z qo'lingizda!

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • homiladorlik paytida vena tomirlari chiqib ketishi
    • Varikoz bo'lmaslik uchun qon quyilib ketmaslik kerak, qon quyuqligi sababli qon yaxshil aylana olmay venalar varikoz kengayadi! homiladorlikning dastlabki uch oyligida qon quyuqlashadi organizimda bu tabiiy holat bola tushib qolmasligi uchun organizmni himoyasi bu keyin normal holatda bo"lishi kerak
    • muslima1
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Chaqaloqlarda qorin dam bo'lishi
    • Shu mavzuga qaytib koproq malumotlar va tajribalarimizni yozsak degandim qizlar anchadan beri huvullab qolibdi. Chaqaliqlarda qorin dam bolishi yomonda nima qilishni bilme yiglardim. Bobotik yordam bermahan. Qornini vazelin bn masaj qilib quloq kavledigan (nomi esimsan chiqibdi) bn orqasidagi havosi chiqarishga harakat qilardim. Vazelin bn tiqib sal qirirlatsam rasa havo chiqarardi va ichi kelardi. Emizib bolib tik kotarib orqasifa sekin sekin urib qiysam kekirib olardi lekin bularni organguncha qizimga qoshilib yiglab otirardim nima qilishni bilme....
    • Ummu Soliha
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Tug'ilmagan chaqaloqqa kiyim olish
    • Kiyimchalarni korub olgim kelib ketyapti. Lekin hali 5 oy bor. Zorga ozimi tiyib turibman mafazinga kirsam bolalar kiyimiga otib koz ostimga olib qoyyappan va narhlarini bilib olyapan. Lekin Adyolchalarini uydan olgach keldim Qizimda ishlatmagan adyolchalar bor edi
    • Ummu Soliha
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Ta'sirlandim...!!!
    • Yulduz Usmonova ham maromiga yetkazib kuylagan shu qoshiqni....
    • Ummu Soliha

Davomi »

loading...